Ko‘zqarash
22 december 2025

Kitob o‘qiydig‘onlarning yelkasiga shappotlash yili

Keyingi yilning nomi «Kitob o‘qiydig‘onlarni yelkasiga shappotlash» yili deb atalarkan. 

Oy chiqsa ham, kun chiqsa ham kitob bosadiganlarga chiqadi deyishdi.  

Mayli, bo‘sa shularga bo‘sin. 

Ammo bugun bir katta haqiqatni bilib qoldim. O‘zbekistonning kitob sanoati zamonaviy jaraëndan besh yuz yil orqada turibdi. 

500 yil! Besh yuz yil oldin qog‘ozga bosma moshina bilan tekst bosib muqovalab kitob qilib do‘konda sotishgan. 

Bugungi O‘zbekistonda ham shunday. Qog‘ozga tekst bosib muqovalab do‘konga eltishmoqda. 

Hatto 120 yil oldin Xivadagi Otajon bosma doyi ham xozirgilardan sifatliroq muqovada kitob bosgan. 

Prezidenti «o‘qi, o‘qish va yana o‘qishib tasha» deydigan, davlat hisobidan ëstiqday-ëstiqday kitoblar chiqadigan mamlakat zamonaviy kitob o‘qish tizimiga integratsiya bo‘lmagan! Birorta o‘zbekcha kitobni amazondan sotib olib kindlda o‘qishning iloji yo‘q.

O‘zbek kitob sanoati dunë jaraënlaridan uzilib o‘sha Otajon bosma darajasida turibdi.

Zamonaviy Otajon bosmalardan birining aytishicha, o‘zbek kitobini kindlga qo‘shish uchun kamida ikki million dollarlik xarajat lozim.

Bu xarajat yo‘q. Davlat esa varrak uchirish bilan ovvora. 

Bularga hech kim aytmadimi «zamon ilgariladi, hech kim qog‘oz kitob o‘qimaydi» deb.

Hatto qo‘lidagi  o‘n oltinchi ayfonidan or qilib yugurib borib o‘n yettinchini oladigan vaziru-vuzaro «Nega xalqim hanuz g‘ozning pati bilan kitob ëzyapti? Nega itning arqa ayag‘i bo‘lib qoldik kitob chig‘orishda» deb o‘ylamaydi. 

Nega? Yilning otini qo‘yishdan oldin o‘ylab ko‘riladigan gap bu.

Mendan oytsh.

Rassom Tuz sahifasidan

Tag‘in o‘qing
14 october 2016
«Xalq so‘zi» gazetasi (12.10) yurtimizda 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezident saylovini kuzatish uchun Markaziy saylov komissiyasi YeXHT, Shanxay ...
4 may 2016
Eltuz.com mahalliy qo‘shiqchi va san'atkorlarni turli chegaralardan chiqmaslikka da'vat qilib kelayotgan o‘zbek mulozimlari hajv etilgan rassom Tuzning yangi karikaturasini ...
18 november 2021
Joriy yil 18 noyabr kuni soat 16.00 da Xalq deputatlari O‘rtachirchiq tumani kengashi doimiy komissiyasi Xalq demokratik partiyasidan deputat ...
12 july 2016
U 16 yil fermerlik qildi. Otasining ham suyagi dalada qotgan, qirq yil davomida paxta yetishtirish bilan shug‘ullangan. Avval otasiga, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...