Ko‘zqarash
25 october 2023

Rassom Tuz: Dilshoda nega fashizmga oshiq

MTRK boshlovchisi Dilshoda Matchonovaning O‘zbekiston konstitutsiyasida qoralangan irqchilik, qirg‘inni qo‘llab-quvvatlab 70 millon kishini o‘choqda ëqqan Gitlerga oshiq bo‘lgani jurnalistika botgan botqoq neqadar chuqur ekanligidan dalolat.

Asnoda tanishlar chiqib, «Dilshoda Omon Matchonning jiyani rahm qiling, bu shunchaki xotin kishi qariëtganda sodir bo‘ladigan ruhiy jaraën hosilasi,» deyishdi.

Yana birovlar esa bu «gitlerchi xotin» talonchilk, pora olishda vositachilk qilish, firibgarlik kabi qator jinoyatlarda ayblanib qamalib chiqqan propagandist Said-Abdulaziz Yusupovning salbiy ta'siriga tushib, miyasi atala bo‘lganini ëzib advokatlik qilishdi.

Miya bo‘lsa atala bo‘ladi. Gap bu xotinning qarib-churib puturdan ketaëtgani ortidan ruhiy talvasaga tushganida ham emas. Gap bu xotinning o‘qimaganida. Inshodan besh olib, Karimov kitobini o‘qib diplom olgan to‘tiqushlarning yo‘qotilgan avlodi bu.

Dilshoda Matchonovaning shoir Omon Matchonga qarindosh ekani ham hech qanday rol o‘ynamaydi. Aslida tabiat xatosi bo‘lgan Dilshodani matbuot, ta'lim sohasidan uzoqlashtirish kerak. Bu fashist gazanda bozorda emchak xalta sotib tirikchilik qilishga yaraydi, xolos.

Fashizm – bu asr vabosi. Ruhiy va ilmiy immunitetei past bo‘lgan, aqlan noqis kishilar bu vaboga tez chalinadi.

Faylasuflar xalq degan tushunchani sakral ya'ni shak keltirib bo‘lmas but holiga keltirishgan. Bu noto‘g‘ri.
Aslida xalq ham chirib, sasib ketishi mumkin. Millionta jinnini bitta joyga yig‘sangiz millonta jinni bo‘ladi. Bu jinnilarning ko‘pligi sifatni bildirmaydi.

1945 yil baxorida Drezden ustiga AQSh uchoqlari ëg‘dirgan bombalar xalqni esini joyiga keltirish uchun xizmat qilgan edi. Oradan 5 yil o‘tib ijtimoiy so‘rov markazlari nemis xalqi fikrini o‘rganib dahshatga tushishdi. Xalq ongi o‘zgarmagan edi. Toqatsizlik, irqchilik, fashizm, diniy jaholat, xasad va ko‘ra olmaslik ularning qon-qoniga singib ketgan edi. Bu majruh va siniq olomonni ulkan cho‘kichlar bilan urib to‘g‘irlash lozim edi. Xuddi avariyaga uchragan mashina korpusini kostoprav usta kuvalda bilan tekislagan kabi.

Shu tariqa odamlarni kinoteatrlarga yig‘ib o‘zlarining Gitler davrida qilgan butun jaholati aks etgan dokumental kinolarni majburlab tomosha qildirishdi.

Birovlar ko‘rmayman deb ko‘zlarini yumganida AQSh zobitlari ularni qo‘llarini qayirib, orqasiga bog‘lab tomosha qildirishdi.
Kechagina Gitlerga ta'zim qilib, u o‘lgandan keyin bir yumalab yangi yurtboshi ko‘tini yalaganlar ro‘yxati tuzildi.

Ularning hujjatiga maxsus teshik qilib berishdi. Tavqi la'natga chiday olmagan sobiq mulozimlar o‘z joniga qasd qildi. Pokayanie – tavba-tazarru olovi ichidan barcha o‘tdi.

Ko‘plar bu olov ichida ënib jizg‘anak bo‘ldi. Ammo millat sog‘lomlashdi. Germaniya bugunga kelib yana Yevropaning eng ulug‘, eng aziz, boy va mukarram davlatiga aylandi. Germaniyada Gitlerni ulug‘lash jinoyat hisoblanadi.

(Ilovadagi rasmlar ikkisi ham bir xil nomlanadi: «Biz nega uchrashdik qirqdan oshganda?)

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
22 february 2019
Jizzaxlik huquq faoli O‘ktam Pardaev «Eltuz»ga bergan intervyusida shahar hokimligi unga qarshi da'vo arizasi bilan fuqarolik sudiga murojaat qilgani ...
24 november 2020
Rassom Tuz karikaturasi
16 march 2021
(Muhammad Solih audiokitobining davomi) Adabiy hayotim ba'zan zid qutblarda jarayon etdi. Xususan, 1977-1979 yillarda Moskvada boshdan kechirganlarim o‘zimni, insonlarni ...
17 february 2020
Yoz keldi, tugadi qish,Partiyamga ming olqish!Mo‘ridan o‘rlar tutun,Partiyam borligichun!Tong otib yorishdi kun,Partiyadan biz mamnun!Jumadan so‘ng keldi shanba,Partiyam sabab, manba!Shanba ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...