Video
9 august 2021

Sobiq hokim saylovni boykot qilishga chaqirdi

Joriy yilning 7 avgust kuni O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi O‘zbekiston prezidentligiga iqtidordagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoev nomzodini ilgari surdi.

«Eltuz» kanalida o‘z videoblogini yuritayotgan Navoiy viloyati Konimex tumani sobiq hokimi, 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov e'tiborini ayni shu voqeaga qaratdi.

“Nihoyatda kulgili masala. Liberalizm nima ekanini Mirziyoevning o‘zi bilarmikin? Birorta liberal qadam tashladimikin siyosatda”, deya ritorik savollar qo‘yadi Ospanov.

O‘zining navbatdagi chiqishida u muxlislarini prezident saylovida Shavkat Mirziyoevga ovoz bermaslikka yoki umuman saylovda qatnashmaslikka chaqirdi.

“Mirziyoev yana besh yil o‘tiradigan bo‘lsa, (o‘tiradiyam albatta) bu tizim o‘zgarmaydi. Siz bilan bizning qiladigan ishimiz, qo‘ldan keladigan ish – saylovga bormaslik. Bu sizning prezidentni men saylamaganman, deyishingizga axloqiy imkoniyat beradi”, dedi Ospanov o‘z videochiqishida.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
22 september 2021
Rassom Kirpi
27 april 2016
Gap O‘zbekistonda ancha vaqtdan beri davom etayotgan benzin taqchilligi muammosi haqida bormoqda. Bugun benzin faqat Toshkentdagina bir amallab topilayotgani, ...
13 march 2020
Hafta aylanib, yana sizlar bilan yuzma-yuz bo‘lganimdan mamnunman, azizlar. Hafta ichida kim qadri uchun, yana kimdir qorni uchun yig‘ladi. Kimdir ...
2 february 2022
Buxoro viloyatidagi “Bukhara brilliant silk” fabrikasi ta'sischisi, 4 oydan beri qamoqda qolaëtgan Baxtiyor Jo‘raevning onasi Robiya Doniërova yutubdagi chiqishida ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...