RASSOM TUZ: DRAMA O‘LGAN YuRTDA TYeATR ShO‘RLIK BUVIGA AYLANADI
Teatr zamon yuziga ko‘zgu tutishi kerak. Lekin o‘zbek teatri buni eplay olmayapti.
Drama ëzadigan birorta o‘zbek ëzari yo‘q va yaqin 80 yil ichida chiqmasligi garantiya.
O‘g‘ri¸ poraxo‘r¸ terrorchi jinni sang‘i chiqadi, lekin dramaturg chiqmaydi.
Shu bois, tug‘ma ovsar o‘zbek dramaturglari ëzgan qaynana kelin ujastiklarini aylanib o‘tib, jahon tanigan bilgan dramaturglar asarlarini qo‘yish kerak.
Imkon bo‘lsa, buyruq bilan bu ishni qildirish kerak.
Bu holatda bir o‘q bilan ikki qushni urgan bo‘lamiz.
Tomoshabin nihoyat yaxshi asar bilan tanishib saviyasi oshadi va teatrdagi artistlar ham yaxshi spektaklda o‘ynab tajribasi oshadi.
O‘zbeklarda asosiy muammo topkan tupkanini keraksiz narsaga sarflash. Masalan, siz bir kunda 12 soat taksichilik qilasiz va xotiningizda ming dollar oyda oborib berasiz.
Xotiningiz bu pulni o‘choqda ënib turgan olovga tashlaydi.
Nu pochti. To‘y, charlar, umra va hokazo.
Bu muammoni aks ettirgan klassik asar bor.
Taniqli Argentina dramaturgi Roberto Kossa (Cossa Roberto)ning “Katta buvi” La Nona sahna asarini dunëdagi qator teatrlar qo‘ygan va 1979 yili rejissyor Ektor Olivera tragi-komediya janrida film ham olgan.
Italiyalik muhojirlardan bo‘lgan argentinalik oila katta yoshdagi buvisi — La Nona bilan birga yashaydi.Ammo birdan katta buvi katta ishtaxa bilan kuniga o‘n martalab ovqat yeyishni boshlaydi.
Katta buvining o‘g‘li, kelini ertadan kechgacha ishlashsa ham, bu mechkay buvini to‘ydira olishmaydi.
O‘g‘il o‘z korxonasidagi jihozlarni, kelin esa taqinchoqlarini sotib, mechkay buviga yegulik olib kelishadi. Ammo yetmaydi.
O‘n yashar nevara ham, odamlarni uyini tozalab pul topib, buviga ovqat sotib olishda ishtirok etadi. Ammo yetmaydi. Buvining ishtahasi kundan kun kuchayib borar, endi u bir kunda 24 marta ovqat yerdi. Nevara betonkaga chiqib jalaplik qila boshlaydi.
Kelin va o‘g‘il asosiy ishidan tashqari nima ish bo‘lsa qilib buviga ovqat olishadi.
Uydagi narsalar sotiladi. La Nona oila uchun og‘ir muammoga aylanadi va axir oqibatda oila moliyaviy tanglikka yuz tutadi.
Ular turli yo‘llar bilan pul topishga harakat qilishadi va oxirida bu ayoldan xalos bo‘lish yo‘lini izlay boshlashadi.
Buvidan charchagan oila uni qandolatchiga erga berishga qaror qilishadi.
Qandolatchini aldashadi. Buvining Italiyada katta uzumzori bor. O‘lsa senga meros qoladi, deya.
Qandolatchi buviga uylanadi.
Buvi qandolatchi do‘konidagi barcha shakar, qand, konfet, murabbo va nimaiki bo‘lsa hammasini yeb yutadi. Qandolatchi bankrot bo‘ladi va bunga chidolmay yuzi qiyshayib paralich bo‘lib qoladi.
Endi oila mechkay buvi bilan birga uning paralich erini ham boqishi kerak.
Qandolatchini invalid aravaga mindirib ko‘cha ko‘yda tilanchilik qilishadi. Ammo tilanchilar mafiyasi qandolatchini o‘marib ketadi.
Buviga zahar solingan sharbat berishadi. Buvi ichadi va baloyam bo‘lmaydi. Qadah tagida qolgan zaharni kelin bilmay ichib qo‘yib shu zahoti o‘ladi. O‘g‘il o‘zini o‘ldiradi. Nevarani sutinerlar otib tashaydi. Oxirida “ovqat” deb baqiraëtgan katta buvi La Nona qoladi.
La Nona – bu bizni yeb bitiradigan urf odat va bid'atlarning umumlashma obrazi.
La Nona O‘zbekistonni shu xolga solgan boshqaruv elitasi obrazi ham bo‘la oladi.
Eng muhimi – bu asar tanqidiy tafakkur, qora yumor va satiraning mujassamidir.
