Video
23 may 2023

Rassom Tuz: Din ishlari qo‘mitasi «lo‘xlar»ni ogohlantiradi

Din ishlari qo‘mitasi “hajga yuboraman” degan «aprslar» gapiga ishonmanglar, deb, “lo‘xlar”ni ogoxlantirdi. Ammo lo‘x va aksar qashshoqlar to‘g‘ri gapga emas, o‘zi ishongisi kelgan gapga ishonadi. 

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita firmalarning ëlg‘on reklamalariga «laqqa tushishma» deya qayta qayta ogohlantirdi. 

“Falon firma bilan haj qiling!”, “Haj safari uchun sanoqli joy qoldi!”, “Haj uchun yarim narxni to‘lang!” kabi jimjimador sarlavha ostidagi reklamalar ko‘paymoqda. Ayrimlar umra vizasi, turistik (ziyorat) viza, biznes viza bilan haj qilishni va'da qilmoqda, buning mutlaqo imkoni yo‘q!” deyiladi Qo‘mita xabarida.

Buni men tushuntirsam: aytaylik siz lo‘xsiz. Bir moshennik firmaga yiqqan -terganizni oborib berdingiz. U bo‘lsa pasportingizga Saudiyaga kirish uchun turist vizasi urdirib berdi. Siz o‘pkangizni qo‘ltiqlab, «hoji bo‘lishlik» orzusida Jiddaga uchdingiz. Aeroportdagi polis sizni ichkariga kirgizmaydi. Agar shunday bo‘lsa – bu eng yumshoq jazo. Turist viza bilan haj qilmoqchi bo‘lgan moshennik deb, «ichkariga apkirib darra urishiyam» hech gappas. Agar siz ko‘zingizdan siyib, «buxoriy avlodiman» deb zorlansangiz, rahmi kelib, 26 ming dollar shtrap qilsa, u polisni duo qilishlik joiz amal bo‘ladi. Shtrapni to‘lagainizdan keyin sizni cho‘rniyga tiqishadi¸ Saudiyaga kirmaydiganlar spiskasiga «atiz ëziladi». Chunki, Saudiya Arabistonida haj amallarini bajarish uchun “Haj-2023” vizasi talab qilinadi. Qolgan barcha turdagi vizalar (umra, turizm, biznes, ziyorat va boshqalar) bilan haj tadbirini amalga oshirish, Saudiya qonunchiligiga ko‘ra, qat'iyan taqiqlangan va tegishli tartibda jazolanadi. Haj qilishlikka noqonuniy yo‘llar bilan borishga intilish Saudiya Arabistonidan deport qilish va Saudiya Arabistoniga har qanday viza bilan 10 yil muddatga kirishni taqiqlash hamda 100 000 saudiya riyoli (26 000 AQSh dollari) miqdorida jarima solishga olib keladi.

Ma'lumot uchun, birgina 2022 yil Haj mavsumida 500 nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi turistik va biznes viza orqali Saudiya Arabistoniga borib, Haj ibodati maydoni “Mashoir”ga kira olmagan. Haj mavsumi arafasida ziyorat viza (turistik) olgan holda Birlashgan Arab Amirliklari va Iordaniya davlatlari orqali kelgan 1500 nafarga yaqin o‘zbekistonlik esa Saudiya Arabistoni hududiga kiritilmagan. Jumladan, 155 nafar fuqaro Podshohlik haj qonunchiligini buzganligi uchun Saudiya Arabistonidan 10 yil muddatga deportatsiya qilingan. 

Mendan oytish. Lekin aniq bilamanki, bu yil kamida mingdan oshiq lo‘x Saudiyada jazoga tortiladi. Qarindoshlariga sabr. Chunki ashi 26 ming do‘llir ishtrapni qarindoshlar «sovop» yo‘liga to‘plab berishadi. 

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
14 june 2016
Rasmiylar «ulkan yutuqlar, mislsiz muvaffaqiyatlar, buning natijasida tobora farovonlashib borayotgan hayotimiz» haqida ertak to‘qiyotgan bir paytda oddiy o‘zbek ayolining ...
19 september 2018
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Toshkentga qilgan rasmiy tashrifi chog‘i «Belsat-TV» studiyasi mehmoni bo‘lgan O‘zbekiston-Germaniya inson huquqlari forumi rahbari Umida ...
10 june 2025
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi ijtimoiy yordam markazida xodimlarning nogironlar pulini o‘zlashtirgani va ish joyida seks orgiyalar tashkil qilgani fosh ...
22 june 2021
Yaqinda BMT ishchi guruhi 2018 yil oxirida qamalgan sobiq o‘zbek diplomati Qodir Yusupovning hibsga olinishi o‘zboshimchalikdir, degan xulosaga keldi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...