Ko‘zqarash
28 february 2023

Rassom Tuz: O‘risqul, yuzi va ichiqora ko‘ppaklarning ko‘rgiligi hali oldinda

Bundan bir yil oldin bosqinchi Rossiya mustaqil Ukraina tuproqlariga xoinlarcha bostirib kirib, ësh go‘daklar, xotin-qiz, qariyalar hamda jami vatansevar ukrain vatandoshlarini qira boshladi. Yillar davomida o‘ris TV tarafidan miyasi axta qilingan yuz minglab o‘zbeklar onasini erga bergan yetimday sevinishdi. Bu sevinganlar orasida nafaqat Rossiyada o‘ris prorabdan kunora tepki yeb umurtqasiz bo‘lib qolgan o‘zbek mardikor-dangasalari, balki ularning parazit ota-enalari, muallimlar, maktab direktorlari, mayda-chuyda poraxo‘r boshliqchalar ham ko‘p edi. 

O‘tkan bir yil mobaynida O‘zbekiston rahbariyatining kattadan kichik vakillari amalda ular uchun mustaqillik g‘oyasi sariq chaqa ekanini oshkora namoyish qilishdi. Ular jon jon deb Kreml va zamonamiz Gitleri bo‘lgan Putinga sadoqatli laycha ekanini oshkor ko‘rsatishdi. 

Rossiyadan kelgan turli martabadagi o‘ris og‘alariga osh oshatishdi, beqasam to‘nlar kiydirib suzilishdi. Eng katta rahbardan tortib otarchi vazirgacha o‘risga sadoqatini namoën qildi. O‘risning o‘rdenlarini olib juldur ko‘ynagi yaqosig‘a toqib, «oh-voh» deyishdi. Xuddi oldindan klientdan puldi olib qo‘ygan islovot satangi kabi «otrabotem» o‘ris og‘am, deyishdi. 

Taniqli artislar bosqinchi o‘risning Toshkentda bergan ziëfatida suyak kemirish uchun bosqinchi o‘risning elchisiga ta'zim qilib borishdi. Mullalar o‘z ko‘rmuridlari oldida va'z qilib Rossiyani maqtab, Ukrainaning botir prezidenti Zelenskiyni tizzasiga urib qarg‘ashdi. 

O‘zbekistondagi taksist zotining barchasi erta tongdan xuptongacha o‘z yo‘lchilari quloq miyasini yeb, Ukraina va NATOni ëmonlab yurdi. 

Keyingi bir yil ichida o‘zbekning katttadan kichigi mustaqillik g‘oyalarini  kir oëqlari bilan toptab o‘risqullik dostonini ëzdi. 

Yuzlab o‘zbeklar qo‘liga qurol olib, bosqinchi o‘ris armiyasida ëllanma jallod bo‘lib, Ukrainaga borib, odam o‘ldirdi. O‘nlab o‘zbeklar Ukrain tuprog‘ida it o‘limini topdi. Asirga olindi…

Ukrainada go‘daklar o‘laëtgan aëllar zo‘rlanib qiëmat qoyim bo‘laëtgan paytda o‘zbeklarning bu qadar yusizligi jazosiz qolmadi. Ularga ko‘kdan «anomal sovuq» degan jazo keldi. 

Ëshullisidan tortib ëshi kichchisigacha bu sovuqda dirdirashdi. Chiroqsiz va gazsiz o‘tirishdi. Yuzlab odamlar is gazidan o‘ldi. 21-asr taraqqiët davrida  chiroqsiz va gazsiz qo‘y terisiga o‘ralib o‘tirgan o‘zbeklarning zabun qiëfasi tarixga muhrlandi. 

Birovning erkini yana birov toptagan paytda mazluming emas, balki zolimning ënida turishning badali edi bu. 

O‘z haqqini so‘ray olmagani yetmaganidey o‘z erki uchun kurashaëtgan botir ukrainlarga malomat qilishning badali edi bu….

Mana bir yil o‘tdi. 20-asr Gitleri – Putin «ikki kun ichida Kievni olaman» degandi. Ololmadi. Ukraina ëng‘og‘i putin va uning o‘zbekistondagi laychalari o‘ylaganidan ko‘ra qatttiq chiqdi. 

Slava Ukraine! Geroyam slava! Ukrainaga sharaflar bo‘lsin! Botirlar o‘lmasin! O‘risqul, yuzi va ichi qora ko‘ppaklarning esa ko‘radigan ko‘rguligi oldinda. 

@rassomtuz

Tag‘in o‘qing
20 august 2019
Asakalik tadbirkor Sirojiddin Najmiddinov tuman markazida tashkil qilgan «Tasanno Omad Lyuks» savdo majmuasini sherigi Anvar O‘rinboev tortib olinganidan shikoyat ...
17 january 2017
Istanbul hokimi Vosip Shohin va Istanbul amniyat mudiri Mustafo Cholishqon 17 yanvar kuni matbuot anjumani o‘tkazib, qo‘lga olingan odamning ...
18 may 2016
«Milliy tiklanish» gazetasi shu nomdagi partiya «yoshlarni yot g‘oyalar, buzg‘unchi kuchlar, mafkuraviy tahdidlardan avaylab-asrash»ga qaratilgan sa'y-harakatlarini tobora avj oldirayotgani ...
2 april 2018
So‘nggi vaqtlarda prezidentning viloyatlarga tashriflari davomida uni aldashga urinishlar avjiga chiqmoqda. Internetda kuni-kecha Jizzaxga borgan prezident Shavkat Mirziyoev Zarbdor ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...