Ko‘zqarash
21 april 2020

Absattorning karantin kundaligi

Bosh prokuratura 6 apreldan boshlab vatandoshlardan o‘zlarining kundaliklarini yuritishlarini so‘radi. Demak, Absattorning kundaligini o‘qiymiz:

«Men Absattor ertamatdan qo‘shnim Abjabbor bilan ko‘rishib ogan lomimni qaytarib berdim. Keyin birrov Madinanikiga kirib chiqdim. (Hech kimga aytmang Madinanikiga kirganimdi) Yo‘lda Komildi dukoniga bosh suqdim. Valasaptda kelaëtgan Eshmirzadan popris so‘rab chakdim. Xumor qonmagani uchun Mirraxmat xojidan shishamni to‘ldirib nasiyaga nos oldim. Keyin damaschi Xaëtulla kelib qarzimni qaytar deb yarim soat mazgimni chaqib qo‘limga berdi. Uyga qaytaëtib oshnam Ismat piëzchini ko‘rib qoldim. Birgalashib meni nosimdi chakib xumor tarqatdik. Keyin uy tarafga jildim. MIB ni odami turgan ekan eshigimdi taqilllatib. Gaz, svet va suvni pulini so‘rab kepti. Pul qag‘da. Hech qaerda ishlamasam. Xotindi ketidan kun ko‘rib o‘tirgan bir notavon bo‘sam…».

 (kundalik davom etadi)

Absattorning karantin kundaligidan: Guruch va kurmak

«O‘sha kuni oshnolar bilan ichib zovurdi arqasida dumalab qopman. Xotinim qo‘shni Abjabbordi shag‘al tashiydig‘on zambilg‘altagini apkelib meni ashinga solib uyga abkeb ëtqizib qo‘yibdi. Bollar aytdi. Xotin gaplashmayapti men bilan. Bosh qattiq og‘riyapti. Bir shisha piva bo‘lsa, ichardim.  Zerikkanimdan atrofdagi narsalarni sanab boshladim. Shiftda to‘qqizta bolor bor ekan. Oshxonaga 228 dona shaxmat ëpishtirilgan ekan. 12 tasi darz ketgan. Xotin bekor o‘tirmay kurmagini tozalang deb oldimga bir kilo guruch qo‘yib ketdi. Erinmay sanab chiqdim. Bir kilo guruch 3 million 689 mingu 671 dona ekan. Ichidan 381 ta kurmak chiqdi. Tovuqlarga beramiz deb bir kasaga solib qo‘ydim.  Uyda shakar yo‘q bo‘masa uniyam sanab tashardim. Sekin chiqib Abjabborni eshigiga o‘tdim.  Uyida aroq yo‘q ekan. Sudralib Komildi dukoniga bordim. Plasmassa stakonni to‘ldirib aroq berdi. Ichdim. Sho‘r bodring tutdi. Yemadim. Qo‘ltig‘imdi xidlab qo‘ya qoldim. To‘lashga pul yo‘q. Komil araqdi pulini daptarga ëzp qo‘ydi. Bollardi puli chiqqanda xotin kelib rachcho‘t qib ketadi. 3 oydan keyin xotin yana jijilaydi. Ko‘payishamiz. Komil bitta tekin maska berdi. «Taqib yuring Absattor aka bo‘masa ishtrap qiladi» dedi. Maskani taqib o‘zimni aynakka solib kulgim keldi. Biram xunuk ko‘rindim. Soqolam o‘sib ketibdi. Burun ham ko‘z ham qip qizil. Shu xolimga Madinani uyiga bormay deb uy tarafga qarab jildim. Valasaptda kelaëtgan Eshmirzadan popris so‘rab chekay desam mingga qo‘yib zing‘illab o‘tib ketdi zang‘ar. Salom yo‘q alik yo‘q. Ashnaqa tarbiyasiz bo‘p ketdi hamma bu qirondaviyrus deb. Lekin bosh og‘riq to‘xtadi. Uyda xotin mastava qigan bo‘lsa murchlab ichvolib keyin to‘shakka ënboshlab serial ko‘raman. Xurram degan serialni yarimlatib qo‘yganman.» (Kundalik davom etadi)

Absattorning karantin kundaligi. Piraduxta

Absattor nimanidir taraq etganidan uyg‘ondi. Xotini ko‘chadan kepti. Xotin MFY idorasidan ërdamga berilgan «piraduxta» opkegan edi.

