Rassom Tuz: Qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydigan O‘zbekiston
Yangi O‘zbekistonda jamiyat ikkiga bo‘lingan: Bir biri ustidan ëzadiganlar va pul berib, birovning ustidan ëzdiradiganlarga.
Istisno o‘laroq, birovning ustidan ëzadiganlar qamrov katta bo‘lsin deya «bloger ëllab» o‘z ëzmishini tarmoqqa chiqarishni ham istaydi. Ammo uning «murodi hosil bo‘lmasa» nayzasi o‘tmas blogerning ustidan ham ëzishni boshlaydi.
Erinmay prokurordan tortib, prezident devonigacha ëzadi. Bittasi hatto BMT bosh kotibiga ham ariza ëzdi.
Sovet davridagi teleminatyuralarda bu «ëzuvchilar» hajv qilinardi. G‘urbatillo va G‘iybatillo degan personajlarni katta ëshdagilar eslaydi.
O‘sha minatyuralardan biridagi «ëzuvchi» o‘ng qo‘lining ustidan ham ëzganini aytsa. Ënidagi «yana mening ustimdan ham ëzib yurma» deydi. G‘urbatillo bo‘lsa, «qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qimaydi» deya maqol aytadi. Bunga javoban G‘iybatillo «Endi bilib bo‘ladimi? Qarg‘a qarg‘ada» deydi. Shunda G‘urbatillo chetga o‘girilib «allaqachon sening ustingdan ham ëzib qo‘yganman» deb tomoshabinga shivirlaydi.
Hozir zamon o‘zgardi. Chap qo‘lda anonimka ëzish urfdan qoldi. Mahala guzaridagi to‘ylarni video qiladigan bachaga aytsangiz, prezidentning adolat haqida aytgan gapini orasiga qo‘shib, diydiëyingizni montaj video qilib beradi. Keyin bu videoni auditoriyasi ko‘p blogerga pul berib aylantiraverasiz.
Asnoda sizning istagingiz bajo bo‘lishi mumkin. Hatto bu istak qonunga zid bo‘lsa ham.
Ayni paytda O‘zbekistondagi barcha nashr va blogerlar «bombila» taksichilar kabi tez ishlab zamonaviy g‘urbatillolarning donoslarini pul evaziga shaqillatib chiqarib ëtishibdi. Mashindagi schyotchik pulni sanab ulgura olmayapti.
Egri qoziqqa egri to‘qmoq degani bu.
Misol keltirsam. Qarshidagi «fuqaro» effect.uz kanalida video chiqarmoqchi bo‘ldi. Effekt uzga bir million so‘m o‘tkazib ham berdi. Effect.uz bu videoni o‘zining telegram kanalida ëyinladi.
Ammo shikoyatchi «fuqaro» bundan qoniqmay, nega Yutub kanalida ham qo‘ymadingiz deb effect.uz ustidan shikoyat ëzishni boshlab yubordi. Yaqinda Haaga sudiga ham ëzarkan.
Effect.uz TG kanalida ëyinlagan videoshikoyatni ko‘rib chiqdim.
Shikoyatning yarmidan ko‘pi preizdent Mirziëega maqtov diferambalari bilan to‘lgan. Saylovda «faqat sizga ovoz» berdim degan pisanda ham bor. Keyingi qismida esa prezident adminstratsiyasi «najot qo‘rg‘oni» deb maqtaladi.
(Qashqadarëdan chiqqan shoir bir paytlar Rashidov ishlaydigan TsYeKA binosini «Najot qal'asi» deya maqtab kitob chiqaruvdi. Qashqadarëcha laganbardorlik rituali bo‘lsa kerak bu.)
Shikoyatning maqtovdan ortgan qismida Qarshidagi oliygoh rektori yurfak studentlariga ingliz tilidan imtihon qo‘yganidan zorlanadi. Chunki «xovaryudan nevoryu»ni farqini bilmaydigan ikkichi studentlar imtihondan ontarilib to‘lagan kontrakti havoga uchaëtgan «emish».
Dunëdagi oliy ta'lim standartiga ko‘ra diplom oladigan kishi ingliz tilini bilishi kerak.
Agar Qarshida shu paytgacha bu qo‘llanilmagan bo‘lsa, minus. Buni shikoyat deb ëzib, shuncha videoni uvol qilishning o‘zi keraksiz yumush.
effect.uz million so‘m olgani uchun bu diydiëni TG kanaliga qo‘ydi.
Ammo endilikda diydiëchining kesakbo‘roniga nishon bo‘ldi.
Har bir hasharotning kushandasi yana bir hasharot. Pul olib diydië nashr qilishning badali bu.
Effect.uz rahbari Akmal Eshonxonov Eltuz bilan suhbatda, «nashrni yuritib turish uchun shu yo‘lni tanlaganini» aytdi.
Germaniyaning Myunxen shahrida yashaydigan ekspert fikricha, «blogerlarning pul evaziga diydië nashr qilishi jinoyat emas.
Ammo bu erda jurnalistik etika buzilishi bor».
Ekspertga ko‘ra, «blogerga pul berib problema yechish» uslubi Xitoyda ham bor ekan.
Butun dunëda jurnalist redaktsiyadan oylik ëki gonorar olib ishlaydi. Gazeta, jurnal ëki teleradiokanal esa reklamadan pul topib ëki grant asosida muxbirlarni va o‘z faoliyatini ta'minlaydi.
Butun dunëda blogerlar folloverlarining soniga ko‘ra tarmoqdan pul oladi ëki shunchaki xobbi o‘laroq tekin ishlaydi. Titanik cho‘kaëtganini ko‘rgan muxbir kema kapitaniga qarab, «seni cho‘kkaningni ëritishim uchun pul ber» demaydi.
Uzun kirishdan so‘ng O‘zbekistondagi matbuot realligiga o‘tsak.
O‘zbekistondagi barcha nashrlar muxbirlari va bemaza qovun urug‘iday ko‘paygan blogerlar o‘zlari ëzmoqchi bo‘lgan voqea qahramonlaridan pul oladi.
“Pul bersang, problemangni chig‘orib beraman,” deydi.
Savodsiz bir jinni videoni ëqib pul olgan odami haqida aljirab o‘tiradi.
Odamlaram matbuot shunaqa bo‘lar ekan deb ko‘inikib ketishgan.
Biror tadbirga chaqirilsa baqlajon.uz ham «dogovor yuboradi» pulini to‘lab qo‘ying deb.
Ilgari odamlar restorandagi mashshoqqa pul berib ashulla aytirishardi. Hozir «jurnalistga» pul berib maqola ëzdirishadi.
Bo‘ynidan bog‘langan it ovga yaramaydi. U egasi bergan suyak va kulba evaziga vovullaydi.
Butun boshqa sohalar kabi jurnalistikani ham o‘ldirib ko‘mib qo‘yishdi O‘zbekistonda.
Bir suruv tilanchi esa jurnalist niqobini kiyib pul evaziga «binnasalar» ëzib ëtibdi.
Tuyadan so‘rashibdi nega bo‘yning egri deb. Tuya «qaerim to‘g‘ri?» deb javob beribdi.
Bu rassom Tuz blogi edi. Sizlardan yana bir bor kanallarimizga obuna bo‘lishni so‘ragan bo‘lar edim. Yutub kanalidagi obunachilarimiz soni ayni damlarda 509 ming nafarga yetdi. Eltuzning yaqinda ochilgan Instagramdagi sahifasi obunachilari soni esa 10 mingdan oshdi. Eslatib o‘tamiz bizning kanallarimiz feysbukda, telegramda va tik tokda ham bor.
