Ko‘zqarash
9 december 2025

Baxtiyor Isabek: Erk yo‘lida – 2 qism

II RYeFYeRYeNDUM

Sovet Ittifoqini saqlab qolish uchun Moskva jon-jahdi bilan harakat qila boshladi. Lekin bu imperiyaning tarixiy umri tugagan edi. Shunga qaramay, Sovet hukumati umumxalq referendumi o‘tkazishga qaror qildi. Respublikalardagi milliy demokratik kuchlar bu referendumga ochiq qarshi chiqdilar va o‘z vatanlari ozodligiga to‘g‘ilgan imkondan foydalanishga harakat qildilar.

«Erk» Demokratik partiyasining bu davrdagi faoliyatini jumhuriyatimiz fuqarolari bilishi kerak.

1991 yilning mart oyi boshlarida «Erk» partiyasi raisi M. Solih «Birlik» harakati shtabiga (unda «Erk» va «Birlik»ning siyosiy qarashlarida ziddiyat bo‘lganligi tufayli, o‘rtada aloqa mutlaqo yo‘q edi) borishga majbur bo‘ldi. U birlikchilarga referendumga tayyorgarlik ko‘rishda birga ishlashni va quyidagi loyihani taklif qildi:

MUROJAAT

Aziz birodarlar! Siz tarixiy kunlarni boshdan kechirmoqdasiz. Shu yil 17-mart kuni noaniq shartlar asosida qaytadan tuziladigan «Ittifoq»ning bo‘lish-bo‘lmasligi to‘g‘risida referendum bo‘ladi.

Bu referendumda «Ittifoq»ning tuzilishi uchun «Ha» yoki «Yo‘q» deyishdan oldin, chuqur mulohaza yuriting:

•   agar siz XALQ va VATANning to‘la ozodligini istasangiz;

•   agar siz kelajak avlod o‘z zaminida o‘zi xo‘jayin bo‘lmog‘ini xohlasangiz;

•   agar siz qaramlikning barcha turidan xalos bo‘lishni o‘ylasangiz;

•   siz o‘z yurtingizdagi elim dunyo xalqlari davrasida nufuzli mavqega erishishini desangiz, referendum savo-liga albatta "Yo‘q" deb munosabat bildiring.

Biz referendumni BOYKOT qilish tarafdorimiz. Lekin hokimiyat har xil yo‘l bilan ko‘pchilikni ovoz berishga chiqaradi.

Bizga bunday Ittifoq kerak emas, deya ovoz bera-miz va ovoz berishga chiqqanlarni ham «Yo‘q!» deyishiga da'vat qilamiz!

NAMUNA Referendum qog‘ozidagi savol shunga o‘xshash bo‘ladi: «Siz yangi qurilgan Sovet Ittifoqi sostavida yashashni xohlaysizmi?» «Ha» (Haning ustiga chizing) «Yo‘q»

GKChP va «Erk»

Toshkent shahar Sovetining ijroya qo‘mitasi «Erk» Demokratik partiyasining shu yilning 25 avgustida favqulodda qurultoyini o‘tkazish haqidagi arizasini ko‘rib chiqib, shuni ma'lum qiladi: SSSRda favqulodda holat davlat qo‘mitasi (GKChP) ning 1-sonli qaroriga asosan sizlarga qurultoy o‘tkazilishi man etiladi. Ijroiya qo‘mita raisining birinchi muovini Karim Rasulov.

Shu kunlarda davlat rahbarlari kabinetlarida shunday hollar ham bo‘lganki, odam bunga kulishini ham, yig‘lashini ham bilmaydi. Masalan, 19 avgust kuni O‘zbekiston Oliy Kengashi raisi o‘rtoq Yo‘ldoshev o‘z kabinetida osilib turgan M. Gorbachev portretini zudlik bilan qaqqaddir gum qilgan va nihoyat, 22 avgust kuni «hamma narsa joy-joyiga tushgandan so‘ng» portret ham o‘z joyiga, ya'ni o‘rtoq raisning kabinetiga, zudlik bilan qayta osilgan. Bu «operatsiya»**ga guvoh bo‘lganlar o‘rtoq raisdan: «portretni uch kun davomida qaerda qo‘ygandingiz?» deb so‘rashganida, parlament boshlig‘i: «restavratsiya qildirdim», deb javob bergan. Parlament boshlig‘i bo‘lsa, shu darajada «epchil» va «ishbilarmon» bo‘lishi kerak-da!

