UzPoster
23 april 2018

Turkmaniston prezidenti tashrifi aks etgan rasmlarni o‘chirish talab qilindi

Nukus ko‘chasiga burilishdagi, oldingi vinzavod ro‘parasidagi oziq-ovqat do‘koniga qarab ketyapman. Qarasam, bayramona kiyingan militsionerlar, bayroqcha ushlagan talabalar saflanib turishibdi. Telefonimda rasmga ola boshladim.

Na militsionerlar, na o‘qituvchi erkaklar e'tibor qilishmadi. Aksincha, qo‘llab-quvvatlashdi, tasvirga olish kerak, axir bu xotira. Bunaqasi ko‘pam bo‘lavermaydi, butun trassa bo‘ylab yoshlarning bayroqcha ushlab turishganini sovet filmlarida ko‘rganman, Fidel Kastroni kutib olishganida.

Shunda birdan mening oldimga «ongli grajdanka» keldi (men nimanidir suratga olayotganimda baqirib qoladiganlarni shunaqa deb atayman).

«Suratga olmang! Sizni hozir olib ketishadi». Men tushuntirib o‘tirmadim, odamlar tashrifni o‘z balkonlaridan va boshqa joylardan turib suratga olishyapti-ku.

Keyin g‘azabnok va qoralovchi nazar bilan tikilayotgan bu ayolni tag‘in uchratdim. Uning talabalar bilan gaplashishi ohangidan bildimki, o‘qituvchi bo‘lsa kerak. Do‘kondan chiqishim bilanoq yuzi oqarib ketgan militsioner va fuqaro kiyimidagi kimsa chopib keldi.

«Bizga sizni suratga oldi, deb aytishdi. Ko‘rsating!» Men ularga qo‘llarida bayroq ushlab, kulib turgan bir qancha talabalarning suratlarini ko‘rsatdim. O‘chirishga majbur qilishdi. Uyga qaytdim, o‘g‘lim bu manzarani ko‘rgani, allaqachon ijtimoiy tarmoqqa qo‘yishganini aytdi.

Ehtimol ularga ko‘cha supirtirishib to‘g‘ri qilishar…

Umida Ahmedova
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 june 2021
«Milliy tiklanish» partiyasi lideri Alisher Qodirov Alter Ego nashriga intervyu berdi.
18 april 2017
18 aprel kuni Qirg‘iziston prezidenti Almaz Atambaevning 20 yashar kenja qizi Aliya Shagievaga tegishli «Feysbuk» va «Instagram» ijtimoiy tarmoqlaridagi ...
29 september 2023
RT: Yashash soatining oltin kapgiri  Har borib kelishi bir olam zamon.  Koinot shu damda o‘z kurrasidan  Yasab chiqa olur ...
29 december 2025
Davlat boshqaruvining ashincha tepalarida yuradigan bir tanishimni aytishicha, yuqoridagilar kulgi bo‘lishdan, karikatura va satiraga nishon bo‘lishdan o‘lguday qo‘rqar ekan. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...