Asosiy mavzular
27 february 2019

«Bravo»chilar tarafdorimasman, ammo tsenzuraga qarshiman

«O‘zbekkontsert» «Bravo» va Halimaning litsenziyalarini bekor qilibdi. Hechqisi yo‘q, «O‘zbekkontsert»ning 3-4 ta tadbirida bepul qatnashib berishsa, sekingina hech kimga e'lon qilmay qaytarib berishadi. Bu mayli, lekin «O‘zbekkontsert» ko‘pchilikdan litsenziyani tortib olganda «ma'naviy qadriyatlarga yot bo‘lgan xatti- xarakatlari» degan ibora bilan asoslaydi. Xo‘p, unda bu ma'naviyat deganingiz qanaqadir normalashtirilgan, standartlashtirilganmi o‘zi? Nima zidu nima mosligi ro‘yxati bormi? Agar litsenziyani tortib olishga keltirilayotgan sabab konkretlanmagan bo‘lsa, unda ma'naviyatga zid mezonni xohlagan narsaga ishlatish mumkin.

Mayli, tortib olishdi. Men emotsional tarafdan buni qo‘llab-quvvatlayman. Lekin bu tsenzura. Qip-qizil tsenzura. Eng yomoni, mana shunday qo‘rqinchli iboralarni keltirib, litsenziyasi olinayotgan artistlarga bir-ikki oydan so‘ng «ma'naviyatimizga zid bo‘lgan palonchiga litsenziya qaytarildi», deyilmaydi. Bu esa ikkiyuzlamachilik. Hammaga reklama qilib olib tashlab, qayta sekingina berish shunchaki ikkiyuzlamachilik.

Xalq shunaqa kontsertlarga tushyaptimi, ko‘ryaptimi? Ko‘ryapti. Bas qilinglar yuksak ma'naviyat deb baqirishni. Xafa bo‘lmanglar, mana bizning ma'naviyat, mentalitet. Mana, bravo. Biz o‘zimiz o‘ylagandek pok-pokiza bo‘lganimizda o‘sha kontsertga hech kim tushmasdi. Va yetar hammani bir xil ma'naviyatga tiqish. Hammaning o‘z ma'naviyati bor. U umumiy bo‘la olmaydi. U fiktsiya. Yo‘q narsa. Ming kishidan so‘rang ma'naviyat nima deb, ming xil javob olasiz. Shunday ekan, bu faqat individuallik. Qachon qutulamiz bu pufak, primitiv va kulguli ideologiyadan?!

PS. «Bravo»chilar tarafdori emasman. Men uchun bu past sort yumor. Men ko‘rmayman ham, kuymayman ham. Lekin tsenzuraga ham qarshiman.

Nozim Safarov
bloger-shoumen

Tag‘in o‘qing
10 august 2019
Mana, dengiz bo‘ylarida dam olib, qaytib keldik yana ishlashga. Biz dam olgan paytda O‘zbekiston prezidenti qattiq ishlabdi. Ëmonam qattiq ...
9 october 2023
Jurnalist Ibrat Safo yozadi: O‘zbekistonda 8 oy ichida 25 ming nafarga yaqin bola ota yoki onasiz yashashga majbur bo‘libdi. ...
22 september 2015
Zayniddin Asqarov jasadi 2010 yilning 11 oktyabr kuni turmadan uyiga qaytarildi. Aytilishicha, SNB xodimlari mayitni tez dafn qilish va ...
11 january 2021
Taniqli shoir Bahrom Ro‘zimuhammad 60 yoshda Bahrom aka indamaygina oltmishga kiribdi. Botinan qaralganda, unday emas. Bahrom aka indamaygina oltmishga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...