«Erk» Demokratik partiyasining bu vaziyatdagi, ya'ni «favqulodda holat» (GKChP) e'lon qilingan paytdagi tutgan pozitsiyasiga kelsak, shu kuniyoq (19 avgust, 1991 yil) Markaziy Kengash majlisini chaqirib, par-tiyaning bu davlat to‘ntarishiga munosabatini aniq belgilab oldi. Kengash a'zolari hatto bir ovozdan qoralab, «Erk»ning o‘zbek xalqiga bayonotini qabul qildilar.

«ERK» DYeMOKRATIK PARTIYaSINING BAYoNOTI

«Erk» Demokratik partiyasi SSSR prezidenti M. S. Gorbachevning hokimiyatdan chetlashtirilishi, SSSRda favqulodda holat qo‘mitasining tuzilishi va mamlakatda favqulodda holat joriy etilishini konstitutsiyaga xilof va noqonuniy, xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan tadbir, deb bel-gilash huquqini, Ittifoq jumhuriyatlarining mus-taqillik deklaratsiyalari, fuqarolarning huquq va er-kinliklarini inkor qiladi.

«Erk» Demokratik partiyasi O‘zbekistonning mus-taqilligi va inson huquqlarini himoya qilishga otlangan barcha demokratik kuchlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma'lum qilib, xalqni xushyorlik-ka bosiq-vazminlikka chaqiradi. «Erk» Demokratik partiyasi

20 avgust kuni esa, «Erk» Demokratik partiyasining raisi M. Solih Rossiya prezidenti B. Yeltsinga shunday telegramma jo‘natdi:

«Srochnaya telegramma Prezidentu Rossiyskoy Federatsii B.N. Yeltsinu
Demokraticheskaya partiya «Erk» Uzbekistana vыra-jaet svoyu solidarnost s pozitsiey rukovodstva Rossiyskoy Federatsii otnositelno gosudarstvennogo komiteta po chrezvыchaynomu polojeniyu v SSSR. Mы rastsenivaem ustranenie ot vlasti prezidenta SSSR M.S. Gorbacheva, obrazovanie GKChP i vvede-nie chrezvыchaynogo polojeniya, kak antikonstitutsi-onnыe, protivopravnыe aktы. Ot imeni pravleniya DP «Erk» vыrajaem podderjku vsem demokraticheskim silam Soyuza SSR, vы-stupayuщim za zaщitu suvereniteta respublik, de-mokratii, prav i svobod grajdan.Muxammad Salix, Predsedatel DP «Erk» g. Tashkent. 20 avgusta 1991 g.»

Sog‘lom kishi yaxshi biladi. Uning, ya'ni O‘zbekiston hukumatining keyingi 4 yillik faoliyatini bir eslab ko‘raylik.

Eng avvalo, O‘zbekistonning davlat tili qonunini qabul qilish davrini eslasak, Karimov boshchiligidagi hukumat o‘zbek tilining yagona davlat tili bo‘lishiga tish-tirnog‘i bilan qarshi turdi. Asosan, o‘zbek shoir va yozuvchilari (hammasi emas, o‘sha «millatchi»lari) va talabalar shijoati bilangina o‘zbek tiliga davlat ti-li maqomi berildi. Ammo hukumat, baribir, bu hujjatda o‘zining ba'zi bir «printsip»larini o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi, ya'ni, o‘zbek tilini bil-maydiganlarga o‘rganish uchun juda uzun – 8 yil muddat belgiladi. Demak, hujjatlarni o‘zbek tiliga o‘tish muddati ham 8 yil deb belgilandi va rus tili mil-latlararo til, deb qonunlashtirildi. Bu «tadbir»larning oqibatini bugun o‘zimiz ko‘rib turibmiz: haligacha O‘zbekistondagi idoralarning asosiy qismi rus tilida ish yuritadi va bu hol hukumat belgila-gan o‘sha 8 yilgacha davom etsa kerak, balki undan keyin ham davom etar.

Davlat tili mustaqillikning asosiy atributlaridan biridir. Demak, bu holda I. Karimov boshchiligidagi kommunistik hukumat jumhuriyatimiz mustaqilligi uchun kurashdi, deb bo‘lmaydi.

Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishida ham I. Karimovning tutgan pozitsiyasi ancha shubhali. Ma'lumki, o‘sha tarixiy sessiyaning (1990, iyun) birinchi kuni EDP tayyorlagan Mustaqillik Deklaratsiyasi muhokamasini hatto kun tartibiga qo‘yishga ham yo‘l berilmadi. Zaldagi hech narsani tushunmaydigan, egasi «bos»desa, har qanday odamni talab talashishga qodir to‘da, bu Deklaratsiyani o‘qib eshittirishi uchun minbarga chiqqan M. Solihni deyarli haydab tushirdi.

Vitse-prezident Mirsaidov esa, qo‘lida Deklaratsiya matnini silkitib, «bu hujjat emas, oddiy qog‘ozdir», degandi. Keyinchalik, Deklaratsiya qabul qilinib, sessiya tugaganidan so‘ng deputatlarning ba'zilari Mirsaidovdan nima uchun sessiyada o‘zini bo‘nday tutganini so‘rashganida: «Shunday qilishim kerakligini Karimovning o‘zi aytgan edi» deb javob bergan.
Demak, bu Karimovga oppozitsiya nazarida Sh.Mirsaidovning obro‘yini tushirib, keyin o‘zi Deklaratsiya himoyachisi bo‘lib ko‘rinib uchin kerak bo‘lgan, ya'ni, u bir o‘q bilan ikki quyonni urgan (o‘sha paytda Mirsaidov bilan Karimovning munosabati yomonlashgan edi).

Deklaratsiya qabul qilingandan keyingi voqealarni kuzataylik: Sessiyada Deklaratsiya qabul qilingani haqidagi xabar nega televidenie va matbuot orqali darrov xalqqa yetkazilmadi, faqat «Erk» partiyasining namoyish bilan tadhid qilganidan so‘ng e'lon qilindi? Nega Markazkomning ikkinchi kotibi Yefimov Deklaratsiyaga bu hujjatni hech qanday ahamiyati yo‘q bir qog‘ozda aylantiruvchi punktni kiritishga urindi? Nima, bundan Karimovning xabari yo‘qmidi?
Karimovning M.Solihga «Xo‘sh, shuni olib tashlasak, xursand bo‘lasizmi?» degan gapi nimani anglatadi?

Nihoyat, avgust voqealaridan keyingi favqulodda sessiyaga va unda, kutilmaganda, O‘zbekistonning «mustaqil davlat» deb e'lon qilinishi Moskvada sodir bo‘lgan davlat to‘ntarishi va o‘sha kunlari O‘zbekiston hukumatining tutgan pozitsiyasi bilan bog‘liq emasmi?

Esingizda bo‘lsa, xunta mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng, unga xayrixohlik bildirgan, uning farmonlari-ni so‘zsiz bajargan hukumat rahbarlarini javobgar-likka tortish haqidagi masala ko‘tarilgan edi. Zotan shunday paytda Karimov O‘zbekistonning mustaqillikni e'lon qilish O‘zbekiston hukumatini bu javobgarlikdan saqlab qolishning yagona yo‘li ekanligini hamma biladi. Bugun esa mustaqillikning nima evaziga kelganini tushunmaydigan kaltabilar, uni faqat Karimov olib keldi, deb va'z o‘qimoqdalar.

25 AVGUST, 1991 YIL

Xunta qulagan zahotiyoq, «Erk» rahbarlari milliy mustaqillik uchun tarixiy shart-sharoit etilganni angladilar. «Erk» partiyasi zudlik bilan favqulodda qurultoy chaqirdi.

M.Solihning shu qurultoydagi nutqini e'tiboringizga havola etamiz.

«Tarixda shunday bir davrlar bo‘ladiki, uning soa-ti – yillarga, yili – asrlarga teng keladi. Bu haqiqat shu kungacha biz uchun bir obraz, kitobiy tadbir edi. Bugun bu narsa bizning ko‘z o‘ngimizda turibdi. Biz shu bir voqeaning shohidi bo‘ldik. 19 avgustda sodir bo‘lgan davlat to‘ntarishi va unga qarshi ko‘tarilgan mardonavor xalq harakati bu haqiqatni namoyish etdi.Qayta qurish deb nomlangan olti yillik tari-xiy harakatning 19 avgustgacha bo‘lgan qismi bir davr bo‘lsa, undan keyingi o‘tgan olti kun mutlaqo boshqa bir davrdir. Bu inqilob shu qadar tez yuz berdiki, uni ham anglab olg‘imiz olmayotirmiz. Chunki, o‘sha tahlikali uch kun ichida biz etgan demokratik yo‘lning masofasi qayta qurish kechgan olti yillik masofadan kattaroqdir. Va bu ikki inqilobning printsipial farqi shundaki, birinchi inqilob tepadan boshlangan bo‘lsa, ikkinchisi pastdan boshlandi. Bi-rinchi inqilobning tashabbuschisi hukmron partiyaning boshi kotibi bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi inqilobning ijodkori xalqning o‘zi bo‘ldi.

