Ko‘zqarash
22 november 2024

Demokratiya va avtokratiya: Qudratlar ayrilgan tuzum ahamiyati

Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan Germaniya prezidenti «Anavini ishdan ol, manovdi qamab tasha,» demaydi. Germaniyadagi vazir o‘zining vazir ashnasiga «Mo‘htaram men bilan gaplashmay qo‘ydi. Ishdan obtashasa kerak» deb yig‘lamaydi.

Doychebann temir yo‘llari boshqarma boshlig‘i gazetada ishlaydig‘on qudasini oldiga borib, «Bosh vazirning akasi haqidagi maqolani obtashang, bo‘masa meni qamashadi» demaydi. Nega demaydi? Chunki qudratlar ajralgan.

Hatto diniy zombilar xalifa deb konchat qib tashaydigan Erdo‘g‘on ham Istambulning sharafli hokimi Akram Imomo‘g‘lini ishdan ololmaydi. Hozir qamag‘da o‘limtik bo‘lib ëtgan Salim degan kriminal bir tip «Mirziëev poshshomiz» deb maykasiga ëzdirgandi. Yuridik fanlari kandidati bo‘lgan troynoy shallaqi hoji ashlachi Yulduz Usmonova ham «poshshoyimiz» deydi. Dilpuz degan arts «Sultonim» deb chiquvdi.

Podsho, sulton, qirol ëki amir lavozim otadan bolaga o‘tadigan monarxiya tizimida bo‘ladi. O‘zbekistondagi rahbar saylab qo‘yilgan xizmatkordir, xolos. Absurd shuki, bu haqiqatni Mirziëevning o‘zi ham aytgan. «Davlat mulozimi – bu xizmatkor» degan. Mirziëev tushungan gapni el ulus tushunishni ham istamaydi.

Genlarida laganbardorlik kodlangan manglayi qora elat bu. Birinchi rahbarga cheklanmagan vakolat berib, uni tizginlash tizimlari ishlashini istamagan xalq cheklanmagan zulm bilan yuzma yuz bo‘ladi. O‘sha cheklanmagan zulm oqibatida ishdan olinib qamoqqa tashlanganlarni bugun qamoqdan chiqarsangiz yana «sultonim» deb o‘zini mo‘htaram ayag‘i tagiga otadi.

Bo‘ldida endi,bir tashading, ikki tashading. Ya'ni bular avtokratiyaning ëmonligini tushunib yeta olmaydi. Miyasida o‘sha tushunadigan joyi yedirilib ketgan. Tarixiy parallel keltirsam.

O‘ris bosib olishidan bir hafta oldingi Xiva xonligi. Xonog‘o (Madrimxon) bitta vazirni korruptsiyada ayblab ishdan bo‘shatadi. O‘sha vazir xonog‘oning ëshi katta qarindoshlari qalbiga xitrlik yo‘llari bilan kirib, «ishdan bo‘shatish»ni atmen qildirishni so‘raydi.

Xonog‘aning ëshi katta qarindoshi ertalab Madrmxonning oldiga boradi. «Otang sendan xapa. Nega anavi vazirni ishdan olding,» deydi. Xonog‘a hayron bo‘lib: «Otam palon yili o‘luvdi¸ davno ko‘karib chiqqan. Qanday qilib xapao‘ladi,» deydi. Qarindosh ham bo‘sh kelmay: «Tushimga kirib aytdi,» deydi. Xonog‘a bo‘lsa «Nega meni tushimga kirmadi» desa, qarindosh unga: «Chunki sendan xapa,» deydi. Argument – beton.

Shundan keyin xonog‘a vazirni bo‘shatish haqidagi farmonni yirtib tashlab, «ishga qoytarib qo‘yinglar bu to‘ramni, oyligini oshiringlar, mendan bitta to‘n ham padarka qilinglar. Illo o‘lgan otam rozi bo‘lsin mendan,» deydi.

Bu anekdod emas bo‘lgan voqea. Baëniy ëzib qoldirgan. Bu o‘rislar Xivani bosib olishidan sal oldin 1873 yil boshida bo‘lgan voqea. O‘sha yili Ispan xalqi o‘z qirolini ontarib tashab respublika e'lon qilgan edi.

Rassom Tuz sahifasidan

Tag‘in o‘qing
24 march 2020
Koronavirus karantini bois hukumat 24 martdan boshlab Toshkentga kirish va chiqishni noma'lum muddatga taqiqladi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» va Uzbekistan ...
23 october 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 9-qismidan uning aynan mamalakatni tark etganidan keyin, hijratda yozgan ...
14 march 2023
Salom qadrli muxlislar bugun 13 inchi mart, studiyada Qudrat Bobojon, e'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning  navbatdagi sonini taqdim etadi.+++Bo‘kada bir ...
10 september 2018
Jamoatchilik bosimi nima degani? Buni mashhur rus rassomi Vyacheslav Zaytsev aytib bergan edi. Zaytsev kichkinaligida barcha sovet bolalari qora ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...