Catira
19 october 2017

So‘z erkinligi anjumanida qamoqdagi jurnalistga oid savollarga javob yo‘q

18 oktyabr kuni Toshkentda o‘tgan Yevropada havfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeHHT) anjumanida jurnalist Bobomurod Abdullaev taqdiriga oid barcha savollar javobsiz qoldi.

Anjumanning Matbuot erkinligiga bag‘ishlangan ertalabki yig‘ilishida, Fergananews.com saytiga ko‘ra, jurnalist Sergey Naumov ma'ruzachidan Abdullaevning qamalishiga izoh so‘ragan.

Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi direktori Gulnora Bobojonova, Bobomurod Abdullaev «hibsga olingan, chunki qonunni buzgan», degan.

Nashrga ko‘ra, Abullaev ishini «sud ko‘rib chiqayotgani»ni pisanda qilib, «sud qarorigacha» bunga izox bermasligini bildirgan.

«Chegara bilmas muxbirlar» xalqaro tashkiloti vakili Yoxann Birrning bir qancha savollari ham javobsiz qoldi.

«Agar Bobomurod Abdullaev 27 sentyabrda qamalgan bo‘lsa, nega uning yaqinlari ikki kun davomida bundan mutlaqo xabarsiz qolishdi?»

«Nega jurnalist shu paytgacha advokatdan mahrum?»

«Nega yaqinlarining u bilan uchrashishiga ruxsat etilmayapti?»

Ozroq vaqt o‘tib, jurnalist Aleksey Volosevich ishtirokchining bu savollariga javob beriladimi, deya qayta so‘raganida esa Bobojonova mutlaqo «yo‘q!» deya javob berdi.

Huquq faoli Umida Niyozova «Eltuz» nashriga bu holat yuzadan o‘z fikrini bildirdi.

«Yozish huquqidan foydalanganlari uchungina jurnalistlari turmada qolayotgan mamlakatda matbuot erkinligi anjumani o‘tkazish qanchalik ahloqqa to‘g‘ri keladi?

Bu savol, qamalgan jurnalist taqdiri haqida bilmasligi mumkin bo‘lmagan YeHHTga taalluqli.

So‘z erkinligi – odamlarning hukumatga yoqish-yoqmasligidan qat'iy nazar erkin so‘zlash va yoza olishlari mumkinligini anglatadi.

So‘z erkinligining keskin savollarga javob bera olmaydigan mulozimlar rasmiyatchilik uchun o‘tkazadigan anjuman bilan hech bir bog‘liq joyi yo‘q».

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 august 2021
rassom Kirpi
3 june 2021
“Abdulla G‘arib prodakshn”, rassom Elsevar, rassom Tuz va “Eltuz” yangi siyosiy satirik animatsion filmlar turkumining 8-qismini taqdim etadi. Chiptasi ...
24 august 2020
Belarusdagi namoyishlar ortidan prezident Aleksandr Lukashenkoning 23 avgust kuni avtomat va bronejiletda aks etgan videosi ijtimoiy tarmoqlarda memga aylandi. ...
27 january 2020
O‘zbekiston moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov milliy iqtisodiyotda xufyona iqtisodiyot hajmi, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 45 foizni tashkil etishini bildirdi.      “Aslida ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...