Catira
15 january 2016

«Dollarlar qanotida prezident bo‘laman!»

Eltuz elektron pochtasiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, bosh vazir Shavkat Mirziyoevning erkatoy kuyovlari Oybek va Otabeklar puli ko‘pligidan kerilishmoqda. Ularning behisob pullari kuchi bilan prezident bo‘lish istagida va bu gaplar MXX qulog‘iga yetib borgan.

So‘nggi paytlarda prezident Karimovni qurshagan turli guruhlar o‘rtasida taxt uchun kurash alomatlarini kuzatish mumkin.

O‘tgan oyda internetda, bosh vazirning qizi Saida Mirzaeva to‘g‘risida O‘zbekiston maxsus xizmatlari buyurtmasiga o‘xshash yana bir «maqola» paydo bo‘lgan edi. Bunda Saida, “jinoyatchiga erga tekkan” “ahloqsiz tirrancha” ekani aytilgandi.

«Nahotki uning otasiga ham qachonlardir jinnixonadan, yillar davomida kasallik tarixi rasmiylashtirilmaydigan lyuks-palata ajratishga to‘g‘ri kelsa”, deya yozadi maqola muallifi.

Ushbu voqea bosh vazir va O‘zbekiston MXXsi yetakchilik qilayotgan guruhlar o‘rtasidagi kurashning kuchayayotganidan darak bermaydimi? Bu gilamosti kurashlarda kimning g‘olib chiqishi, qaysidir tomonning iste'foga jo‘natilganidan keyin ma'lum bo‘ladi.

Rassom Elsevar
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 december 2025
Sentrum holidays firmasi Umrachi  mijozlarga 14 kunlik komfort tur paket sotgan. Sayyohatchilar Madina shahri ziyoratgohlariga yaqin mehmonxonada emas,  boshqa ...
1 september 2023
“Kuchlilar kechira oladilar” degan ibora har doim meni boshi berk ko‘chaga tiqqan. Ya'ni, agar «zaif» yomonlik qilsa, kuchlilar miyig‘ida ...
5 may 2020
Xalq artisti Yulduz Usmonovaning xatti-harakatlari va ichki ishlar xodimlarini haqoratlagani yuzasidan ma'muriy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudi shug‘ullanmoqda. ...
5 july 2019
Yusuf Juma 1958 yilda Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida tavallud topgan. Buxoro pedagogika institutini tamomlagan. Birinchi she'riy to‘plami «Haqiqatning oltin ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...