Ko‘zqarash
5 january 2026

G‘amlar ichga yutilgan kez

1941 yil urush boshlanganganida o‘zbekning ulug‘ rassomi Baxrom Hamdamiyni ham urushga olib ketishdi va u urushning ilk kunlarida o‘ldi. Minglab rasmlar chizishi mumkin bo‘lgan rassom ikki mustabid urushida zmbarak yemiga aylandi. To‘plar gumbirlar ekan ilxom parilari qanotini yig‘ishtirib kavaklarga kirib ketadi. Sevgiliga atalgan  gullar qozonda qaynatilib sho‘rva qilinib askarlarga ichiriladi. Qo‘rg‘oshindan qalam emas o‘q quyiladi. O‘tkan asrninng saksonlar oxirida yuzta zabardast ësh shoir O‘zbekiston adabiëtida kumush asrni boshlaymiz deb tik turdi. Nashriëtlar ularninn kitoblarini bosish uchun o‘quvchilar esa o‘qish uchun chog‘landi… Ammo shu payt sovetlarning qizil o‘lkasi gumbazlari darz ketib qisir qisir degan saslar chiqa boshladi. 

Bu yuzta shoir xuddi rassom Baxrom Hamdamiy kabi jangga ketdi.

Sh'er ëzishi kerak bo‘lgan qalam shior ëzdi xabar qoraladi.

Abduvali Qutbiddin mulozim jubbasini Maqsud Bekchon esa maxbus robasini kiydi. She'r ëzilmaydigan va o‘qilmaydigan davr boshlandi. Kumush asr o‘rniga Karimovning ko‘mirday qora qatag‘on davri keldi. Bu qop qora fonda shoirlarning qop qora dardli ëziqlari ko‘rinmadi. 

Yuzta shoiridan ayrildi O‘zbekiston. 

Kecha diktatorni shirin uyqusida o‘g‘irlab ketilgan kun shu yuzta buyuk shoirdan biri Paxlavon Turg‘unovning tug‘ilgan kuni edi.

Shoir o‘z yurtidan to‘rt ming kilometr uzoqda to‘yladi bu kunni. 

Bu esa shoirning she'ri.

Buncha shamol esdi so‘z aro,

Buncha uzun nafas o‘tildi.

Aytilmasdan tunlari qaro

G‘amlar bugun ichga yutildi.

Buncha og‘ir havodan so‘lish,

Nasimlarim, siz yo‘qsiz axir.

Buncha uzoq cho‘zildi o‘lish,

Yashash esa shunchalik taxir…

Ko‘zlarimga tortilgan mildan

Olam butkul siyoh rangida.

So‘zlar uchib bormoqda dildan,

Ko‘milmoqda unut changida…

To‘kilmoqda yashil barglarim

Umidlarim chil-chil sinmoqda.

Yuragimda she'rning marglari,

Ichimdagi tovush tinmoqda…

So‘z yo‘q, demak, chora ham yo‘qdir

Tuyg‘ularning butkul tarkiga.

Ko‘ngil na och va na-da to‘qdir,

Yurak butkul azob g‘arqida…

Tag‘in o‘qing
6 june 2018
Majburiy mehnat monitoringi bo‘yicha 4 iyun kuni Navoiy viloyatlariga borgan jurnalist Malohat Eshonqulova uchastka noziri kapitan Odil Qurbonov tomonidan ...
18 may 2016
«Milliy tiklanish» gazetasi shu nomdagi partiya «yoshlarni yot g‘oyalar, buzg‘unchi kuchlar, mafkuraviy tahdidlardan avaylab-asrash»ga qaratilgan sa'y-harakatlarini tobora avj oldirayotgani ...
16 november 2021
Namangan shahridagi mahalla profilaktika inspektori o‘z rahbarlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan ichki ishlar vaziriga yo‘llagan murojaatnomasi ortidan uning o‘zi jinoyat ...
9 november 2019
Haëtimizni qiyinlashtiraëtgan narsalarning ko‘pi miyamizda joylashgan. Miyamizdagi vasvasa qurti bois qurbimiz yetmasa ham qarz havola to‘y qilamiz. Ayni vasvasa ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...