Ko‘zqarash
17 august 2025

Rassom Tuz: Tajovuzga qarshi pragmatik diplomatiya ojizlikdir

G‘arb yetakchisining Rossiya diktatori bilan har qanday uchrashuvi avtomatik ravishda uni dunyo hamjamiyati nazarida «teng sherik» qilib ko‘rsatadi. 

Aslida esa, bu Yevropada urush boshlagan rejimni ma'naviy jihatdan qonuniylashtirishdir.

Rossiya qamoqxonalaridagi muxolifatchilar yoki yaqinlarini yo‘qotgan ukrainalik oilalar Putin kabi qotil erkin dunyo yetakchilari bilan qo‘l siqishganini ko‘rib, nima deb o‘ylaydi?

Bu Putin rejimiga qarshi kurashayotgan va uning harakatlaridan aziyat chekkanlar uchun hiyonatdek ko‘rinadi. Bundan tashqari, tarix shuni ko‘rsatadiki: Putin bilan har bir «qayta yuklash» (perezagruzka) navbatdagi tajovuz bilan yakunlangan.

Bush uning «joniga yaragan» — natijada Gruziya urushi boshlangan. Obama hamkorlik qilishga uringan — Putin Qrimni anneksiya qilgan. Merkel gaz quvurlarini qurgan — Ukrainaga to‘liq miqyosli urush boshlangan.

Diplomatik muruvvatlarni «ko‘cha ponyatkali» Putin zaiflik, deb qabul qiladi va bu eskalatsiya uchun bahonaga aylanadi.

Pragmatik diplomatiya haqidagi chiroyli so‘zlar ortida ko‘pincha oddiy iqtisodiy manfaatlar yashirinadi. Arzon Rossiya resurslariga yetish, bozorlarga kirish, korporatsiyalar foydasi — bularning barchasi inson huquqlari printsiplaridan ustun qo‘yiladi.

Ammo aynan shu savdodan tushgan daromad Putinning harbiy mashinasini moliyalashtirgan. Eng qabih tomoni — Ukraina taqdiri uning o‘zi ishtirok etmagan muzokaralarda hal etilishi. Bu XIX asrda Polsha kimga tegishini polyaklarni so‘ramasdan hal qilishga o‘xshaydi. 

Demokratik davlatlar boshqa millatning mustaqilligi bilan o‘z tinchligi uchun savdo qilmasligi kerak. Putinning 25 yillik hukmronligi — bu «integratsiya» va murosani izlash siyosatidagi 25 yillik muvaffaqiyatsizlik. 

Diktator bilan til topishga qilingan har bir urinish yangi buzilishlarga olib kelgan. Bu rejim faqat kuch tilini tushunadi, diplomatik e'tiborni esa o‘z harakatlarini davom ettirishga ruxsat sifatida qabul qiladi.

Hech qanday o‘zgarish qilmagan tajovuzkor bilan muzokara — bu diplomatiya emas, taslim bo‘lishdir. Va bu G‘arb demokratiyalari e'lon qilgan barcha qadriyatlarga xiyonatdir.

Tag‘in o‘qing
21 march 2018
«Eltuz» nashri qamoqdan chiqishi kutilayotgan, 100 million dollarni o‘zlashtirishda ayblanib qamalgan amaldor Jur'at Meliqulov faoliyatiga oid filmni taqdim etadi. ...
14 march 2022
Toshkentdan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda minglab rossiyaliklar gala-gala bo‘lib Rossiyaga nisbatan qo‘llanilayotgan sanktsiyalardan qochib, O‘zbekiston poytaxtiga ko‘chib kela ...
2 march 2021
“Qizlarim qaerdaligini bilmayman. Xotinim esa kechalari bilan uxlay olmaydi. Men g‘amga botdim”. O‘n minglab odam qatori Xitoyning “qayta tarbiyalash ...
2 october 2018
Majburiy ijro byurosi tomonidan xalqdan undirilgan trillionlab so‘m mablag‘ning bir qismi aholining zimmasiga yuklangan asossiz qarzdorlik bo‘lishi ehtimoli juda ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...