Asosiy mavzular
14 march 2022

«Vor v zakone» Baxti Tashkentskiyning o‘g‘li avtohalokatda omon qoldi

O‘zbekistondagi jinoyat olami qiroli Baxti Tashkentskiy nomi bilan mashhur Baxtiyor Qudratullaevning 28 yashar o‘g‘li Ixtiyor Toshkentning qoq markazida qimmatbaho mashinasini avariya qildi.

11 martdan 12 martga o‘tar kechasi yuz bergan avtohalokatda Ixtiyor va mashinada bo‘lgan uning ikki do‘stiga hech qanday shikast yetgani yo‘q, ammo  yap-yangi «Porsh» elektromobili yaroqsiz holga kelgan.

@eltuz ga yetib turli telegram kanallardan kelgan videodan ma'lum bo‘lishicha, do‘stlarining e'tirozlariga qaramay, Ixtiyor Toshkent qoq markazidagi Amir Temur xiyobonida mashina tezligini oshiradi va xiyobon aylana yo‘li burilishida elektromobilni idora eta olmay qoladi.

Natijada narxi 150 ming dollar turuvchi elektromobil to‘g‘ri borib daraxtga urilgan. To‘qnashuv paytida avtomatik tarzda ochilgan «xavfsizlik yostiqchasi» elektromobil ichida bo‘lgan yoshlarning hayotini saqlab qolgan.

Guvohlar kuchli zarba natijasida elektromobil tutab ketganini aytishdi.

@eltuz ga yuborilgan suratga qaralsa, old qismi qattiq shikast yegan elekromobilning yaroqsiz holga kelib qolganini anglash mumkin.

O‘g‘rilar dunyosining ayrim ekspertlari iddaosiga ko‘ra, O‘zbekistonda yagona «vor v zakone» 50 yashar Baxtiyor Baxti Tashkentskiy 26 ëshida “vor v zakone” tojini kiygan O‘zbekistondagi yagona kriminal avtoritet hisoblanadi.

Tag‘in o‘qing
16 may 2025
O‘zbekistondagi arxeologik kashfiyot turkiy tarixni qayta yozish fursati.Topildiq tangadagi yozuv: «Turk hoqon» (Turk qogon)– tarix uchun inqilobiy sensatsiya.Karimov davrida ...
20 november 2021
Joriy yilning 19 noyabr kuni o‘zbekistonlik rassom, 33 yoshli graffiti ustasi Abdurahmonning benzin narxlari oshganiga oid  yangi asari paydo ...
13 may 2016
O‘qituvchilarga maosh o‘rniga berilayotgan «jo‘janing davlat kursi» bozor narxidan ikki baravar qimmat ekani haqida urg‘ulaydi Ozodlik radiosi. Eltuz.com Nukus ...
15 september 2015
Ushbu suxbatni e'tiboringizga xavola etishdan oldin xozirgi kunda jaxon xamjamiyatining e'tiborini tortayotgan xolat, «Uzbekistonda majburiy mexnat» va «paxta siyosati» ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...