ART-DURBIN
29 august 2025

«El va tuzing bilan birga bo‘l!»

Yuksak didli shoir do‘stimiz  Boltaboy Begmatovning maddox shoirlarga e'tirozi:

Shoirlar poytaxtga ko‘chib ketdilar,

Otiz senga qoldi, chel senga qoldi.

Shoirlar poytaxtni makon etdilar, 

Qaqragan ariqlar, ko‘l senga qoldi.

Qoldi qum, tuz bosgan, bemor dalalar,

Chorva senga qoldi, cho‘l senga qoldi.

Qoldi sodda, tanti, jo‘mard bolalar,

Ketmon senga qoldi, bel senga qoldi.

Yurak kabi yaqin, jigardek qiymas, 

Sabr, matonatli el qoldi senga.

Shijoatli, lekin osonni suymas,

Mo‘'min va kamsuqum fe'l qoldi senga.

Sen-chi, qocholmaysan poytaxtga illo,

Mehring uzolmaysan shu ona yerdan.

Yenging shimarasan aytib, «Bismillo!»

Kuylaging oqarar sho‘r ta'm terdan.

Tongdan shomga qadar bilmaysan tinim,

Boladay quvnaysan, rizq-ro‘z yaratib.

Yuragingdagi shasht so‘nmasin, inim!

Yurma hasad etib, yurma qahr etib!

Qo‘yaver, shoirlar tursin shaharda,

Sen ketmon, o‘rog‘ing, beling bilan bo‘l!

Baxt shaharda emas, mehnat, mehrda,

Sen shu dala-tuzing, eling bilan bo‘l!

Boltaboy Begmatov

Tag‘in o‘qing
27 june 2023
Qabristonda yashayotgan oila, svet, gaz muammosi va oyligi to‘liq berilmagan ishchilar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta maktubni o‘qiymiz ular ...
13 october 2015
Bugun internet sahifalarida nik ostiga yashirinib vohay o‘ldim deb zorlanaëtganlar o‘zgarish yo‘lida bir qadam tashlashga qo‘rqadilar. «Bundan ham ëmon ...
4 january 2025
2024 yil dekabr oyida O‘zbekiston fuqarosi S.R. Turkiyaning mahalliy huquq-tartibot idoralari tomonidan yashash joyidan ushlanib, Maltepe qamoqxonasiga olib ketilgan ...
6 june 2018
Majburiy mehnat monitoringi bo‘yicha 4 iyun kuni Navoiy viloyatlariga borgan jurnalist Malohat Eshonqulova uchastka noziri kapitan Odil Qurbonov tomonidan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...