Ko‘zqarash
18 november 2025

Ichki ishlar tizimidagi chalamullalar

Yaqinda ukam militsiyaga, aniqrog‘i, uchaska noziriga ariza bilan murojaat qilgan edi. Ariza mazmuni xaqorat qilish. Nozir xaqorat, jinoyat alomati yo‘q deb arizani inobatsiz qoldiribdi. Xaqorat aniq edi. Jahlim chiqib uchaska noziriga borib arizada jinoyat  aniq ko‘rsatilganini aytdim. Nega jinoyat alomati yo‘q degani bilan qiziqdim. 

U menga:  — Musulmonmisiz? —dedi. 

Ha, —dedim. 

Musulmon odam kechirimli bo‘lishi kerak, — dedi. 

— To‘g‘ri aytasiz. Ammo aybdorni biz emas, siz kechiribsiz-ku. Shu ishingiz musulmonchilikka to‘g‘ri keladimi?  Agar uni biz kechirganimizda boshqa gap edi, siz esa davlat qonuni bo‘yicha hulosa qilishingiz kerak edi, musulmonchilik bilan davlat qonunini aralashtirib yuborish nojoiz. 

U menga yana musulmonchilikdan, jannat va do‘zahdan ancha gapirdi. 

Chamamda u militsiya libosini kiyib olgan chalamulla edi. 

— Agar hamma jinoyatchini musulmonchilik deb, jannatga tushaman deb kechirib yuboraversak, hammayoqni jinoyatchi bosib ketadi.

Jazolanmagan jinoyatchi itday qutiradi. Islom dinida ham shar'iy qonunlar va qozilar bo‘ladi va jinoyatchilar jazolanadi, — deb tushuntirmoqchi bo‘ldim. 

Ammo bir narsani aniq tushunib bo‘ldim:  siyosiy islom militsionerlar orasiga tarqalib bo‘libdi. Chunki biz ustidan ariza bergan kas butun mahallani islomga o‘tkazaman deb vahima qilib yuradigan da'vatchi soqoltoy edi. Militsiya konstitutsiyaga zid gapirib yurgan kimsani himoya qilayotgandi. 

Musulmonchiligingiz, namoz o‘qishingiz, umrani orzu qilishingiz yaxshi. Ammo sizlarning dini islomga tug‘ri kelmaydigan qancha yomon ishlaring bor. Soxta guvoh bilan odam qamatasizlar,  bo‘limlaringda gumondorlarni urib o‘ldirasizlar, pora evaziga jinoyatchini himoya qilasizlar. Shu ishlaring islomga, nomozhonliklaringga to‘g‘ri keladimi? 

Bu gaplarim uni jahllantirdi. Lekin bir narsa aniq:  siyosiy, betoqat islom militsionerlar orasiga tarqalib bo‘libdi. 

Endi nima bo‘ladi? 

Payti kelib IIV islom davlatiga o‘tamiz deb isyon ko‘tarmaydimi? 

Ahmadali G‘ofurov

Tag‘in o‘qing
8 may 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari va ...
4 december 2019
Turkiyalik sarmoyadorlar Vahit, Fikret va Resat Guneshlarning ta'kidlashlaricha, 2011 yilda O‘zbekiston rasmiylari ularning Toshkentdagi savdo markazini egallab olishdan oldin ...
25 may 2020
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi «o‘zbek olimi koronavirusga qarshi qurilma yaratdi», deb xabar berdi. «Ixtiro» muallifi – o‘zbekistonlik olim Olimjon ...
15 september 2017
So‘zsiz surat. Rassom Tuz Eltuz.com
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...