Asosiy mavzular
28 november 2018

Qo‘shiqchi Sevara Nazarxon «sunna tibbiyoti»ni reklama qilmoqda

Taniqli o‘zbek xonandasi Sevara Nazarxonni mahalliy TVda va boshqa joylarda namoyish etilayotgan reklama roliklarida ko‘p uchratish mumkin. Uning hamma taniydigan chehrasi shahardagi bannerlar, turli OAVlarning reklama bukletlarini bezab turibdi.

So‘nggi vaqtlarda esa ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Sevaraning internet, jumladan, Instagramda kuchayib borayotgan bir reklama faoliyatiga e'tibor qaratmoqda. Ya'ni u “arab tibbiyoti” va “sunna bo‘yicha yashash”ni zo‘r berib targ‘ib qilmoqda, deb yozdi “Aziya Terra” Internet nashri.

Sunna bo‘yicha yashash deganda Qur'on aqidalari va islom dini asoschisi hayotiga mos ravishda yashash tushuniladi.

“Sunna bo‘yicha yashash”ning asosiy mahsulotlaridan biri sifatida Sevara, masalan, “Talbina” (suli uniga sut va asal qo‘shib tayyorlanadigan to‘yimli yegulik)ni reklama qilmoqda. Xonandaning Instagramdagi yozuvlariga qaraganda, bu uning ukasining biznesi va taniqli opa unga o‘z mahsulotlarini iste'molchilarga targ‘ib qilishga yordam beryapti.

Sharh qoldirayotganlarning aksariyati Sevara Nazarxon kabi yuksak maqomdagi mashhur kishilar uchun soxta ma'naviyat (oddiy qilib aytganda, aldamchilik, lo‘ttibozlik bilan pul ishlash) begona emasligini afsus bilan ta'kidlashmoqda.

“Ilgari ruhoniylar ibodatga keluvchilarga qandaydir shaqildoqlarini sotgan bo‘lsa, endi oddiy tadbirkorlar ham sizni aynan uning mahsulotini sotib olish xudoga yoqadigan haqiqiy ishligiga ishontirish uchun o‘z mahsulotlarini tiqishtirmoqda,- deb yozdi o‘zining FBdagi sahifasida filolog Rafael Sattorov. – Meni taniqli va talantli xonanda Sevara Nazarxon o‘z Instagramida bloklagan kunlarga ham yetib keldim. (…) Men u yerda diniy mavzuda o‘zini piar qilish va “Talbina” nomli feyk loxotronni reklama qilish talantli aktrisaga yarashmaydi, deb yozgandim. Aytsam ishonmaymiz, “Talbina” mahsulotini sotib olish va iste'mol qilish sunna bo‘yicha yashashni anglatar ekan. Bunaqa amalni men avval eshitmagandim, ammo ajablantira boshlayapti”.

Yana Rafael Sattorov: “Biz ularning reklamadan pul topishini emas, balki savdo-sotig‘ida din mavzusidan yuzsizlarcha foydalanayotganini qoralayotirmiz. Ha, din va siyosat aralashib ketganda inkvizitsiya boshlanadi, deb Kamyu to‘g‘ri aytgan edi”, deb qo‘shimcha qildi.

Foydalanuvchilarning bildirishicha, Sevara Nazarxon faqat uning yozganlarini maqtayotgan sharhlarni qoldirib, tanqqidiy kayfiyatdagi mualliflarni bloklamoqda.

Biroq “mo‘mina”lik xonandaning o‘z tanasiga turli tatuirovkalar chizdirishiga (“O‘zbeknavo” mentalitetga “mos kelmaydigan” bunday o‘zini namoyon etishlarga qanday munosabat bildirishini bilish qiziq bo‘lardi) mone'lik qilmagan, deya ta'kidlamoqda muhokama ishtirokchilari.

Aytish kerakki, ayni paytda unda tatuirovkalar bo‘lmasligi ham mumkin. Avvalroq Sevara Nazarxon ulardan qutulishga urinayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Tag‘in o‘qing
9 january 2024
Joriy yilning 4 yanvar kuni Nukus shahar xo‘jalik sudi “Oltin Tola Bo‘ston” paxtachilik kooperativ fermerlarning appelyatsiya shikoyatini ko‘rib chiqib, ...
13 january 2026
2026 yil 9 yanvar kuni Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumaniga qarashli Kenagas qishlog‘ida jamoatchilikni larzaga solgan og‘ir jinoyat sodir etildi. ...
10 may 2021
Olmaliq shahrida soliqchilar yoymachilik ortidan tirikchilik o‘tkazayotgan ayollarni sudra-sudra qilgani ortidan ko‘tarilgan shov-shuvdan so‘ng voqea ishtirokchilari Davlat soliq qo‘mitasining ...
31 march 2018
Oliy Majlis Senati 29 mart kuni «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) to‘g‘risida»gi qonunni tasdiqladi. Mazkur qonunga ko‘ra, DXXga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...