Ko‘zqarash
26 december 2025

Rassom Tuz: Kumush Yirtiqning josus uyi

Ovro‘pa sovug‘idan qochib dekabr oyida Afrikada yuribman. Ovarzazet shahrini arablar «jahannam darvozasi» deb ham ataydi. Chunki bu shahar Sahara biqinida joylashgan. O‘sha shaharda «Iqbol» degan kafeni ko‘rib qoldim. Urganchda ham «Iqbol» degan kafe bor edi. Borib bir stolga o‘tirib «choy chaqirdim» (Oybekning «Qutlug‘ qon» romanida Yo‘lchi choy chaqirgani kabi).  

Yalpizli mag‘rib choyi o‘zgacha bo‘ladi. Xizmatchi bola kelib choynak ichiga bir siqim yalpiz va  bir bolg‘a kattaligida oqqandni soladi. Keyin bir qo‘li bilan choynakni maksimum baland ko‘tarib stoldagi stakanga «choptirtiradi» To‘chniy nishonga olib jo‘mrakdan qaynoq choy oqimini stakan ichigga tushirish joiz. Bu endi bir ritual, fokus, tsirk..

Choyni ichib o‘tirsam bir yigit kelib «mehmon, xush ko‘rdik¸ qaëqdan so‘raymiz endi sizni» deya frantsuzcha gapirdi.

Tanishdik. Ismi Ja'far ekan. Ovarzazetdagi «Atlas» kinonstudiyasida butafor rassom. 

Menam rassommanku. Billa rasmga tushdik. Ikki kishilik selfi.

Shu bilan choydi ichib, hayr-ma'zurdi qilib Rashidni uyiga qarab ketdim. Rashid bu shaharning o‘lchovi bo‘yicha boy odam. Shkoda moshini va uchta kvartirasi bor. Shularni vaqtincha ijaraga beradi. Nemischa gapiradi.«Oka, kam-ko‘st yo‘qmi, qorin och bo‘lsa yarim kosa harira chiqarvoray» deydi. Harira – bu arab o‘lkalarida ichganim eng arzon ëg‘von. No‘xatli sho‘rva. Negadir bu sho‘rvani xurmo va povidlo murabbo bilan yeyishadi zang‘arlar.

Tag‘in o‘qing
23 december 2025
Jinoyatchi Akmal Shukurovni qamoqdan chiqarib yuborgan porakash sudyalarga xizmat tekshiruvi tayinlandi.
2 december 2025
Turkiya Dengiz transporti boshqarmasi Rossiyadan Gruziyaga ketayotgan yana bir tanker Turkiya qirg‘oqlaridan 80 mil uzoqlikda hujumga uchraganini ma'lum qildi. ...
9 september 2020
Andijon viloyatining Izboskan tumani hokimi Serobiddin Ismoilov tuman selektorida uy so‘rab joniga tekkan bir muallima ayolni jinni deb haqorat ...
6 march 2023
Iqtisodni har kim xar xil talqin qiladi. Ammo hamma gap uni o‘zgartirishdadir. O‘zbekistondagi iqtisodiy isloxotlar haqida gapirish bu yarim ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...