UzPoster
27 november 2025

Yomg‘ir duosi internetni portlatdi

O‘zbekistonda ëmg‘ir so‘rab ommaviy duo o‘qilishi haqidagi lavhalar matbuot va blogosferada keskin tanqid va kulgiga sabab bo‘ldi. Qator xorijiy bloger va nashrlar voqeani “asr og‘ushiga qaytish”, “ilmni inkor qilish” sifatida baholab, quyidagi iqtiboslar bilan munosabat bildirdi:

“Xalqni talab, ekologiyani vayron qilib bo‘lib, endi Xudodan ërdam so‘rashyapti. Xudo bularga quloq solarmidi?”

“Bu kunlarni ham ko‘rdik. Yaqinda Tam-Tam qabilasi shamanlari kabi doira chalib sakrashadi.”

“Ko‘kdagilar bardam bo‘ling. Bu o‘zbeklarning nano texnologiyasi.”

“Bular rostdan ham 21 asrda yashayaptimi? Ilon Mask bir narsa deya olsa, bu g‘or odamlariga aytsin.”

“Faqat ko‘proq tilovat qilmanglar. To‘fon bo‘lib ketsa, sel ostida qolmanglar.”

“O‘zbekiston g‘irt o‘rta asrlarga qaytibdi.”

“O‘zbek rahbarlari Mark Tvenni o‘qishgan, shekilli. Uning asarida bo‘ron chaqirish uchun uch marta yelka oshlab tupurish aytilgandi.”

“Duo qilmasangiz ham ëmg‘ir ëg‘adi. 26 kuni Bayqonurdan Rossiya raketa uchiradi. Raketadan qo‘rqqan bulutlar O‘zbekistonga qochib borib yig‘laydi.”

“O‘zbeklar qachon korruptsiyaga qarshi duo o‘qiydi?”

“Qurbonlik hayvoni terilari bilan ichak-chavog‘ini daryoga tashlamanglar, iltimos.”

“Afrikadagi Tumba-Yumba qabilasi ham yillar davomida ëmg‘ir so‘raydi. Borib o‘rganib kelinglar.”

“Mullalar Uzgidrometdan prognozni olib, ëmg‘ir ëg‘ishiga ishonch hosil qilgachgina duo qilishyapti. Dinga emas, ilmga ishonarkanlar.”

Videolarda esa Gidromet markazi xodimlari “ob havo idorasi janozasini o‘qish” kabi sharhlar ostida tanqid ob'ektiga aylangani ko‘riladi.

Tag‘in o‘qing
17 april 2023
1970 yilning boshida «Bitlz»ni tark etganidan so‘ng Pol Makkartni (McCartney) o‘zining ilk yakkaxon albomini chiqardi. Bu vaqtga kelib «Bitlz» ...
28 january 2019
24 yanvar kuni Nukusda Jumamuratovlar oilasida tug‘ilgan uch egizak qizga prezident ismlari berildi. Bu haqda «Xalq so‘zi» gazetasi xabar ...
18 september 2017
Uylandingmi tamom, bir yildan keyin farzand ko‘rmasang «bir balosi bor bularning» kabi tavqi la'natni quchoqlaysan. Mana dopustim, tasavvur qiling ...
21 march 2024
Prussiya qiroli Fridrix Vilgelm I ning “urush urush bilan, ammo tushlikni vaqtida qilish kerak”, degan iborasi mashhur. Olmon qiroli agar askar vaqtida ovqatini emasa, undan yaxshi askar chiqmasligini qasd etgan. Ikkinchi tomondan, ovqatni vaqtida egan askar albatta yaxshi urushadi, deganimas. Masalan, o‘zbek mulozimlarining ko‘pchiligi – ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...