Catira
4 february 2016

«Behayo» videosi tarqalgani uchun…

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi, 1 fevral kuni – o‘zbekistonlik taniqli xonanda Tamila (Esmeralda Raxmatova)ning litsenziyasiini bekor qildi.

Tamilaning litsenziyasi bekor qilinishi uning “behayo videosi” ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgani sabab ekani aytildi. AsiaTerra nashriga ko‘ra, ushbu voqea ortidan Tamila Qozog‘istonga chiqib ketgan.

Matbuotda Tamilaning litsenziyasi bekor qilinishiga uning Telegram tarmog‘ida tarqalgan «bahayo videosi» sabab bo‘lgani aytilmoqda.

28 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda noma'lum erkak o‘zbek xonandasi Tamila ekani iddao qilinayotgan ayoldan yulduz bo‘lguniga qadar u kim bo‘lgani haqida so‘raydi.

Ayol esa shartta o‘rnidan turadi-da, ishtonini yechib, kameraga orqasini qaratadi. Yana bir videoda Tamila ekani taxmin etilayotgan yalang‘och ayol katta yo‘l o‘rtasida to‘nqayib, orqasini ko‘rsatadi, biroq ikkinchi videodagi ayol Tamila emasligi bildirilgan.

«Ozodlik» xabariga ko‘ra, Feysbukda Je suis Tamila Tamila himoyachilari guruhi ochilgan bir paytda Tamila tarmoqda va hayotda g‘azabnok o‘zbek hukumati va toqatsiz jamiyatning ham qattiq bosimi ostida qolgan va Qozog‘istonga chiqib ketishga majbur bo‘lgan.

Hozirda xonandaning instagram va boshqa tarmoqlardagi akkauntlari ham o‘chirilgan. «Ma'naviyat darslarida qatnashmadi», «lozimi unaqa, taqinchog‘i bunday» singari turli sabab va baxonalar bilan keyingi davrda o‘nlab o‘zbek artistlari litsenziyalari olib qo‘yilgan, ularning ayrimlari mamlakatdan chiqib ketgan.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 april 2025
Shvetsiya hukumati Kievga (taxminan 1,6 milliard AQSh dollari) miqdoridagi eng yirik harbiy yordam paketini e'lon qildi. Bu haqda mamlakat ...
13 november 2018
O‘zbekistonda shu yilning 16 noyabridan elektr narxi 44,79 foiz oshirildi. Bu haqda xabar bergan «O‘zbekenergo» aktsionerlik jamiyati rasmiy saytiga ...
9 march 2020
O‘zbekiston Jinoyat kodeksi asosida “pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat»i uchun ustidan jinoyat ishi ...
30 november 2016
Namangan shahridagi byudjet idoralari va maktab xodimlariga Artel do‘konlarida sotilaëtgan lampochkalardan kamida ikki donadan sotib olishga majbur etilayotgani haqida ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...