Asosiy mavzular
25 may 2021

O‘zbekistonliklarning oiladagi zo‘ravonlikka nisbatan bag‘rikengligi

O‘zbekistonda yaqinda o‘tkazilgan so‘rovnoma respondentlarning 10 foizdan ko‘prog‘i oiladagi zo‘ravonlikka qarshi emasligini ko‘rsatdi. Bu mamlakatdagi gender munosabatlardagi tashvishga soladigan holatdir.

Bu haqda Eurasianet nashri yozdi.

15 may kuni BMTning Oila xalqaro kuniga bag‘ishlab «Ijtimoiy fikr» davlat tadqiqot guruhi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovda qatnashganlar xotinlar erlarini ranjitgan taqdirda ular kuch ishlatishga haqli ekanini ta'kidlashdi.

So‘rov telefon orqali butun mamlakat aholisi orasida o‘tkazilgan, ammo «Ijtimoiy fikr» qancha odam so‘ralgani haqida ma'lumot bermagan.

Maqolada «oilaviy zo‘ravonlik ko‘p hollarda ajralishga olib kelmaydi, chunki [hukmronlik qiluvchi] eri tomonidan shafqatsiz munosabat ostida bo‘lgan ayollar o‘z nikohlarini saqlab qolish uchun qarshilik ko‘rsatishmaydi», deya urg‘ulangan.

So‘rov ishtirokchilarining 64,4 foizi farzandlar manfaati uchun nikohni saqlash kerak, deya bildirishgan.

Tadqiqot, shuningdek, birinchi navbatda nima uchun oilada zo‘ravonlik yuz beradi, degan masalaga to‘xtalgan. So‘ralganlarning taxminan 23,5 foizi buni spirtli ichimliklar va giyohvandlik moddalarini iste'mol qilish bilan bog‘lashgan bo‘lsa, yana 22,1 foizi o‘zaro tushunmaslik, 20,6 foizi esa zo‘ravonlik ildizlarini moddiy qiyinchiliklardan izlashmoqda.

Oilaviy zo‘ravonlik muammosi O‘zbekistonda uzoq vaqt tabu ostida bo‘lgan, ammo prezident Mirziyoev 2016 yilda iqtidorga kelganidan beri unga bir oz ko‘proq e'tibor qaratilmoqda. Undan avvalgi rahbar Islom Karimov davrida «oiladagi zo‘ravonlik» atamasi qonunchilik aktlariga kiritilmagan. Huquqbuzarlik mavjud bo‘lmagani bois, unga qarshi jazo ham ko‘zda tutilmagan. Odatda ayollarni himoya qilish mexanizmlari zaif bo‘lgan.

2019 yili «Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi.

Ushbu qonun moddalaridan birida ish joyidagi ayollarga nisbatan seksual, jismoniy, iqtisodiy va ruhiy bosim haqida aniq gap boradi. Qonunga muvofiq, tajovuz va zo‘ravonlik jabrdiydalari ariza yozishlari  va himoya olishlari mumkin.

Ushbu qonundan keng foydalanildi. 2020 yilda 14 774 ta shunday ariza qabul qilindi.

Tag‘in o‘qing
31 august 2020
Rossiya imperiyasining O‘rta Osiyoni bosib olishida Buxoro amirligining roli katta bo‘lganini hech kim inkor qila olmasa kerak. Uchta xonlikdan ...
16 january 2017
O‘zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimovning Toshkentda uy qamog‘ida saqlanayotgan katta qizi yaqinda Shveytsariya prokuraturasi tomonidan pul yuvish ayblovi bo‘yicha ...
10 july 2017
6 iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoevning mamlakat sud-huquq tizimini keskin tanqid qilishi ortidan O‘zbekiston sudyalari xalqqa murojaat bilan chiqdi. ...
20 june 2024
Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Sherzod Rahimov imzosi bilan bugun viloyatdagi barcha tuman-shaharlarga quyidagi mazmunda xat chiqarilgan. “2024 yil 19 iyun ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...