Ko‘zqarash
20 october 2025

Zolim qo‘liga topshirilgan turkmanlar

1999 yili Londondagi IWPR nashri muxbiri sifatida Turkmanistonga safar qilib turkum maqolalar ëzgan edim. O‘sha paytda «Turkmanlar erkin yashamasa ham boy va to‘q yashaydi» degan ertak tarqalgandi. Safarim davomida butkul izdan chiqqan tizim qarovsiz yo‘llar¸ diktatorning badburush xaykallari xalqning och va yalang‘ochligi¸ talon bilan beriladigan ëg‘¸ shakar va un olish uchun ocheredlarni borib ko‘rdim. Toshovuzdagi chegaradan piëda o‘tib O‘zbekistonning Shovot tumanidagi chegarasiga qadam qo‘yganimda o‘sha paytdagi Karimov O‘zbekistoni menga jannat bo‘lib ko‘rindi. Men xuddi do‘zax chegarasini xatlab o‘tib firdavsul iqbol bog‘lariga kirib xuzur halovatga ko‘milgan kabi his etganddim o‘zimni. Bu gapni ënimdagi videokamerachi bola ham aytdi. «Yaxshiyam Turkmanistonni bekitib qo‘yishibdi¸ bo‘lmasa yarasi O‘zbekistonga ham yuqardi» deb aytdi. 

1994 yili AQShlik og‘aynim¸ matbuotga ko‘maklashuvchi tashkilot ëshullisi Erik Jonsonni Toshovuz chegarasidan Turkmanistonga olib kirib sayr qildirgandim. O‘shanda diktator suppermurodga qarshi kurashaëtgan Farid bilan tanishgandim. Farid xozir chet elda. Menga «turkman realligi» haqida «ujastik» xabarlar yuborib turadi. Mana bugun uning xabar qilishicha Turkmaniston iltimosiga binoan Rossiya ashxobodlik Saddam G‘ulomovni ekstraditsiya qilibdi. Saddam G‘ulomov teatr va kino artisti. Rossiyada teatr va kinoda rollarni ijro etish orqali tirikchilik qilib yurgan beozor bir san'atchi. 

Saddam G‘ulomov Turkmaniston prezident Gurbanguli Berdimuhamedovni oziq-ovqat va iqtisodiy inqiroz uchun ochiq tanqid qilardi. O‘zbek rijollariga o‘xshab so‘kib haqorat qilmay konstruktiv tanqid qilardi. 

Diktator va «tom geri zakoli» Berdimumaedov talabini Putin va Erdo‘g‘on kabi tiplar qondirib turkman tanqidchilarini tovuqni ushlagan kabi ushlab jallod qo‘liga topshirib ëtibdi. 

Raxmim keldi turkman birodarlarimga. Chunki bir vaqtlar turkmanlar Xorazm davlatini o‘rislar va sovetlar bosqinidan qutqarish uchun o‘zbeklar bilan birga jang qilgan va qon to‘kkan edi. 

Xivani bosib olgan Kaufmanning Gandimiën kelishuvini qabul qilmay o‘rislarga qarshi kurashgan  miltiqli turkman xotinlari  qaxramonligi va sovetlarning Xorazmni yo‘q qilish g‘oyasini sezib qo‘liga qurol olib Frunze askarlarini qon qaqshatgan ëvmud¸ takalar sardori xon Junaid jasoratini unutganim yo‘q. Ularni tangrim ërlaqasin. Turkmanlar¸ ular takami¸ yovmudmi¸ ersori¸ chovdur¸ soriq ëki totmi kim bo‘lishidan qat'iy nazar  mening birordarim¸ do‘stim¸ azizlarimdir. Ularning boshidagi ko‘lanka meni ham ezadi. 

Keyingi paytda Berdimuhamedovning deyarli barcha tanqidchilari uylariga majburan qaytarildi. Farhod Meymanquliev, Ravshan Qilichev, Mardon Muhamedov, Umid Qo‘ziboev, Davron Imomov va Maqsad Boymurodov hamda yaqinda Alisher Saxatov bilan Abdulla Orusov Turkiyadan chiqarib yuborildi.

Rassom Tuz sahifasidan

Tag‘in o‘qing
12 january 2016
Biz sobiq bankir Rustam Usmonovning 1995 yil yozgan“To‘xtatilgan parvoz” kitobidan parchalar e'lon qilishni davom ettiramiz. Obro‘li va badavlat biznesmen ...
29 january 2020
2008 yillardan boshlab O‘zbekiston qamoqxonalaridagi kutubxonalar diniy mavzularga, ya'ni terrorizm, ekstremizmga qarshi kurashga undovchi asarlar bilan bir qatorda I.Karimov ...
1 march 2016
24 fevral kuni Namanganda “Internetdagi tahdidlardan himoya” kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimotda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi maslahatchisi Xayrulla Turmatov, O‘zbekiston ...
24 october 2017
Farg‘ona viloyatidan safarbar etilgan 15 mingga yaqin aholi bugungi kunda Sirdaryo, Jizzax viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida paxta terayotganiga qaramay, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...