Ko‘zqarash
8 november 2023

Rassom Tuz: Qaytish

Hamzaning “Boy ila xizmatchi” dramasida boy otaga nechanchidir xotin bo‘lgan aëlning emizikli bolasini kundoshi qaynoq suvga cho‘kdirib o‘ldiradi.

Oybekning “Qutlug‘ qon” romanida boy otaga uchinchi xotin bo‘lgan Gulnorga boy otaning katta xotinidan bo‘lgan qizi Nuri zahar ichiradi.

O‘tkan asrlarda bizga ertak kabi tuyulgan bu sahnalar diniy fanatizim o‘lkamizga tomirlarini keng yoya boshlagani sharofati bilan qayta kirib keldi.

«Ikkinchi ro‘zg‘orga qoriya xotin qidirvomman. Boqib kiyintirish mani zimmamda,» degan elonlar internetni to‘ldirgan.

Mamlakat dev qadamlar bilan ortga, Qodiriy ta'biri bilan aytsak, eng kirli, eng chirkin o‘tkan kunlarga qaytmoqda.

Shu ketishda bular teshik tosh g‘orida xodani ëg‘ochga ishqab o‘tiradi gugurt nimaligini bilmay.

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
22 october 2018
Moskvada Karimov haykali ochilgan 18 oktyabr kuni o‘zbek migrantlaridan biri haykal oldida ta'zim qilib, uning poyini o‘pdi. Absurd holat ...
6 may 2016
O‘zbekiston nashrlarida jurnalistika sohasidagi «Oltin qalam» milliy mukofoti sovrindorlari ro‘yxati e'lon qilindi. Nashrlar bu jurnalistlar sovrinni nima uchun olganiga ...
10 july 2019
O‘quv yili tugashi bilan ijtimoiy tarmoqda kollej va litsey bitiruvchilarining o‘z diplomlarini namoyishkorona «oyoqosti» qilishayotgani aks etgan fotosuratlar tarqaldi. ...
17 january 2019
Jurnalist Karimberdi To‘ramurod o‘zining feysbukdagi sahifasida Samarqanddagi 64-maxsus maktab-internat direktori Shuhrat Sadinov aslida shantaj va tuhmat qurboni bo‘lgani, uning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...