Ko‘zqarash
18 november 2025

Balog‘atga yetmay erga tegib, to‘rt farzand ko‘rgan va xaydalgan ayol

O‘rtoqlar, juda dolzarb masala muhokamaga chiqyapti.

Rostini aytsam, bu xabarni ilk eshitganimda dalil yo‘qligi sabab e'lon qilishga oshiqmadim. Bugun esa qo‘limda tasdiqlangan ma'lumotlar bor jabrlanuvchi ayol va bolalar haqida to‘liq faktlarga egaman.

Ma'lum bo‘lishicha, o‘ta dindor va namozxon oila 7-sinfda o‘qiydigan qizini turmushga uzatgan. Keyinchalik u ayol dindor rijoldan birin ketin to‘rt nafar farzand ko‘rgan. Vaqt o‘tib, turmushdagi mayda-chuyda narsalar bahona qilib, er xotinni uydan haydagan va to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandlarni olib Dubayga chiqib ketgan. Ungacha esa Turkiyadagi xujralarda ta'lim oldirib kelgan ota. Ayni damda esa ularni Misrga olib ketgani ma'lum. Qizlarni eng kattasini yoshi 12-13 yoshda. 

Eng alamli joyi to‘rt nafar o‘zbekistonlik qizaloqlar hech qaerda o‘qishmagan. Bolalar nega maktabga bormayapti, deb hech kim so‘ramagan, biron organ qiziqmagan. Otasiz katta bo‘lgan bu ayoldan bolalarni olib qo‘ygani kamdek, o‘sha er unga aliment to‘lash majburiyatini ham yuklab qo‘ygan.

7-sinfda turmushga berilgan qiz taqdiriga befarq bo‘lgan qarindosh-urug‘, mahalla va jamiyat endi uning to‘rt nafar farzandi taqdiriga ham loqayd bo‘lgani vijdonimni yemiryapti, qonimni qaynatyapti. 

O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilaman:

voyaga yetmagan to‘rt nafar qizaloq va onasining huquqlarini qo‘pol ravishda buzgan bu shaxs qonun oldida javob berishi shart.

Bolalarning ta'limsiz qolishiga ko‘z yumib turgan mahalla, ta'lim muassasalari va mas'ul idoralarni befarq bo‘lgani juda og‘riqli masala.

4 nafar norasida go‘daklar faqat u er xotinga tegishli emas, u shu yurtni, xammamizni bolalarimiz. Bolalarni taqdiriga befarq qarashga xaqimiz yo‘qqqq!!!

Rassom Tuz sahifasidan

Tag‘in o‘qing
2 may 2023
BMT Bosh Assambleyasi BMT va Yevropa Kengashi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Bu rezolyutsiyani qo‘llab, Xitoy, Armaniston, Braziliya, ...
6 august 2020
Los-Anjelesda juda qimmatga baholangan uchta investitsiya ob'ekti bir vaqtning o‘zida sotuvga qo‘yildi. Hashamdor ko‘rinishdagi ushbu villalar 5,995 milliondan 6,495 ...
25 september 2025
Said Muhammad Rahimxon II Rossiya imperiyasiga o‘z yurtini boy bergan Xivaning oxirgi hukmdori edi. Ammo tan olish kerak, u ...
12 february 2018
Toshkentdagi «Minor» masjidi imomi noibi 42 yoshli Abror Muxtor Aliga 10 fevral kuni ishdan bo‘shash uchun ariza ëzdirildi. «Eltuz» ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...