Ko‘zqarash
5 december 2025

Elga oyina tutdim, lekin el qaramadi

Odam el bilan tirik, jonajon elim esa shu yashashga loyiq. O‘z qadri va huquqin bilmas, o‘qimas, oynaga qaramas. 

Bachkana narsa yo biror mashmasha tasvirin qo‘ysam besh mingdan oshiq ko‘ruvchiyu laykchilar bo‘lganin ko‘rdim. O‘zlarini dardini ko‘rsatar oyna tutsam – yo‘q. 

Jamiyat muammolarini hajv orqali qo‘liga tutdim. Aslida hajviya emas edi. Tib, hukumat, MIB, bank, blogirlar, ijodkorlardan to pravagacha bo‘lgan muammoni hujjat asosida yoritdim satira aro. Ehtimol yuzga yaqindir… 

Qancha takliflar bor edi, qizig‘i birortasin hech kim hukumat istoliga kiritmadi. Agar pravaga o‘qish narxini o‘n milyon qilib belgilab qo‘ysa ham, uch yuz ming jarima to‘lolmagan odamga o‘ttiz milyon ishtarap solsa ham, hukumatdan xafa bo‘lmasak ham bo‘ladi. 

Hukumat ishlayapti, takliflar, tanqidlar so‘rayapti. Prezident tinim nimaligini bilmaydi.  Jurnalistlar va o‘z qadriga yetmagan shu eldan elni o‘zi xafa bo‘lsa bo‘ladi. Badiiy asarlaru turli maqolalarimni O‘zbekiston ichidagi nashrlarda chiqib jotir. Ammo tanqidiy yumorlar, satiralarimni «Mushtum» dan tortib «Shapaloqqacha» jurnalu yo biror saytu gazitta chiqarib elga oyna bo‘lganini ko‘rmadim. Maishiy mavzu yoki tahrir bilan yumshatilgan tanqidlar goh uchrab turadi… Yozgani to‘piqdan nari.

Yubormagan demasin, feysbukda deyarli hamma gapchilar o‘qiydi. Kecha ham, “To‘riqqa yo‘riq” deb, bir hajv qo‘ysam,  undan ko‘ra she'r o‘qib videoga olib instagramga qo‘ying hamma ko‘radi, tanilasiz, deydi bitta oliy ma'lumotli «ziyoli» jurnalist. Bu – “jurnalist” saviyasi. She'r tanilish uchun yozilmaydi. Jurnalist shundoq bo‘lgach eldan yozganingni o‘qib yechim izlar deb kutasanmi? O‘qimaydi. Jarga qarab yuradi shaxdam qadamlar ila…

Bu gaplardan faqat Eltuz mustasno. Qanaqa saytligini bilmaymanu, chet elda deb eshitganim bor. Ammo elni dardi yozilgan yumorlarimni shu elga chin dildan achinib, ko‘zingni och deb,  elga oyna bo‘lib qo‘yib boradi. Tinmaydi. Bu uchun unga rahmat. Oltin qalamni olgan jurnalistdan tortib mashhur saytlaru tezakchilargacha Eltuzni o‘qib borishiga guvohman. 

Endi, jonajon O‘zbekistondagi jurnalistlarga savol: 

– Nima uchun uloqni Eltuz olib ketishi kerak? Senga nima qilgan? Senda ochiqlik yo‘qmi yo, sen tezkor emasmisan yo? Sen Eltuzday yoza olmaysanmi yo? Shunday ekan oltin qalamni sen nima uchun olasan? Oltin qalamni chin dildan Eltuzga ber. Erkak bo‘l.  Nominatsiyani aytmayapman, jurnalistni qalamini aytayapman. 

Elga aytar gapim esa: Jonajon xalqim, eski davr o‘tdi. Bu yog‘i yangi davr. O‘zlaringni yaralaringga qaranglar,  malham izlanglar… O‘qinglar. Taraqqiyot ham, inson qadri ham shunday bo‘lgay.  Boltadan qo‘rqib pechka yoqib bo‘ladimi? Masalan uy sovuq hozir…

(Muallif Talant Tolerant)

Tag‘in o‘qing
7 december 2017
Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston prezidenti etib saylanganiga 4 dekabrda bir yil bo‘ldi. Kuz o‘tib qish keldi. Gazsiz, chiroqsiz uylarda saylovchilar ...
24 july 2017
Maktablarning 11 yillik ta'limga qaytishi ortidan Andijondagi kollejlarning yuzlab o‘qituvchilari ishsiz qolmoqda. Andijon shahridagi 2-son Maishiy xizmat kasb-hunar kolleji ...
16 january 2023
Buxoro markazidagi YuNYeSKO himoyasida bo‘lgan bufer zonada multfilm stilidagi feyk «Buxoro» qurilishi haqida tomog‘igacha korruptsiyaga botgan, o‘ris aksarlariga haykal ...
11 august 2025
Ishtixonlik aka-uka Donaevlar o‘z ixtiyori bilan Rossiya armiyasi safiga qo‘shilib Ukrainaga bostirib bordi. Urush sarguzasht emas, jang maydonidagi digi-digi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...