ART-DURBIN
29 august 2025

«El va tuzing bilan birga bo‘l!»

Yuksak didli shoir do‘stimiz  Boltaboy Begmatovning maddox shoirlarga e'tirozi:

Shoirlar poytaxtga ko‘chib ketdilar,

Otiz senga qoldi, chel senga qoldi.

Shoirlar poytaxtni makon etdilar, 

Qaqragan ariqlar, ko‘l senga qoldi.

Qoldi qum, tuz bosgan, bemor dalalar,

Chorva senga qoldi, cho‘l senga qoldi.

Qoldi sodda, tanti, jo‘mard bolalar,

Ketmon senga qoldi, bel senga qoldi.

Yurak kabi yaqin, jigardek qiymas, 

Sabr, matonatli el qoldi senga.

Shijoatli, lekin osonni suymas,

Mo‘'min va kamsuqum fe'l qoldi senga.

Sen-chi, qocholmaysan poytaxtga illo,

Mehring uzolmaysan shu ona yerdan.

Yenging shimarasan aytib, «Bismillo!»

Kuylaging oqarar sho‘r ta'm terdan.

Tongdan shomga qadar bilmaysan tinim,

Boladay quvnaysan, rizq-ro‘z yaratib.

Yuragingdagi shasht so‘nmasin, inim!

Yurma hasad etib, yurma qahr etib!

Qo‘yaver, shoirlar tursin shaharda,

Sen ketmon, o‘rog‘ing, beling bilan bo‘l!

Baxt shaharda emas, mehnat, mehrda,

Sen shu dala-tuzing, eling bilan bo‘l!

Boltaboy Begmatov

Tag‘in o‘qing
15 august 2019
Shvetsiyaning Ostersund shahrida 14 avgust kuni odamlarni mashinasiga bostirib terror akti uyushtirishga uringanlikda gumon qilingan 32 yashar o‘zbek qo‘lga ...
5 september 2019
Mustaqillik bayrami nishonlangan 1 sentyabr kechasi, Toshkent rasmiylariga ko‘ra, shahar ko‘chalariga o‘rnatilgan bayroqlardan 2000 tadan ortig‘i o‘g‘irlangan. Yetkazilgan zarar ...
21 february 2023
Avtobusning bu galgi soni «Mushtum» satirik jurnalining 100-yilligiga bag‘ishlanadi. Bu sonda Mushtumdan olingan karikaturalar shuningdek, Maqsud Shayxzoda va Mehrinoz ...
6 december 2025
Bugun davr aylanib O‘zbekistonning Rossiya istibdodidan qutulgan va mustaqillikni qo‘lga kiritgan, xalq irodasi va demokratiya unsurlari paydo bo‘lgan va ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...