So‘z erkinligi: Millat taraqqiyotining eng katta kafolati
Men tabiatning uni vayron qilgan mulozimlardan bu qadar tez va samarali qasos olishini kutmagan edim. Karimov va uning shogirdi Mirziëevning asosiy shiori “Musappo osmon” g‘oyasi chippakka chiqdi. Dom kinoni buzgan mulozimlar yashaydigan Toshkent qarg‘ish urgan zaharli shaxarga aylandi.
Bir boshdan tushuntirsam
Dunyoda qaysi davlatlar eng muvaffaqiyatli va eng boy? Nega butun yer sharidagi millionlab odamlar aynan o‘sha mamlakatlarga ko‘chib o‘tish uchun mol-mulkini sotadi, jon-jonini xavf ostiga qo‘yadi? Sababi juda oddiy: bu davlatlarda inson qadri baland, iqtisod kuchli, tibbiyot va ta'lim eng yuksak darajada. Va ularni kambag‘al, zaif davlatlardan ajratib turadigan eng muhim omil — so‘z erkinligi.
So‘z erkinligi — bu nafaqat demokratiyaning belgisi. Bu — samarali davlat boshqaruvining, odil sud tizimining, korruptsiyaning kamayishining, jamiyatda ishonch va rivojlanish muhitining eng asosiy tayanchi. Haqiqatni ochiq aytish mumkin bo‘lgan mamlakatda xatolar yashirilmaydi, muammolar vaqtli hal qilinadi, eng muhimi — inson hayoti qiymatli bo‘ladi.
Li Venlyan: Dunëni kasallikdan ogohlantirgani uchun jazolangan qahramon
Olti yil avval Uxan shahridagi 34 yoshli xitoy shifokor Li Venlyan yangi virus haqida dunyoga birinchi bo‘lib xabar berdi. Uning og‘oxlantiruvchi sasi esa eshitilmadi: aksincha, u politsiyaga chaqirilib, «yolg‘on ma'lumot tarqatganlik»da aybdor deb topildi va «aybini tan olgan» hujjatni imzolashga majbur etildi. Bir necha oydan so‘ng esa virusdan o‘zi ham o‘ldi.
Lining o‘limi butun dunyoda simvolga aylandi. Millionlab xitoylar internetda «Bizga so‘z erkinligi kerak!» deb talab qila boshladi. Chunki odamlar yaxshi anglab yetdi: agar Lining ogohlantiruvi davlat tomonidan eshitilganida, ehtimol, pandemiya butun sayyorani zabt etmas edi.
Li Venlyanning fojeasi bir haqiqatni isbotladi:
So‘z erkinligining yo‘qligi millionlab odamlar hayotini yo‘q qilishi mumkin
Orol fojeasi: Sukutning evaziga yo‘qolgan dengiz
O‘zbekistonda ham katastrofa sabog‘i bor — Orol dengizi fojeasi. Dengiz o‘lib borar ekan, bu haqda jamoat oldida birov qat'iy gapirolmasdi. Chunki Sovet davrida so‘z erkinligi yo‘q edi; respublika rahbarlari masalani yashirish bilan mashg‘ul, xalq esa haqiqatni aytishdan qo‘rqardi.
1960-yillardan boshlab Amudaryo va Sirdaryoning suvi ommaviy ravishda paxta maydonlariga buruldi. Oqibatda dengiz tobora kichraydi, 1989 yilga kelib ikkiga bo‘linib ketdi. Agar o‘sha paytda ekologlar, jurnalistlar, olimlar xavfni ochiqcha ayta olganida — Orolni saqlab qolishning imkoni bor edi.
Bu fojea muxim haqiqatni yana bir bor isbotladi:
Sukut — fojealarning eng katta sherikidir.
Erkin matbuot — xalqning ko‘z-qulog‘i
Paxta rejalari yoki virus haqidagi ma'lumotni yashirish mumkin. Ammo sababi yashirilgan har bir xato — millionlab insonlar hayoti, tabiiy boyliklar, kelajak avlod salomatligi evaziga to‘lanadi.
MasalanToshkentliklar “Dom kinoni” yiqib¸ atrofidagi bog‘ rog‘larni kesib yo‘q qilib ko‘l quritilganida jim o‘tirishdi pista bodom bo‘lib. Oqibati esa mana. Bugungi Toshkentning ahvolini ko‘rib “Dom kinoning arvohi urdi” deya olaman. Dom kinoni buzgan gerastorat Jaxongoir Ortiqxo‘jaev ko‘kragiga esa prezident orden osib qo‘yib xursand yuribdi o‘zicha.
Nega deb aytadigan til qani? Ularga qarab vovullab qo‘yadaigan ko‘ppak ham yo‘q atrof jonubda.
Shuning uchun G‘arb mamlakatlarida jurnalistlar «watchdog» — «qo‘riqlovchi itlar» deb ataladi. Ular hukumatni kuzatadi, tanqid qiladi, savol beradi. Agar hukumat jurnalistni qoralasa yoki jazolasa — bu jamiyat uchun xavotirli qo‘ng‘iraq sifatida eshitilishi va qizil karta kabi taxdidli ko‘rinishi kerak.
Chunki erkin jurnalist — xalq xavfsizligining kafolati.
O‘zbekistondagi vaziyat: bir qadam oldinga, uch qadam orqaga
Mirziyoev davrida muayyan ijobiy o‘zgarishlar bo‘ldi: mahalliy amaldorlarni tanqid qilish mumkin bo‘ldi,
ijtimoiy muammolar ochiq muhokama qilinmoqda.
Ammo eng muhim chiziq — prezident va uning oilasi tanqiddan tashqarida. Ayrim mustaqil saytlar hali ham bloklangan.
Eng xavflisi — bu nozik erkinliklarning hech qanday kafolatga ega emasligi.
Bugun erkinlik bor kabi; ammo ertaga yana o‘sha qop qora taqiqlar zamoni qaytarilishi ham mumkin.
Agar jurnalistlar yoki blogerlar hibsga olinsa — ularni kim himoya qiladi? Faqat jamiyatning o‘zi. Chunki so‘z erkinligi davlat tomonidan beriladigan in'om emas — u vatandoshlar tomonidan himoya qilingan taqdirdagina mavjud bo‘la oladi.
Demak mening sening¸ prezident qizi Saida¸ har yerda nozir Komil va Alisher Usmonoivning hayoti — so‘z erkinligiga bog‘liq
Xitoylik shifokorning o‘limi ham, Orol dengizi fojeasi ham bir narsani o‘rgatadi:
Xalq so‘z erkinligiga ega bo‘lmasa, hech qachon xavfsiz bo‘la olmaydi.
So‘z erkinligi — inson hayoti, sog‘lig‘i, kelajagi va farovonligi uchun eng kuchli kafil.
U bor joyda mamlakat rivojlanadi. U yo‘qolgan joyda esa fojealar qayta-qayta takrorlanaveradi.
Mendan oytsh. https://t.me/uzrassomtuz
