Ko‘zqarash
30 september 2023

Rassom Tuz: «Biz baxtli bo‘lamiz xudo xohlasa…»

Shanba kuni Berlin markazida aylanib yurib, tasodifan bir nikoh to‘yining guvohi bo‘ldim. To‘y korteji bittagina aravachali velosipeddan iborat edi. To‘yda kelin-kuëv bilan qo‘shib hisoblaganda bor yo‘g‘i 8 kishi qatnashdi. To‘ydagi yegulik ichgulik velosiped aravachasiga jo bo‘ldi.

Kelin kuëvlar “Eltuz” nashri uchun o‘z sevgi hikoyasini lutfan aytib berishdi.

Kuëv 26 ëshda. Uning ismi Volf. O‘zbekchaga tarjima qilsak Bo‘rivoy bo‘ladi. Germaniya o‘ntaligiga kiradigan ayti shirkatda ishlaydi. Oyiga 10 ming yevrodan ko‘proq oylik oladi.

Kelinning ismi Linda. 23 ëshda. PR shirkatida dizayner. Oyiga o‘rtacha 3 ming yevro oladi.

Ular ikki yil mobaynida sevishib, bir birini yaxshi tanigach, to‘y qilib, umr rishtalarini bog‘lashga qaror qilishdi.
To‘y tantanasi Berlindagi burgeramtda nikohdan o‘tish rasmiyatchiligi bilan boshlandi. Ya'ni ular zagsdan o‘tishdi.

Nikohdan o‘tish sharafiga sakkiz kishi bir shisha shampan sharobi ichishdi.

Keyin oldiga ëg‘ochdan bo‘lgan quti tirkalgan birgina velosipeddan iborat to‘y korteji bir paytlar Germaniyani ikkiga ajratgan devor bo‘ylab uzangan Shlizishes ko‘chasi bo‘ylab yurdi.
Orqada kelin kuëvning kumush sochlari qiëshda yaltirab ko‘ringan ota-onalari mamnun qadam tashlaydi. Ularni suratga olaëtgan turistlarga qarab jilmayib, poz berishadi.
Kelin kuëvlar Treptov parkiga yaqin joydagi turklar “bit bozori” deb aytadigan eski tuski bozoriga borishdi.
Toshkentdagi “Tezekov” bozoriga o‘xshash bu bozorda har xil ashqol dashqollar sotiladi.

Shu bozordan kuëvbola o‘z turmush o‘rtog‘i Lindaga sovg‘a olib berdi. Piva qopqog‘ini ochadigan bronzadan bo‘lgan ochqich. Keyin ular ko‘chaga chiqib, bozorga ëndosh joydagi parkda “to‘y” qilishdi.

Endi to‘yni tasvirlasam. O‘rtada aravachili velosiped turibdi. Ichida meva sharbati, piva va makkajo‘xori qalamchalari deya bilganimiz chips solingan yaltiroq xaltachalar. To‘y harajatlari. Velosiped kuëv bolaning o‘ziga oid. Demak, tekin. Quti ichidagi yegulik va ichimliklar narxi 40 yevro atrofida. Mehmonlar o‘zlari bilan sharoblar olib kelishgan.

Kuëv bolaning kelinga sovg‘asi 2 yevro. Lindaning oldiga borib, Eltuz nashri o‘quvchilariga biror narsa ayt, deb iltimos qildim.

Lindaning aytgan gapi aynan mana shunday bo‘ldi. Wir werden glücklich sein, wenn Gott will.

Buni tarjima qilgach, o‘zim hayron qoldim.

“Biz baxtli bo‘lamiz Xudo xoxlasa”

Muhammad Yusufning shunaqa sha'ri bor edi.
Mayli-da, kimgadir
Yoqsa, yoqmasa,
Ularga qo‘shilib
Yig‘lasharmidik.
Biz baxtli bo‘lamiz
Xudo xoxlasa,
Xudo xohlamasa
Uchrasharmidik…

Tag‘in o‘qing
25 october 2025
Markaziy Osiyo mamlakatlarining Xitoy bilan munosabatlari rivojlanayotgan bir vaqtda “xitoylashuv” degan tushuncha ham jiddiy xavf sifatida namoyon bo‘lmoqda. 2013 ...
7 january 2020
Keyingi bir oy ichida 68 yashar biznesmen, jinoiy dunyoga yaqin bo‘lgan G‘afur Raximov xakida internetda negativ shaklda tilga olingan ...
18 january 2026
Avtobusda bir shilqim o‘zbek yoshgina qizning yoniga yaqinlashib, past ovozda gap otishni boshlabdi: — Yaxshi qiz, ismingiz nima? Ko‘zlaringiz ...
4 october 2017
Sovet davrida «Paxtakor polvonlarim» deganga monand bir mashhur qo‘shiq bo‘lardi. Paxta terimi boshlandi deguncha radio ham, televizor ham vadavang ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...