Ko‘zqarash
23 november 2025

Navbahor Imomova: «Har kimga ta'zim qiladigan millat hech qachon qadr topmaydi»

Jurnalist Navbahor Imomova yozadi: Itni ham, bitni ham mehmonga chaqirib, tekin boqib, yana qo‘liga bebaho durdonalarni tutqazib, ta'zim qilib kutib olib, kuzatishdan faxrlanib yashaydigan xalq hech qachon izzatda bo‘lmaydi. 

Mana sizga nonko‘rlikning yana bir misoli. Nafaqat O‘zbekistonda, balki chetdagi vatandoshlar ham shunaqa – kim sizga kulib qarasa, boshingizga ko‘tarasiz; bizni tan olayapti, bizga lol qolayapti, degan kayfda do‘ppi-chopon, ikat-atlas kiydirasiz. 

Nafis sopol sovg‘alar, gilamlar, hunarmandchilik namunalari …

O‘zbekistonliklarga kim shunday ehtirom qiladi? Hatto qo‘shnilar ham bu qadar oshirib yubormaydi. 

Tadbirboz O‘zbekistonga, tasavvur qiling, har yili qancha odam tekinga kelib ketadi? 

Siz to‘laysiz (bevosita va bilvosita) o‘nlab forum va anjuman qatnashchilarining xarajatlarini. Karnay-surnay, milly kiyimda qishda qaltirab turadigan qiz va o‘g‘illar … 

Ok, qoyil qolishadi sizga, keyin nima? 

Dabdabali va qimmat an'analardan (illatlardan) voz kechish, amaliy yondashish vaqti yetib, o‘tib ham ketganini mana shu kallavaram Bezrukov sizga o‘ta farosatsiz shaklda eslatib turibdi.

Tag‘in o‘qing
2 july 2020
6-sinfda o‘qirdim, Kampuchiyada davlat to‘ntarishi bo‘lib hukumatga Pol Pot rahbarligidagi «Qizil kxmerlar» kelganini, ular butun mamlakat bo‘ylab fashistik diktatura ...
19 august 2020
Belarusdagi norozilik namoyishlari o‘n birinchi kun davom etmoqda. Namoyishchilar iqtidordagi prezident Aleksandr Lukashenko saylovlarda yutqazdi, deya hisoblashmoqda va tinch ...
26 march 2018
Namanganning Pop tumanida 25 mart kuni mobil telefonni hojatxona chuquridan olmoqchi bo‘lgan ikki kishi o‘ldi. Voqea kechqurun soat 22.00 ...
27 january 2025
Davlatni butunligini uch kishi tamsil qiladi. Davlat boshlig‘i¸ huquq tartibot xodimlari va qonunga riya qiladigan odam. Qozi¸ mirshab va ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...