Ko‘zqarash
4 october 2025

«Va men shu chirkinlik ila maftunman…»

Bugun o‘zbeklar qo‘shiq qilib kuylayotgan, tarmoqdagi qisqa rilzlarda takror va takror miyamizning qatig‘ini chiqarayotgan maza matrasiz she'r misralarini beixtiyor tinglarkan har bir o‘zini bu sohada mukammal didga ega bo‘lgan deb biluvchi odam kabi o‘zimni yengilgan his qildim. «erimaydi qor…», «otiz bo‘yida chelak», «qo‘q jiguli», «lada…» Ehtimol, chindan ham dunyoda aytilmagan ohang qolmagandir.

Bugun o‘zbeklar qo‘shiq qilib kuylayotgan, tarmoqdagi qisqa rilzlarda takror va takror miyamizning qatig‘ini chiqarayotgan maza matrasiz she'r misralarini beixtiyor tinglarkan har bir o‘zini bu sohada mukammal didga ega bo‘lgan deb biluvchi odam kabi o‘zimni yengilgan his qildim. «erimaydi qor…», «otiz bo‘yida chelak», «qo‘q jiguli», «lada-lambada…» Ehtimol, chindan ham dunyoda aytilmagan ohang qolmagandir. Ya'ni yangi aytiladigan fikr zo‘rlarning eng zo‘ri bo‘lishi kerak. Chunki Gomerdan tortib, Muhammad Solih darajasigacha bo‘lgan shoirlarni ko‘rgan jamiyatning tanlov miqyosi juda katta. 

Lekin nega unda o‘zbeklar yozayotgan she'rlar va ko‘shiqlar mazmuni yuz yillar, ming yillar burungidagi kabi sayoz. Nega o‘zbeklar saviyasi bugun «Egasi bor yurtning ertasi bordir» deya shig‘ir bitayotgan yoki «Yurt tinchligin o‘ylagan sultonlarga tasanno» deb bir arava paxtani o‘rtaga to‘kkan Sirojiddin Sayyid, «eski zamonlardan aytmayman deb qasd qildim» deya ming‘illayotgan qo‘shiqchi madvazir darajasida bo‘lishi kerak?

Bu kabi she'rlarni eshitaverib quloqqondi bo‘lgan O‘zbekistonning o‘lgan prezidenti Islom Karimov katta bir zalda shoir Erkin Vohidovni turg‘azib qo‘yib, «menam she'r yoza olaman!» degan edi. Albatta, sarkazmga o‘xshash bo‘lsada bu fikrda jon bor. Bugun trendga chiqayotgan she'rlarni eshitib Karimov ham, uning nabirasi Masha ham ulardan yaxshiroq yozgan bo‘lardi deyish mumkin. Ayniqsa sun'iy intellekt rivojlanayotgan bir pallada…

Men bilaman sun'iy intellekt yuksak san'at darajasida hech narsa yarata olmaydi. Uning yaratgan rasmlari ham, musiqasi ham, videokontentlari ham mening nazarimda estetik jihatdan yarim chaqaga qimmat. Lekin bugun o‘zbek zehniyati darajasini solishtirmoqchi bo‘ldim. Uzoqqa borib o‘tirmadim shunday Google AI xizmatiga besh kuplet she'r yozishni buyurdim. Istaganim bu she'r kuz haqida bo‘lishi va o‘zbek qo‘shiqchiligidagi yig‘loqi ohang saqlanishi bo‘ldi. Bonusiga bitta rasm ham ilova qilmadim. Bitta harfini ham almashtirmadim. Mana natija:      

Xazoniy zavol nidosi

Zarhal hira nurda so‘ngan bir kunning,

Sarg‘aygan yelkasin ezar xotira.

Tug‘ilgan ishqimning so‘nggi tilimi,

Endi faqat g‘amning ko‘zi o‘qchima.

Titroq barmoqlarda ushalgan xazon,

Ko‘mirga aylanar, muzlar labiga.

Jahonda qolmadi biror dilkash yon,

Yashashning ma'nisi qochdi g‘oyibga.

Qorong‘u zardobdir bu kuzgi yog‘in,

Ruhimning g‘ashligi titraydi tinda.

Go‘zaldir, ayt, faqat og‘riqdir chirog‘ing,

Zavolning ma'nosi bor har bir onda.

Vaqtning kemasidan qochib ketar umid,

Qonimda aylanar behud korchalon.

Ey, bu dunyo! Sen faqat chirigan bir lid,

Va men shu chirkinlik ila maftunman.

Yashash – bir isyonmi, yo xira bir xato?

Balki so‘nishdir chin, eng mukammal hunar.

Qo‘llarimni ushlab, deysan: «Ketdik, rato,»

Ammo men go‘zalroq qabrni kutaman.

Gemini

Gemini izohi: She'rda dekadentlikka xos bo‘lgan og‘riqni ulug‘lash, ma'nosizlik, zavol go‘zalligi, umidsizlik va hayotdan charchash kabi mavzular aks etdi. «Rato» so‘zi «rato» («hamroh/do‘st») sifatida ishlatilgan bo‘lishi mumkin.

Qudrat Bobojon

Eltuz muharriri

Tag‘in o‘qing
9 november 2023
Qadrli muhlislar Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyat maktubi va bitta rasmiylar munosabatini o‘qib eshittiramiz. Ular O‘zbekistonning Qashqadaryo, ...
14 january 2026
Toshkent shahrining Bektemir tumanida yashovchi fuqaro mast holatda ichki ishlar organlariga qo‘ng‘iroq qilib, AQSh prezidenti Donald Tramp ustidan shikoyat ...
4 april 2016
O‘zbekiston telekanallari orqali bir necha marta namoyish etilgan, «o‘z yo‘lidan adashganlar, diniy ekstremistlar, Vatan xoinlari»ga bag‘ishlangan «Qiyomatga qolgan qarz» ...
30 september 2023
Eltuzga kelib tushgan anonim maktubda Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta'minlash departamentidagi korruptsiya va noto‘g‘ri boshqaruv haqida so‘z boradi.Departament ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...