ART-DURBIN
8 april 2025

Kim bo‘lgan edi ul Homay?

Boshqirdistonning Ay Yola musiqa guruhi yaratgan Homay qo‘shig‘i turkiy xalqlar superxitiga aylandi va Shazam reytingi bo‘yicha dunyo o‘ntaliga ko‘tarildi va hatto Ledi Gagani ortda qoldirdi. 

O‘zbek, qirg‘iz, qozoq, uyg‘ur, qumiq, yoqut tinglovchilarini jalb qilgan qo‘shiq mazmuni  rus segmentida qizg‘in bahslarga sabab bo‘lmoqda. Bir toifa uni panturkizmga eltuvchi, Rossiyani parokanda etuvchi mazmunda ekanini yozsa, ikkinchi toifa aksincha uni «urushni ulug‘lovchi» alya-patriot kuy hisoblab Z-uslubidagi kliplar bastalashga ham urinmoqda. Ayrim til bilimdonlari qo‘shiqda boshqird tili qoidalari buzilganini ham iddao qilishdi. Asnoda bu qo‘shiq matni assimiliyatsiya ostida qolayotgan Boshqird tilida yangragan kamgina qo‘shiqlarning biri ekani, Rossiyada Boshqird tilidagi maktablar yo‘qligi masalasi o‘rtaga chiqdi. Qo‘shiq Homay – afsonaviy Humo qushi haqida. Biroq qo‘shiq matni bosqinchiga qarshi qilich ko‘targan mustamlaka xalq nolasi kabi eshitiladi.

Tomirlarim mendan so‘rar,

Qonim, ruhim va ko‘kdagi oy

Ko‘hna tarix mendan so‘rar

Kim bo‘lgan edi ul Xumoy?

Xumoyning onasi quyosh,

Chashmalarda cho‘miltirgan.

Otasi uning Semrug‘,

Yaxshiliklarga undagan.

Oqbo‘z ot va Olmos tig‘ning

Yolg‘iz egasidir ul Xumoy!

Yo‘l so‘nngida chashma borligin

Bilgan ham yolg‘iz ul Xumoy!

Yotlarga nomusin bermagan,

El yurtning orini saqlagan.

Mard o‘g‘lonlarni o‘stirgan

Baxt qushidir ul Xumoy!

Biz Boshqurdning qizlari

Xumoyning yulduzlarimiz,

Chashmaga boshlovchi bu yo‘l

Bizning qalbimizga o‘yilgan.

(Qudrat Bobojon tarjimasi)

Tag‘in o‘qing
14 march 2023
Salom qadrli muxlislar bugun 13 inchi mart, studiyada Qudrat Bobojon, e'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning  navbatdagi sonini taqdim etadi.+++Bo‘kada bir ...
11 october 2022
Eltuz «600 sekund» xabarlar tasmasini taqdim etadi. +++ Toshkent shahrida fojiali avtomobil to‘qnashuvi ro‘y berdi. Maxtumquli ko‘chasida BMW yo‘lni ...
1 november 2021
Toshkentdagi “Hamar” badiiy galereyasi ko‘rgazmalar zalida 1 noyabr kuni taniqli rassom Shuhrat Bobojon asarlari ko‘rgazmasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. “Gilamda ...
22 may 2018
Taniqli o‘zbek karikaturachisi Mahmud Eshonqulov Turkiyada o‘tgan «Suv – hayot» xalqaro tanlovi sovrindori bo‘ldi. 22 may kuni «Eltuz» muxbiriga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...