Asosiy mavzular
21 april 2024

Tillaniso Eshboeva: kartina bilan bir kecha

Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot pasha viz-viziga o‘xshash shovqinlari bilan ruhiy sokinatimga yorib kiraman dedi va qisman uddalashdi. O‘zim ham bu kartinadan nima toparkanman deb ser solib qarab o‘tirmadim. San'at ma'nosi qaysidir lahzada o‘zini soniyalargagina ko‘z-ko‘zlab o‘tadi. Shunga voqelikni o‘z izniga qo‘yib berdim. Ammo rasmni ko‘rganimdayoq tomirlarimda ma'yusiyat jimirlab ketgandi. Xonamga ilib qo‘yganimda ham shu his. Qandaydir olis ma'yusiyat. Rassom og‘am aytdiki, yolg‘iz tabiat, tabiatdan boshqa hayot yo‘q, qachonlardir esa huv anov qal'ada kimdir yashagan, deydi. Bo‘lsa bordir. Rasmdagi ma'yusiyat shu qadar sokinki, sokinligidan borgan sari yuragingni g‘ichimlaydi. Uff, olib ko‘z oldingdan ham, tuyg‘ularing ichidan ham yulib otging keladi. Birdan pashsha viz-vizlashidek hayot shovqinidan ham minnatdor bo‘laman. Chorasiz, boshi berk ma'yusiyat ichiga tun bo‘yi cho‘kib ketishimdan asradi. Bilmadim, bo‘lmasa nima qilardim. Dunyoga sig‘may qolardim, odam ruhi esa iztirobga oxirigacha dots. berolmaydi…

Rassom shunchaki chizgan, siz o‘ylagan hech narsasi o‘ylamagan deydi menga realist rassom o‘rtoqlarim. Ha, rassom va nimanidir sezgan va chizgan. Sezgi… Rassomning o‘zi ham bu ma'yusiyatga oxirigacha chidolmasa nima qilardi, kenglikka chiqib ketardi, osmon bilan ulanardi, yer bilan, tabiat, tarix, o‘tgan odamlar haqidagi xotiralar bilan – bunday rasm chizgan odam ma'yusiyat sokinatiga dots. berolmay, kenglik sokinligiga ketardi. Rassom shu yo‘ldan boradi. Men uning ortidan shu ko‘nglikka ergashib ketaman. O‘sha kenglikning qaysidir chetida turib rasmga singaman – rasmdagi kenglik va jimlik ichiga sekin tarqalaman. Ayni o‘sha daqiqalarda o‘zimni unutgan bo‘lsam kerak. Lekin o‘zimni unutgan daqiqaalrimni eslolmayman. Qaydanam eslay, axir o‘zimda emasdim. Oxir oqibat san'atkor ham o‘zida bo‘lmagan. San'at nima deganda – shu javobni berish mumkin. O‘zini unitish. Lekin qanday unutganini eslolmaslik. Shuning uchun san'atning foydasini hech kimga tushintirib bo‘lmaydi. Chunki o‘sha dunyoni na san'atchi , na iste'molchisi eslolmaydi. Ammo har ikkalasi shunga zor bo‘ladi. Qolganlar ham zor bo‘lar – qachondir hammaga VanGog chizgan osmon o‘zini unutgan his ekanini eslash nasib etar. Iztirobdan ulug‘ narsa borligini ko‘rishar – odamga hayot beradigan, ruh beradigan, yuksaltiradigan – yoki na iztirob, na hayot nasib bo‘lmas. Ammo buni his qilish uchun umridan kechgan, har qanday manfaatlardan kechgan san'atkorni bir kech bo‘lmasa ham qalban yaqin, bir joyda deb sezish, qalbing to‘laqonlikda uxlash –mazza!

Bu rasmda Xorazm kengliklari tasvirlanadi. Rasm Urganch davlat muzeyida o‘z vaqtida ishlagan rassomlar Shuhrat Bobojon va Davronbek Yo‘ldoshevlar tomonidan ukrain millatiga mansub Yuriy Rudenkoga nisbat beriladi. Xalq ichida Yura ota bo‘lgan rassom Toshkentning Chirchig‘ida tug‘ilgan 1940-yilda. Tolstov ekspeditsiyalari paytida Xorazmga kelib qolgan ekan. Shu bilan qolib ketgan. Rassomning kamsuqum hayot kechirganini eslaydi hamyurtlari.

Rasmni bir kollektsioner yahudiy uyidan topgan “Yuzuk” tashkiloti Urganch zamonaviy san'at muzeyiga sovg‘a qildi.

Tag‘in o‘qing
28 may 2020
Bosh prokuratura koronavirus tarqalishi silsilasini aniqlash oson bo‘lishi uchun fuqarolardan kundalik tutishni so‘raganida ba'zilar buni kulgiga oldi. Internetda hazil ...
16 november 2025
Rossiya Davlat Dumasi yana barcha muammolarni hal qiluvchi oddiy yechim topdi: 70 va 75 yoshda pensiyaga chiqish. Deputat Bessarab ...
10 november 2016
O‘zbekistondagi partiyalar o‘z nomzodlariga tarafdorlar uchun kurash boshlarkan, xatto ayrimlarda Mirziyoevga muqobil nomzodlarning xam yutishi mumkinligiga zaif bir umid ...
10 may 2017
Andijon viloyatidagi tuman maktablari xodimlari yo‘l bo‘yida joylashgan aholi xonadonlarini tozalashga biriktirilgan. O‘qituvchilarning ma'lumot berishicha, bu yumushlarning barchasi xokimiyat ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...