Xuddi shuningdek, olti yil ichida mitinglarda qatnashgan xalqdan 19 avgustda ko‘chaga chiqqan xalq mutlaqo farq qilardi. Bu xalq shu kungacha mavjud tuzumni tanqid qilib kelgan bo‘lsa, endi bu tuzum-ni butunlay almashtirishni talab qila boshladi.

Avval milliy tug‘mog‘iga qarshi turgan bo‘lsa, bu safar tanklarga qarshi, bir so‘z bilan aytganda, o‘lim bilan yuzma-yuz turdi. Jamiyatdagi bu dina-mizm Sovet Ittifoqi deb atalgan mamlakat ta-rixini keskin burilishiga olib keldi.

Lekin, shuni ham unutmaslik kerakki, 19 avgustda o‘limga ro‘para turgan bu xalqni o‘sha qayta qurish tayyorladi. Bugun demokratiya g‘alabasidan boshimiz aylanib, «qayta qurish va Gorbachevni Yelsin qutqardi, Sovet Ittifoqini Rusiya qutqardi» demoqdamiz. Chindan halos etgan narsa o‘sha «boshi berk ko‘chaga kirib qolgan qayta qurish» edi. Shu ma'noda, Gor-bachev o‘zini o‘zi ham qutqardi. Shu ma'noda, o‘z-o‘zining haloskori bo‘ldi. Shu ma'noda, qayta qurish aslo bosh berk ko‘chaga kirgani yo‘q, aksincha, u bugun o‘zining buyuk g‘alabasini nishonlayotir. Qayta qurish hech qachon bugunidagi yuksaklikka ko‘tarilmagan edi.

Muxoliflar, «Xalq och-yalang‘och, jinoyatchilik ku-chaymoqda, iqtisodiy bo‘hron chuqurlashmoqda, sening demokratiyangga nima berdi?» deya savol bermoqdalar. To‘g‘ri, xalq och. Lekin bunga demokratiyaning nima aloqasi bor? To‘g‘ri, jinoyatchilik kuchaymoqda. Lekin, demokratiyada ayb nima? To‘g‘ri, iqtisodiy bo‘hron chuqurlashmoqda, uni demokratiya chuqurlashtirmidi? Aksincha, bu fojialar demokratiya hamon to‘siqqa uchrayotganidan, hamon quruq so‘z bo‘lib qolayotganidan, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy hayotimizga singsib ketmayotganidan emasmi?

Shunisi qiziqki, davlat to‘ntarishini tashkil et-gan harbiy-partiyaviy xunta ham aynan o‘sha xalqning ochligini, iqtisodiy bo‘hronning chuqurligini ro‘kach qilib maydonga chiqdi. U bir hafta ichida ahvolni tubdan o‘zgartirishga va'da berdi. Buning dalili sifatida Moskvadagi do‘konlar uzoq kutil-gan oziq-ovqat paydo bo‘ldi. Agar xunta yana besh-o‘n kun yashasa, bu ne'matlar boshqa shaharlar do‘konlarida ham paydo bo‘lar edi. Xunta g‘olib bo‘ldi. Lekin xalq aldanmadi. U non emas, ozodlikni tan-ladi. Chunki bu xalq hatto non ham ozodlik o‘rnini bosishga qodir emasligini anglagan xalq edi. Men xalq deganda, rus xalqini nazarda tutmayapman, bu haqiqatni tan olish kerak. Zotan, xuntaning yo‘lini to‘sgan asosiy kuch – moskvaliklar va Rusiya hukumati bo‘ldi. Xunta o‘z rejalarini zo‘rlik bilan tayyorladi. Bugun demokratiya galabasidan boshimiz aylanib, «kayta kurish va Gorbachevni Yelsin kutkar-di, Sovet Ittifokini Rusiya kutkardi» demokdamiz.

