Catira
21 june 2018

Mirziëev o‘qituvchi obro‘sini prokurordan baland qilmoqchi

Besh yil xalq ta'limi vaziri bo‘lgan Ulug‘bek Inoyatov 20 iyun kuni ishdan olindi. O‘rniga Innovatsion rivojlanish vazirligi mulozimi Sherzod Shermatov keldi.

Vazirning uchta o‘rinbosari – Qodirboy Bekturdiev, Jahongir Sidiqov va Dilshod Kenjaev ham ishdan ketdi. 21 iyun kuni yig‘ilish o‘tkazgan bosh vazir Xalq ta'lim vazirligi mulozimlarining ishdan olinishini prezidentning o‘qituvchilar obro‘sini oshirishga astoydil ahd qilgani bilan izohlagan. Abdulla Aripov o‘qituvchilar majburiy mehnati «jarrohlik yo‘li bilan» bartaraf qilinishini aytgan.

Ishdan olingan Ulug‘bek Inoyatov davrida o‘qituvchilar kasblariga xos bo‘lmagan ko‘cha tozalash, paxta terish kabi ishlarga jalb etildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida qurila boshlagan kollejlar yopilib, maktablar qaytadan 11 yillik eski tizimga qaytarildi.

«Endi esa 20 yilda oldga yurmagan shaldiroq eski aravani sudrash navbati Sherzod Shermatovga tegdi», deydi rassom Tuz o‘z skeptik majozini hajviy rasm tarziida aks ettirarkan.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
25 august 2025
Bugun gapirmoqchi bo‘lganim haqiqatan ham muhim mavzu. Lekin u ko‘pchilik uchun qiziq emas degan gumondaman. Chunki mavzu yalang‘och deputat ...
4 january 2017
Ukrain xalq artisti, “Verka Serdyuchka” taxallusi bilan sharaflanadigan 44 yashar Andrey Mixaylovich Danilko yangi yilni Toshkentda qutladi. Danilko Toshkentdagi ...
23 december 2020
O‘tgan payshanba, 17 dekabr kuni Telegram kanali orqali O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX)ning qator “loxmach”larini uchratgan joyda jazolash haqida ...
6 february 2018
Istanbuldagi Otaturk qo‘nalg‘asida 1 kilo 75 gramm qoradorini Toshkentga olib ketaëtgan 35 yashar O‘zbekiston vatandoshi S.K ushlandi. Turkiyadagi «Hurriyat» ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...