Asosiy mavzular
16 january 2022

Ertaga men o‘lgan bo‘laman…

O‘zbekistondagi har bir mulozimning ichida bitta shoir, har bir shoirning ichida bitta mulozim yashaydi. Bu yaxshimi ëmonmi, bilmayman. Shavkat Rahmonni nashriëtning injiq ba'zilar nazarida noxolis mulozimi o‘laroq ko‘rganman. Bir muddat prezidentga sovetnik bo‘lib, sakkiz tugmali katta razmer kostyum ichida tariqday bo‘lib o‘tirgan Mirzo Kenjabek o‘zi o‘qigan jurnalistika fakultetini «ig‘vo ini» deya, ëptirganiga guvoh bo‘lganman. Sovetnik bo‘lishi bilan «Islom podsho ko‘nglimdadir» deya shig‘ir bitgan Omon Matjon meni hayratga solgan. Ekzyuperining «Kichik shahzoda» kitobini o‘girib, shuurimga pozitiv ta'sir qilgan, «Ë jamshid» kabi teran hikoyalar ëzgan ëzuvchi Hayriddin Sulton, Mayakovskiy mukofoti olganidan mamnun Usmon Azim va hokazo. Mansabda paytida ham sarkazmni yo‘qotmagan bitta ëzuvchini bilaman. U Murod Muhammad Do‘st. Xullas, birovni sinamoqchi bo‘lsang, unga amal berib ko‘r deyishadi. Bu shair va ëzg‘uvchilar amal sinovidan o‘tdimi ë o‘tadimi menga qizig‘iyam yo‘q. Men ular ëzgan asarlarni o‘qishda davom etavaeraman. Bir vaqtlar «Salim Ashur, senga amal yarashur» deya mulozim do‘stimga hazil qilgandim. Mana bu she'rni Salim Ashur ëzgan.


Siz ertaga kelasiz,
Hozir
Xabarini yetkazdi simlar.
Bu xatarnok yo‘lda karvonni
yutgan vabo —
ohangdor qumlar. Siz ertaga kelasiz —
Salimga ham guloblar quydi.
Ko‘zingizdan o‘pdim.
Lablarim
Yulduzlarga tekkanday kuydi.
Labingizda — beshikda jahon,
Jahonlarni suydim mastona.
Siz ertaga kelasiz,
Bugun
Yangi ranglar kiyar ostona.
Siz ertaga kelasiz
«1»day, Odamlarga noma'lum sirday.
Ko‘rasiz —
Sevgimni ilib qo‘yibman –
Yakshanbada yuvib
yoyilgan kirday.
Siz ertaga kelasiz,
Hozir
Yuragimni qo‘ydim o‘rtaga.
Agar tuzlar yutib olsalar,
Topolmaysiz meni ertaga.
Siz ertaga kelasiz, qochib
Ta'qib etgan farangi kuydan.
Siz kelasiz shoshib, ammo men
Chiqib ketgan bo‘laman uydan.
Siz ertaga kelasiz…
Boqqa
Liboslarni xazonday tashlab.
Bugun mening cho‘llik qishloqqa
Ketgam kelar
ko‘zimni yoshlab.
Siz ertaga kelasiz,
Biroq
Bugun tushub qoldim men asir.
Bu dunyoda nima bo‘lsayam,
Menga hozir kerakdir,
hozir.
Siz ertaga kelasiz,
Bugun
Oy nuriga lim-lim to‘laman.
Siz ertaga kelasiz,
Ammo
Ertaga men o‘lgan bo‘laman…

Salim Ashur

Rassom Tuz sahifasidan

Tag‘in o‘qing
12 december 2025
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani hokimining ma'naviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Sh. Pozilov 10 dekabr kuni soat 15:00 da barcha maktab ...
7 october 2020
Korruptsiya va nepotizm botqog‘iga botganlar, yetim haqini yeganlar, o‘g‘ri va firibgar mulozimlar, eshiting, revizor kelmoqda! U sizni fosh qiladi. ...
2 august 2016
Ko‘zbo‘yamachilikning bu usuli Toshkentda Mustaqillikning 25 yilligi oldidan qilinayotgan xo‘jako‘rsin amaliyotlarning bir qismi ekani aytilmoqda. «Chinorlarni chopishmoqda – archalarni ...
25 june 2020
Sobiq MXX rahbariyati topshirig‘i asosida O‘zbekiston qamoqxonalaridagi elikka yaqin siyosiy va diniy mahkumni o‘ldirishda bevosita ishtirok etgan Toymuroz Alimov ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...