Ko‘zqarash
22 april 2019

Qadimgi turklarning brahmi yozuvi

Qadimgi turkiy tilning ikkita asosiy alifbosi bor — O‘rxun-Yenisey (ko‘kturk, runik) yozuvi hamda uyg‘ur alifbosi. Bizgacha yetib kelgan matnlarning mutlaq ko‘pchiligi mana shu ikki alifboda yozilgan.

Ammo qadimgi turkiy til uchun boshqa yozuvlar ham ishlatilgan. Parfyan, so‘g‘d, estrangelo (suryoniychaning nestorian-diofizitlar ishlatgan varianti) alifbolari shular jumlasidandir.

Turk tilli matnlarda eng kam qo‘llangan va shu bois eng noyob hisoblanadigan yozuv esa brahmidir. Brahmi qadimgi hind yozuvlaridan biri bo‘lib, undan budda diniga e'tiqod qiluvchilar foydalangan.

Brahmi alifbosi yordamida yozilgan turkcha manbalarni topish nihoyatda qiyinligi barobarida ular bo‘yicha tadqiqotlar ham deyarli yo‘q. Bir-ikkita maqolani aytmasa. Buni qarangki, olis Kalgarida (https://en.wikipedia.org/wiki/Calgary) 1981 yili brahmi yozuvi bo‘yicha magistrlik dissertatsiyasi himoya qilingan ekan. Shu dissertatsiyaning 84–121-betlari qadimgi turkiy til uchun ishlatilgan brahmi yozuviga bag‘ishlanadi. O‘zbekiston, Qozog‘iston yoki Turkiya qolib, olis Kanadada shu mavzuni kimdir o‘rgangani diqqatga sazovor.

Xullas, qiziquvchilar bo‘lsa, va albatta, ingliz tilidan muammo bo‘lmasa, o‘zbek tili tarixining deyarli noma'lum bir jihati yoritilgan sifatli ilmiy ish bilan quyida tanishib chiqishingiz mumkin. Tezisda O‘rta Osiyoning boshqa qadimgi tillari, jumladan, tohar va xo‘tan-sak tillari haqida ham ma'lumotlar bor.

Eldar Asanov,
Telegramdagi «Asanov formati» blogeri

Tag‘in o‘qing
26 april 2018
Andijon shahridagi 18-umumta'lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi 22 aprel kuni o‘smirlar o‘rtasidagi o‘zaro janjalda pichoqbozlik qurboni bo‘ldi. Maktab joylashgan mahalla ...
30 november 2020
Nigeriyadan ikki qora tanlini olib kelib, uyi oldidagi konteynerga qamab qul qilganlik ayblovlari bilan yuzma-yuz qolgan 26 yoshli qo‘shiqchi, Siroj Boom taxallusi tanilgan Siroj ...
26 april 2024
RT: Mana xafta zuvv etib aylanib yana siz bilan yuzma yuzman. MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ishitamiz. ...
14 september 2020
O‘zbekistonda 14 sentyabrdan boshlab ayrim maktablar an'anaviy tarzda navbatdagi o‘quv yilini boshladi. Toshkent shahri xalq ta'limi boshqarmasining xabar berishicha, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...