Asosiy mavzular
31 january 2019

Nega internetdagi o‘zbeklar diktatorlarni sevadi?

Venesueladagi oxirgi o‘zgarishlardan so‘ng, kutilganidek, sobiq prezident Nikolas Maduroning tarafdorlari ko‘payib ketdi. Uning xalqqa qilgan yaxshiliklari, hamshiralar minglab dollar maosh olgani haqidagi postlar urchidi. Xuddi shu voqea Saddam Husayn va Qazzofiy (Kaddafiy) ketganida ham kuzatilgan edi.

Internet ahlining har qanday vaziyatda ham teskari fikr bildirish ishtiyoqidan xabarim bor. Lekin bu safar ular shunchalar erinibdiki, Maduro uchun yangi “xizmatlar” o‘ylab topish o‘rniga Qazzofiyning “xizmatlar”ini ko‘chirib qo‘yishibdi. Hamshiralarga ming dollar maosh, tekin benzin, dorilarni soxtalashtirganlik uchun o‘lim jazosi — Liviya uchun ham, Venesuela uchun ham bir xil faktlar, faqat davlat rahbarining nomi o‘zgaradi, xolos.

O‘sha afsonaviy “xizmatlar” haqiqat deb olaylik, mayli. Baribir savollar tug‘iladi:

  • milliy boyliklarning ulkan qismi baribir elita tomonidan o‘zlashtirib yuborilgan. Katta maosh buni oqlolmaydi;
  • sog‘lom iqtisodiy muhit yaratmay turib “ol qulim” deb berilgan imtiyozlar iqtisodiyotning battar botqoqqa botishiga olib keladi. Neft zaxiralari bo‘yicha Saudiya Arabistonidan ustun turadigan Venesuela qanday ahvolga olib kelib qo‘yilgani buning dalilidir.
  • tekin benzin, tekin dorixona maqtanadigan narsa emas, balki boqimandalik psixologiyasi in'ikosidir. Sog‘lom iqtisodiyotda xizmatlar odatda pulli bo‘ladi, odamlar esa ulardan to‘liq foydalanish uchun yetarli moddiy imkoniyatga ega bo‘ladi;
  • nihoyat, mayda-chuyda imtiyozlar so‘z erkinligi va shaxsiy huquqlarning poymol qilinishini oqlolmaydi.

Eldar Asanov,
Telegramdagi «Asanov formati» blogeri

Tag‘in o‘qing
19 october 2020
Prezident Shavkat Mirziyoev 8 oktyabr kungi chiqishida rahbarlar uyma-uy yurib, ishsizlik muammosini hal qilishlari kerakligi haqida gapirdi. Qishloq xo‘jaligi ...
30 august 2023
Rassom va jurnalist Shuhrat Bobojonov o‘zining tarix¸ tasviriy san'at va mumtoz adabiëtga oid kitoblar yig‘ilgan kutubxonasini Urganch zamonaviy san'at ...
24 august 2018
O‘zbekistonda shu hafta eng ko‘p pichoqbozlik Qurbon hayiti kuniga to‘g‘ri keldi.  Shu kuni, 21 avgustda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida ...
15 april 2020
Amerikaning nufuzli Forbes jurnali ayollar boshqarayotgan davlatlar koronavirus epidemiyasini yengishni boshqalardan yaxshiroq uddalayotganiga e'tibor qaratdi. Islandiyadan Tayvangacha va Germaniyadan to Yangi Zelandiyaga qadar ayollar qiyin ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...