Chindan xalos etgan narsa usha «boshi berk kuchaga kirib kolgan kayta kurish» edi. Shu matnoda, Gorbachev uzini uzi xam kutkardi. Shu manoda, uz-uzining xaloskori buldi. Shu matnoda, kayta kurish aslo boshi berk kuchaga kirgani yuk, aksincha, u bugun uzining buyuk galabasini nishonlayati. Kayta kurish xech kachon bugungiday yuksaklikka kutarilmagan edi.

Muxoliflar, «Xalk och-yalangoch, jinoyatchilik kuchaymokda, iktisodiy buxron chukurlashmokda, sening demokratiyang nima berdi?», deya savol bermokdalar. To‘g‘ri, xalq och. Lekin bunga demokratiyaning nima alokasi bor? Tugri, jinoyatchilik kuchaymokda. Lekin, demokratiyada ayb nima? To‘g‘ri, iktisodiy buxron chuqurlashmokda, uni demokratiya chuqurlashtirdimi? Aksincha, bu fojialar demokratiya xamon tusikka uchraetganidan, xamon kuruk suz bulib kolayotganidan, siyosiy, ijtimoiy, iktisodiy jayotimizga singib ketmayotganidan emasmi?

Shunisi qiziqki, davlat tuntarishni tashkil etgan xarbiy-partiyaviy xunta xam aynan usha xalkning ochligini, iktisodiy bo‘xronning chukurligini ro‘kach qilib maydonga chikdi. U bir xafta ichida axvolni tubdan uzgartirishga vada berdi. Buning dalili sifatida Moskovdagi dukonlarda uzok kutil-gan ozik-ovkat paydo buldi. Agar xunta yana besh-un kun ne'matlar boshqa shaharlar do‘konlarida xam paydo bular edi. Bunga shubxa yuk.

Lekin xalq aldanmadi. U non emas, ozodlikni tanladi. Chunki bu xalq hatto non ham ozodlik o‘rnini bosishga qodir emaslichini anglagan xalq edi. Men xalq deganda, rus xalkini nazarda tutyapman. Bu xakikatni tan olish kerak. Zotan, xuntaning yo‘lini to‘sgan asosiy kuch — moskovliklar va Rusiya hukumati bo‘ldi. Xunt uz rejalarini eolon kilgandan so‘ng, ba'zi jumhuriyatlarda ikkilanish yaqqol ko‘zga tashlandi. Nafaqat jumhuriyatlar, balki chet el davlatlarining deyarli hammasi dastlabki soatlarda bergan ma'lumotlarida qarshi biror gap aytolmadi. Faqat xalqning qo‘zg‘olonlarini ko‘rib, o‘ziga suyangan Rossiya hukumatining jur'atini ko‘rib, ikkilanganlar qarori qat'iylasha boshladi. Faqat shundan keyingina ular sovet xalqini qo‘llay boshladi. Bundan kelib chiqadigan saboq shuki, xalq, faqat xalqning o‘zigina o‘zini qutqarishi mumkin. Agar xalq uyg‘onmasa, chet el ham, uning iqtisodiy yordami ham unga najot bo‘la olmas ekan.

Yana bir saboq bor. Bunisi ma'naviy saboqdir. Junga davrida ikkilangan jumhuriyatlar ham eri-shilgan g‘alabadan bahramand bo‘lajaklar. Xudoga shukr. Ammo biz uni unutmasligimiz kerakki, hech qachon hech bir xalq boshqa bir xalq qurami evaziga ozod bo‘lmagan. Agar bo‘lsa ham, bu ozodlik unga ta-timasligi aniq. Chunki, bu sovg‘a qilingan ozodlikni himoya qiladigan xalq bo‘lishi kerak. Aks holda, bun-day ozodlik qancha tez qo‘lga kiritilgan bo‘lsa, shun-cha tez yo‘qotilish muqarrar. Hech kim tanq ozodiga yetib, Konstitutsiyani muhofaza etmaydi, chunki xalq Konstitutsiya nima ekanligini bilmaydi. Hech kim «demokratiya uchun», deya jon fdo qilmaydi, chunki xalq nonni ozodlikdan ustun ko‘radi. Hech kim prezt-dentni himoya qilib, ko‘chaga chiqmaydi, chunki bu xalqni ko‘chaga chiqishga o‘rgatishmagan. Xullas, sovg‘a qilingan ozodlik faqat o‘sha sovg‘a qilgan xalqninggina e'tiyojidir. Hali himoya qilaman, deb kepqolmasa yaxshidi. Bu achchiq haqiqat va unga tik qarab bilishimiz kerak. Va aynan shu sabab, «Erk» partiyasining birinchi vazifasi — xalqni uyg‘otishdir. Busiz mustaqillik bugunkiday qog‘ozda qolaveradi.