Absattor o‘rnidan turib g‘oz yurish qilib piraduxtalarga past nazar bilan qaradi.

Oldin go‘shtni olib bir qo‘li bilan chamaladi. Xidlab  ko‘rdi:

«Bo‘mabdi qarib qogan qo‘y bu. Mana ëg‘lari sarg‘aygan. Suyaklardi qara. Keyin menga o‘xshab yaxshi yeb yaxshi ichadigan odamga 3 kilo qo‘y go‘shti   ikkita ovqatga ham yetmaydi. Keyin enangning qotgan patirini yeymizmi bir xapta»

Xotini ko‘zlarini katta ochib

«Absattor aka karantin bo‘magan paytidayam  oylab go‘sh yemasdikku»

«O‘chir ovozingdi. Davlat bizga deb amerikadan pul obdi.  Do‘konchi Komil aytdi. Odam boshiga har xaptada bir qo‘chqor¸ 15 kilo un. Kartshka¸ piëz. Qani chiqar byaxga. Nima bu bir kilo oqqand. Kartshkani mazasi yo‘qku. Piëzdi ahvoliga qara»

Absattor ming qo‘yli boyday bu ne'matlarga bepisand qarab «Yig‘ishtr hammasini. Oborib qaytarib ber Bersa yirikroq¸ durustroq qibersin pomoshdi. Bermasa buvisi chiqqan joyga tiqsin.»

Xotini kalovlanib dedi:

«Qo‘y go‘shti qolaqolsin¸ bollardi og‘ziga go‘sht tegmaganiga ham bir oy bo‘ldi»

Bu gapiga javoban Absattorning botinkasi uchib kelib xotinning peshanasini g‘urra qildi.

Xotin piraduxtani ko‘tarib chiqib ketdi.

Absattor bo‘shab qogan nos shishasini taq taq qilib  oyna raxiga urib ichidan bir chekim nos chiqarishga harakat qilardi.

Bir pasdan keyin xotini qaytib keldi. «Shuni yeb turing opa etta indin yana beramiz» deb ovutib yuborishibdi.

Absattor jahli chiqib «o‘zim gaplashib kelaman » deb ko‘chaga chiqdi.

Maska taqish esdan chiqibdi.

Ko‘chaga chiqib olti qadam otishi bilan qo‘lida avtomat tutgan soldatlar yugurib keldi.

«Qayting ortingizga uyngizga kiring», dedi soldat.

Absattor prava kachat qilib «Men o‘zimdi ko‘chamda yuribman san nomaqul buzoqdi tezagini yeb aptamat ko‘tarib meni ko‘chamda  yuribsanmi», deb baqirdi

Bitta pakana qorinboy¸ ënidagi dev askarga  imo qildi. Dev borib miltiq qo‘ndog‘i bilan bir urib Absattorni yiqitdi. Pakana kelib ikkita tepgandi, Absattor tinchib qoldi

Uyida o‘tirgan tuman sud xodimi Absattorni 15 kun qamoqqa tashlasin, deb ajrim chiqarib berdi.

Absattorni moshinga ortib qamoqqa obketishdi.

Absattor ko‘zini ochsa qamag‘ni tor xonasida parashani oldida ëtibdi.

Bitta alkash parashani ichiga tinmay qusardi.

(Kundalik davom etadi)

Rassom Tuz

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 january 2020
Bosh vazir Abdulla Aripov 28 yanvar kuni koronavirus xatari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Har bir idora va tashkilotlar, shu jumladan, ...
28 june 2016
27 iyun – O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan davlat rahbari yo‘llagan tabrik mamlakat jurnalistlari ...
12 january 2021
Eltuz qisqa hajviy animatsion filmlar turkumini davom ettiradi. G‘isht, qum va tsement aybdor! Yoki «Armaturalar ham yig‘laydi» Bugungi film ...
20 march 2016
Ekipaj a'zolarining barchasi BAA fuqarolari bo‘lgani, shuningdek, yo‘lovchilardan 5 nafari xorijlik ekani aytilmoqda. Xabar qilinishicha, yo‘lovchilarning 2 nafari ukrainalik, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...