Asosiy mavzular
23 october 2018

Rossiyaning MGIMO filiali xavotiri

O‘zbekistonda xorijning nufuzli universitetlari filiallari ochilishi ko‘pchilikni quvontiradi. Har holda bu filiallarda ta'lim sifati, bilim berish darajasi mahalliy oliy o‘quv yurtlaridagidan yaxshiroq bo‘ladi.

Ammo Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Toshkentga rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekistonda Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti – mashhur MGIMOning filiali ochilishi haqida bitim imzolangani nazarimizda aksariyatimizni hushyorlantirishi kerak.

Hushyor tortishimizga esa sabablar bisyor. Avvalo, MGIMOning qanday oliygoh ekanini sohani tushunadigan kishilar yaxshi biladi.

Ya'niki bu institut Rossiya tashqi siyosatini yurituvchi kadrlar tayyorlab beradi. Bundan ortgani ham Rossiyaning boshqa idoralarida tashqi aloqalarga oid masalalar bilan shug‘ullanuvchi kadrlar bo‘lib yetishadi.

O‘z-o‘zidan, bu institut bitiruvchilari Rossiya razvedkasida alohida o‘rin tutadi.

Endi shu institut O‘zbekistonga kadrlar tayyorlab bermoqchi.

Mana shunisidan hushyor tortmog‘imiz darkor nazarimizda. Ertaga tashqi siyosatimiz jilovi Rossiya tayyorlagan kadrlar qo‘lida qolishidan xavfsirashimiz kerak.

Unutmaylik, Rossiyadan tabiatidan kelib chiqilsa, u albatta bu institut talabalaridan o‘zi uchun ayg‘oqchilar yasashga urinib ko‘radi.

To‘g‘ri, boshqa soha odamlarini ham yollash amaliyoti bor. Lekin MGIMO talabalari aynan tashqi siyosat kadrlari sifatida tayyorlanishini hisobga olganda, ularni yollash ruslar uchun foydaliroq bo‘ladi.

Balki O‘zbekiston bu filialni bitirganlarni tashqi siyosat idorasiga yaqinlashtirmaydi, ulardan boshqa idoralarning xalqaro aloqalar bo‘yicha mutaxassislari sifatida foydalanar, deb hisoblaylik.

Xo‘sh, bu idoralarimizda davlat siri bo‘lmaydimi?

O‘zbekistonda Rossiyaning agrar sohaga ixtisoslashgan oliygohlari filial ochsa yaxshi. Metall qotishmalari bo‘yicha mutaxassis tayyorlab bersa ham yaxshi.

Ammo tashqi siyosat bo‘yicha kadrlarni tayyorlashni Rossiya institutiga ishonib topshirishni yana bir bor chuqur o‘ylab ko‘rish kerak nazarimizda.

Qolaversa, o‘zimizda tashqi siyosatimiz va xalqaro aloqalar uchun kadrlab tayyorlab beruvchi O‘zbekiston jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bor.

Biz, birinchi navbatda, mana shu universitetning salohiyatini yuksaltirish yo‘lidan borishimiz kerak.

Yaxshi ko‘ringan har qanday xo‘rak ham qopqonsiz emasligini esdan chiqarmaylik.

Sardor Azim
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 november 2025
Biz qoloq deb hisoblagan davlatlar texnologiya soxasida katta qadamlar otmoqda. Bir vaqtlar dunëda tengi yo‘q yuk samoletlari ishlab chiqargan ...
2 march 2017
27 fevral kuni Toshkentdagi ko‘p qavatli binoda sodir bo‘lgan yong‘in halokati aks etgan video qo‘yildi. Bunda piyodalar yo‘lagiga parkovka ...
1 november 2022
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumani sudi 18 yashar qizni bo‘g‘ib o‘ldirgan 23 yashar qotilni 12 yilga qamadi. 2022 yilning ...
10 december 2025
Dunë urush asoratlaridan qaddini endi tiklaëtgan 1948 yilning 10 dekabr kuni Parijda jahonning ko‘plab davlatlaridan yig‘ilgan diplomatlar Inson huquqlari ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...