Xalqlar ustida kun osilib turgan tahlika O‘zbekistonga qanday ta'sir qiladi? Biz o‘zimizni qanday tutdik? Ehtimol, bu haqda gapirish kerak emasdir. Ehtimol, xullas, «ehtimol»lar ko‘p. Shax-san men bu tahlikali kunlarda ko‘rganim — bir lavhani hech unutolmayman. 20 avgust kuni hukumatni tashkil qilgan majlisda Shayxov va Urazaev degan deputatlar chiqib, kuchning boshlig‘i haqida «o‘rtoq Yanaev ham aytdilar, O‘zbekistonga kuchini kiritishga hojat yo‘q ekan», deganlarida, ye-g‘ilib, yerga kirmadim. Chunki, bu vaziyatda «kuchin kirmagan» biz uchun sharaf emas edi. Chunki, bu kuchni qonunni himoya qilgan emas, qonunni toptash uchun kirar edi. Bu kuchin demokratiyani tiklash uchun emas, uni yo‘q qilish uchun kirar edi.

Aytmoqchimanki, shubhasiz ziyolilardan bo‘lgan odamlar va shubhasiz, o‘zini insonparvar sanagan bu odamlarning farosati shu bo‘lsa, o‘qimagan, dalada umr bo‘yi ketmon chopayotgan dehqondan — xalqimizning qariyb 80 foizini tashkil qiluvchi ommadan xafa bo‘lishga haqqimiz yo‘q.

«Erk» tutgan pozitsiyaga kelsak, bu hammamizga ma'lum. Demokratik partiya o‘laroq, «Erk» birinchi kuniyoq bu manzum to‘ntarishga o‘z munosabatini bildirdi. Uning hukmuga qarshi Bayonoti va Yeltsinga madad telegrammasi shu kuniyoq dunyoga tarqaldi.

Mahalliy matbuotda e'lon qilish imkoni bo‘lmagandi, bu hujjatlar chet el radiostantsiyala-rida, xususan, «Svoboda» va «Svobodnaya Yevropa»lardan o‘qib eshittirildi.

Bu tarixiy voqeadan uchta xulosa chiqdiki:

1.  Mavjud sistema, qanchalik demokratiyaga in-tilmasin, jamiyat uchun xavfli bo‘lgan va uni o‘r-talar orqa to‘lqirli tashlashga qodir mexanizm-ni o‘zida saqlab kelayapti. Gorbachev davlat to‘ntarilishigacha ham kemaning boshini tutib kel-di: KPSS rahbari, Prezident va Bosh qo‘mondonlik vazifalari. Shu uchta kuchni qo‘lga olish uchun hunta-ning bitta odami — Gorbachevni chetlashtirishi kifoya qildi. Bir soat ichida ulkan bir mamla-kat real xavf ostida qoldi. Demak, toki huquqiy davlat tuzilmagan ekan, hokimiyatlar qat'iy ajra-tilmas ekan, davlat to‘ntarilishi xavfi turavera-di.

2.  Har qanday «suveren davlat» deb atalgan sur'ektning o‘zini himoya qiladigan armiyasi bo‘lishi shart. Aks holda, bu «suverenlik» soxtadir.

Buni Rossiya hukumati xuntaga qarshi kun-larda chuqur tushundi. Buni O‘zbekiston hukumati ham tushunmog‘i lozim.

3.  Biz to‘la mustaqil bo‘lmas ekaniz, faqat iqtisodiy emas, siyosiy ham mustaqil bo‘lmas ekan-miz, hech qanday «yangilangan federatsiya» bizga na-jot bo‘lolmaydi. Chunki bu sistema zamon bir shahs irodasiga bog‘liq bo‘lgan sistema bo‘lib qolayapti. Bugun Yeltsin bor, Gorbachev bor, lekin ertaga Yanaev kelmasligiga hech kim kafolat berolmaydi. Kafolat – faqat xalqimizning to‘la mustaqilligidir.

