Ko‘zqarash
11 april 2020

Millatni sevishni yahudiylardan o‘rganaylik

Demokratiya hokim bo‘lgan davlatlarda irqchilik va antisemitizm (yahudiylarni yomon ko‘rish) qattiq qoralanadi. Qora tanlini «negr», lotinamerikalikni «latinos», yahudiyni «la'nati yahud» degan odam qamalishi mumkin.

Lekin aksar musulmonlarda, shu qatorda o‘zbeklarda ham antisemitizm o‘ta kuchli. Yoshligimizdan buvilarimiz juhutlarning qabri yo‘q, ular o‘liklarini qaynatib yeyishadi, deb cho‘pchaklarni qulog‘imizga quyib tashlashadi. Garchi islomda millatchilik qoralansa-da, masjidlarda yahudiylar la'natlanib duo qilinadi. Toshkentda ishlaydigan bir yurist ham yahudiylarni so‘kib yozayotganiga guvoh bo‘ldim.

Yahudiylar azaldan inoq xalq, savdo-sotiqni yaxshi bilgani uchun doimo boy bo‘lishgan.

Yahudiylarni yomon ko‘rishga, asosan, Falastindagi urushlar turtki bo‘lgan. Yahudiyni la'natlaydigan o‘zbek falastinliklarning tarafini olib duo qiladi. Lekin ko‘pchilik bilmaydiki, yahudiylar bugungi Isroilda azaldan yashab kelishgan. Isroil qurilishidan avval o‘sha falastinliklarning o‘zlari Usmonli xalifaligiga qarshi kurashgan. Xalifalik yo‘q bo‘lgandan keyin esa o‘sha yerlarga ko‘chib kelgan yahudiylarga o‘z uylarini sotishgan yaxshigina pulga. Millionlab falastinlik o‘z uyini sotgan.

Nasroniylikda ham yahudiylar sevilmagan, la'natlangan millat sifatida ko‘rilgan. Nasroniy Gitler ham shu sababdan yahudiylarni qirib tashlagan.

Bugungi kunda yahudiylar musulmonlarga dushman emas. Ularning falastinliklar va arablar bilan dushmanchiligi diniy emas, balki milliy dushmanchilikdir.

Yahudiylar Turkiston muxtoriyati qurilishida ham jonbozlik ko‘rsatishgan. Ko‘pgina pul ehson qilishgan.

Biz o‘zbeklarda yahudiylarni yomon ko‘rishga asos yo‘q, ular Markaziy Osiëda ko‘p yillar yashagan, o‘zbek madaniyatiga hissa qo‘shishgan. O‘zbek shashmaqomini dunyoga yoyib yurganlar ham Buxoro yahudiylaridir.

Yer sayyorasi bitta, istaymizmi-yo‘qmi, biz boshqalar, xususan, yahudiylar bilan ham do‘st bo‘lib yashashimiz kerak, ulardan rivojlanish, texnologiya, inoqlik, bir-birini qo‘llash va, eng muhimi, millatni sevish borasida o‘rnak olsak arziydi.

Maqola muallifi Bahrom Rahmon 25 ëshda. Qirg‘izistonning O‘sh shahrida tug‘ilgan. Diniy va etnik mavzulardagi dolzarb maqolalar muallifi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 may 2019
Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan rasman qabul qilingan qonun loyihasi Senat tomonidan imi-jimida o‘zgartirilgan holda ma'qullandi. Deputatlar boshqacha qabul qilib, ...
23 february 2021
O‘tgan hafta oxirida Toshkentdagi jinoyat doiralarida “Qora” va “Graf” laqablari bilan tanilgan yirik tadbirkor G‘afur Rahimovning jiyani Ravshan Muhiddinovning ...
18 february 2016
Dmitriy Tixonov, Eltuz.com Davlat targ‘ibot apparati 2015 yil martdan beri meni G‘arb agenti sifatida ko‘rsatishga tirishib keladi. Mening huquqbonlik ...
28 september 2021
Ko‘pincha korxonalar rahbarlari o‘z xodimlari shtatini ko‘paytirmasdan, fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar tuzish yo‘li bilan zarur mutaxassislarni jalb etishga harakat qiladi.  ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...