Ko‘zqarash
7 february 2023

Buxoroda 17 yashar qiz Damas moshinni o‘g‘irlab qochdi

Bu odamni etini jimirlatgan dahshatli o‘g‘irlik 2 fevraldan 3 fevralga o‘tar kechasi Vobkentning Xalach qishlog‘ida sodir bo‘ldi. 

Qop qora tun. Uzoqdagi cho‘lda shoqollar uvillaydi. Sovuq shamol tanani teshguday nayza sanchadi. 

Simëg‘ochdagi kuyib qolgan lampochkaning tunuka qalpog‘i taraq-turuq qiladi. Bulutlar orasidan mo‘ralagan oy darvoza oldida turgan Damas mashinani ëritadi. 

Shu payt («dada-daaam» degan kriminal kinodagi musiqani eshitdim deb tasavvur qiling) mashinaga shu qishloqda yashaydigan 17 yashar qiz jinoiy maqsadda yaqinlashadi. 

Mashina eshigi ochiq qolgan. Kalit ham turibdi. Qizgina hurkak kiyik kabi bir sakrab mashina ruliga o‘tirib gazni bosadi. Damas g‘ildiragi tagida mudragan ikki qora mushuk ikka ënga «miëv» deb qochadi. 

Mana 17 yashar qiz katta yo‘lda katta tezlik bilan Munisani ashlasini eshitiiib ketmoqda… Xuddi shu paytda kadr uzilib Xalach qishlog‘idagi darvoza ko‘rinadi. 

Uy egasi siygisi kelib ko‘chaga chiqsa, moshin yo‘q. «Vay bilat. Moshn qoni?»  

Kambag‘aldi uyi kuysa kuysin, damasi o‘marilmasin. Damas bu yo‘lko‘lik kambag‘al uchun.  

Uy egasining dod-farëdi uyquda ëtgan Xalach qishlog‘ini hushër torttirdi. 

Odamlar dod-farëdga o‘rganib qolgan: kimnidir eri uradi; kimnidir bolasi qimor o‘ynab, katta summaga tushadi. Shu kunda birovning uyiga xo‘rsinib borsang, uvillab chig‘adi. Ammo hech kimning boshiga moshindan ayrilish tushmasin. Xotin yo‘lda¸ bola belda. Ammmo moshn olish uchun kattta pul kerak. Bo‘libam damas.  

Milisaga telefon qilishdi. 

«Nega o‘g‘irlandi? Bu moshn degani kim minsa yurib ketaveradimi? Nega kalitni moshnda qoldirding? Nega ichkariga kiritib qo‘ymading? Yig‘lanilmasin. Nega yig‘laniladi?» 

Bu savol javobdan mashina egasining boshiga og‘riq kirdi. Ammo Buxoro mirshabboshisi UGON degan qizil tugmani bosishi bilan mudrab ëtgan butun mentura oëqqa qalqdi.  

Mening militsiyam qo‘riqlar meni. Nafaqat meni balki damasimni ham qo‘riqlaydi. 

O‘marilgan Damas A-380 avtomobil yo‘lining 369-kilometrida to‘xtatildi. O‘g‘rigina qizni qo‘liga kishan solib olib ketishdi. 

Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-modda 2-qismi “g” bandi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

O‘g‘ri qiz qamag‘da. Damas jarima maydonida. Adolat esa tantana qilganidan Vobkent qumlarida ag‘anab raqsga tushib ëtibdi. 

Bu raqsga Xalach qishlog‘i aholisi ham qo‘shildi. «Ey o‘ynasiney. Baxtiërlar o‘ynasin. Usul bilan¸ g‘amza bilan taraqa turuq». 

Bu paytda qamag‘da ëtgan qizdan konvoy bacha so‘radi. 

«Hay nega ugon qilding?» 

«O‘sha bacha nervimga teguvdi. Nakazat qildim!» dedi 17 yashar o‘g‘rigina qiz. 

Film tugadi.

@rassom tuz

Tag‘in o‘qing
15 october 2025
Ellikqal'a tumanida erkak xotiniga OIV kasalini yuqtirgani uchun sudlandi. Sud hujjatlarida ismi mavhum bo‘lgan bu fuqaro o‘zining OIV kasaliga ...
25 february 2022
Chegaradan 40 km uzoqlikdagi Xarkov shahrining ham olinmaganligi rus armiyasining ahvoli ChATOQLIGINING isbotidir. Xabarlarga qaraganda, rus armiyasi Xarkov shahri ...
12 july 2018
Rassom Kirpi Eltuz.com
8 march 2021
(Muhammad Solih audiokitobining davomi) Bizning milliyatchi mafkuramiz kommmunistik mafkuraga yengildi. Sabab ob'ektiv edi. 70-yillar o‘zbek jamiyatida – bir-necha kishi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...