Bu haqiqatni so‘nggi ikki kun ichida Sovet It-tifoqida yuz bergan voqealar isbot qilib turibdi. Davlat to‘ntarilishidan keyin mamlakatdagi siyosiy vaziyat yanada shiddatliroq o‘zgara boshladi: KPSS siyosiy partiya sifatida parchalandi. Mustaqillikka o‘tish davrini kechayotgan ikkita Boltiqbo‘yi jumhuriyati – Estoniya va Latviya o‘zlarining to‘la mustaqilligini e'lon qildilar.

Kecha Ukraina parlamenti ham bu jumhuriyatni to‘la mustaqilligini e'lon qildi. Ma'lumki, to‘la-layotgan «Ittifoq Shartnomasi», asosan, uchta sla-vyan jumhuriyati – Rossiya, Ukraina, Belorussiya va O‘rta Osiyo jumhuriyatlari bilan qozog‘iston o‘rtalarida tuzilish mo‘ljallangan edi. Bu sur'-ektlar ichida eng nufuzlisi – Ukraina Ittifoqdan chiqib ketar ekan, «Ittifoq Shartnomasi» avvalgi mohiyatini saqlab qolmaydi.

Bu voqea shu kungacha Shartnomaning markaziy sub'ektlaridan biri bo‘lib turgan Rossiyaning ham pozitsiyasini o‘zgartirishi muqarrar.

Bu yerda ikkita variantni taxmin qilish mumkin. Birinchisi: Rossiya, agar «Shartnoma» tarafdori bo‘lsa, avval sur'atdan imtiyozlarni yanada kengaytirishga harakat qiladi va bunga erishadi ham. U holda butun Markaz o‘zining markazligini butunlay yo‘qotadi va Rossiya Markazga aylanadi. Bu yangi va-ziyat mustaqillikka intilayotgan O‘rta Osiyo jumhuriyatlarining shu kungacha olib borayotgan siyo-satini keskin o‘zgartirishini taqazo etadi: ular o‘z jumhuriyatlarining ham to‘la mustaqilligini e'lon qilishlari yoki yangi tuzilgan markazlashgan bir davlatning bo‘laklari sifatida qolishga majbur bo‘lajaklar.

Ikkinchi variant: Rossiya ham Ittifoqdan chiqib, o‘zining to‘la mustaqilligini e'lon qilishi mumkin. Bu holda Ittifoq haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Biz zudlik bilan O‘zbekiston Oliy Kengashi-ning favqulodda sessiyasi chaqirilishini talab qilamiz. Unda bugungi siyosiy vaziyat ochiq tahlil etilishi lozim.

O‘zbekistonning To‘la Mustaqillikdan boshqa yo‘li yo‘q. Bugungi tarixiy imkonni qo‘ldan boy bermasligimiz kerak».

«Erk» partiyasining ushbu qurultoyidan uch kun o‘tgandan keyin respublika Oliy Kengashi o‘z sessiyasini chaqirib, unda mustaqillik masalasini ko‘rdi. Va, ehtimol, birinchi marta Muhammad Solihning bu sessiyada aytgan so‘zini deputatlar qo‘rqmay, xotirjam tingladilar.

Tag‘in o‘qing
20 january 2026
Falastinlik qochqinlarini olib kelib O‘zbekistonning chekka qishlog‘iga joylashtirishibdi. Oradan hafta o‘tib, BMT vakillari ahvolni tekshirgani kelishsa: «Bizni orqaga qaytaringlar ...
16 november 2025
Rossiya Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodin migrantlarga yangi cheklovlar qo‘yilishi haqida gapirdi. Endi o‘zbekistonlik migrantlarning haydovchilik guvohnomalari tan olinmasligi ...
17 june 2022
Qadrdonlarim bormisiz? Omonmisiz? O‘tgan xafta kasal bo‘lganlar bugun tuzalganidan, puli yo‘qlar bugun boyib bitib ketganidan hursandman. Bugun kasal bo‘lib ...
16 november 2016
Rassom Tuz mashhur «Opyat dvoyka» asariga taqlidan chizgan karikaturasida O‘zbekistonning bugungi muammosini nishonga oladi. Shu paytgacha yozilgan arizalar sonining ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...