Asosiy mavzular
18 november 2021

Tuman kengashi yalang‘och rasmi tarqagan deputat axloqini ko‘rib chiqadi

Joriy yil 18 noyabr kuni soat 16.00 da Xalq deputatlari O‘rtachirchiq tumani kengashi doimiy komissiyasi Xalq demokratik partiyasidan deputat Feruza Babashevaning odob-axloqini muhokama qiladi. Bu haqda Babashevaning o‘zi ijtimoiy tarmoq orqali chiqishida bildirdi.

Xalq noibligi unga faqat tahqir va tazyiqdan boshqa narsa bermaganini urg‘ulagan Babasheva deputatlik guvohnomasi va ko‘krak nishonini qaytarib, iste'fo berishini ma'lum qildi. O‘z chiqishida u Toshkent viloyati hokimligidagi korruptsioner mulozimlar bilan kurashish «besamarligi»ni ta'kidlab, o‘zining «mag‘lub» bo‘lganini ta'kidlagan.

Bundan oldin tarmoqqa sizdirilgan videoda Xalq deputatlari O‘rtachirchiq tumani kengashi deputati Feruza Jo‘rabekovna Babasheva deya ishonilgan aël kishining bir erkak bilan yalang‘och holda ëtgani aks etgan edi.

Feruza Babasheva o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida tarqalayotgan videolarga munosabat bildirib, bunda Toshkent viloyati IIB xodimi Ziyodulla Rahimovni ayblab chiqqandi.

Voqealar silsilasi. Feruza nega «sharmanda» qilindi?

9 noyabr kuni prokuratura mahalliy deputat Feruza Babashevani «Agrobank» bo‘limi boshlig‘ining arizasi asosida daxlsizlik huquqidan mahrum qilish taklifini kiritgan edi. Bir necha kun o‘tib ijtimoiy tarmoqlarda oktyabr oyi boshida tezkor xodimlar olgani taxmin qilingan tasvirlar tarqaldi.

Videoda deputat aëlning erkak bilan to‘shakda ko‘rsatilgan tasvirlar bor edi. Feruza Babasheva esa viloyat ichki ishlar boshqarmasini tahdid va bosimda aybladi.

Tarmoq faollarining bir qismi xalq deputatini himoya qildi. Bir qismi esa qoralab chiqdi. Babasheva mansub bo‘lgan O‘zXDP vatandoshlarning shaxsiy hayotga aralashishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini eslatdi.

Oilali bo‘laturib erkin jinsiy haët kechirgan Feruza Babashevaning tarmoqdagi faol aëllardan bir nechtasini «g‘ar» va «buzuq» deb haqorat qilgani haqidagi ma'lumotlar «Eltuz» tasarrufida mavjud. Babashevaning o‘zi ham o‘zining «farishta» emasligini so‘nggi chiqishlarida oshkora tan olgan.

Toshkent viloyati IIB tomonidan ma'lum qilinishicha, 2 oktyabr kuni boshqarma tezkor xodimlari tomonidan mahalliy aholidan birining arizasiga ko‘ra «fohishaxona ochilgani yuzasidan» nazorat reydi o‘tkazilgan.

Reyd asnosida bir ko‘rpa ostida yalang‘och ëtgan ayol F.B. va erkak D.Sh. tezkor tasvirga olingan. Ular “jinsiy aloqada» bo‘lganiga iqror bo‘lishgan. Bayonotda aytilishicha, bu operativ videoning tarmoqda tarqalishi bilan bog‘liq holatlar o‘rganilmoqda.

Feruza Babashevaning tarmoqda aytishicha, o‘sha kuni uni uch soat ushlab turishgan (boshqalarni qo‘yib yuborishgan), jim turishini aytib, tushuntirish va kafolat xati yozishga majburlamoqchi bo‘lishgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, IIB xodimlari uning barmog‘ini sindirishgan.

Babasheva o‘z chiqishida o‘zini qo‘llab-quvvatlayotgan xalqdan uzr so‘rab, ichki ishlar organlarining “uyatsiz va badbashara” xodimlari va rahbarlarini javobgarlikka tortishni talab qilgan.

28 avgust kuni Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanidagi «Amfiteatr» majmuasida O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirini o‘tkazish vaqtida ichki ishlar organlari xodimlari hamda Xalq deputatlari tuman kengashi deputati Feruza Babasheva va xalq deputatlari Chirchiq shahri kengashi deputati Jahongir To‘laganov o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelgani tarmoqda muhokama bo‘lgan edi.

Viloyat IIBB matbuot xizmati xabarida tadbirda xizmatdagi xodimlar tomonidan bayram tadbiriga kelgan Feruza Babasheva va Jahongir To‘laganov tibbiy niqobsiz bo‘lganligi sababli kirish yo‘lagida to‘xtatilgani va karantin qoidalariga rioya qilgan holda himoya niqobini taqib kirishlari haqida ogohlantirilgani aytilgan.

Ta'kidlanishicha, ular o‘zlarini deputat deb og‘zaki ravishda tanishtirgan va karantin qoidalariga amal qilishdan bosh tortib, xodimlarning qonuniy talablarini bajarmagan.

«Jarayonda Feruza Babasheva o‘zining deputat ekanini va daxlsizlik huquqi borligini pesh qilib, xizmat vazifasini bajarayotgan IIB xodimlarini „sharmandalar“ deb kamsitgan va ushbu jarayonini to‘g‘ridan-to‘g‘ri 7 daqiqa 53 soniya davomida videotasvirga olib, onlayn tarzda „Fecebook“ ijtimoiy tarmog‘iga uzatgan»,  deyiladi IIBB xabarida.

IIV axborot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosovning qayd etishicha, Toshkent viloyati IIBB tomonidan vaziyat to‘liq o‘rganilgan hamda voqea ishtirokchilarining harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida to‘plangan materiallar prokuratura organlariga yuborilgan.

Feruza Babasheva O‘zXDP O‘rtachirchiq tumani kengashi raisligiga tayinlanib, deputatlikka saylanguniga qadar uzoq yillar xalq ta'limi sohasida ishlagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, u 12 yil maktab direktori, so‘ngra davlat va maktabgacha ta'lim bo‘limlari boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 march 2020
Koronavirus karantini bois hukumat 24 martdan boshlab Toshkentga kirish va chiqishni noma'lum muddatga taqiqladi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» va Uzbekistan ...
7 march 2018
Odatda donasi 10 ming so‘m turadigan atirgul narxi 7 mart kuni Toshkentda 60 mingga chiqdi. Bir dona orxideya guli ...
13 november 2025
11 noyabr kuni Moskvaning rasmiy Toshkentga nisbatan diplomatik faolligi sezilarli darajada kuchaydi. Bu jarayon, ayniqsa, Vashingtonda bo‘lib o‘tgan «Markaziy ...
30 december 2016
Ayni kunlarda «mustaqil gazeta» degan balandparvoz maqom bilan chop etiladigan «Hurriyat» nashrining ilk soni chiqqaniga 20 yil to‘layotir. Shu ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...