Ko‘zqarash
8 january 2026

Ibrat Safo: Kichik Karimov ham bir kun kelib prezidentlikka da'vo qiladi

Eronda Islomiy hukumatga qarshi yirik namoyishlar bo‘lishi g‘ayrioddiy narsa emas. Mana to‘qqiz kundirki davom etayotgan oxirgi noroziliklarda yana odamlar o‘lyapti. Ularning ko‘plari inflyatsiyadan, pul keskin qadrsizlanishidan, bosimlardan nolib, xullas pichoq suyakka taqilganidan ko‘chaga chiqqan. Lekin namoyishchilarning “Reza Shoh, ruhad shod!” (Riza Shoh, ruhing shod bo‘lsin) deya qichqirayotganlarini eshitib, biroz hayron bo‘ldim. Eronliklarning ba'zilari Oyatulloh va mullalar o‘rniga yana liberal Shoh qaytishiga rozi. Shoh albattaki qaytmaydi, u o‘lgan – lekin Amerikada yashaydigan 65 yashar o‘g‘li Reza Pahlavi kaftlarini ishqalayapti. U hatto Prezident Trampga rahmatlar aytti va o‘zi Amerikaning yordami bilan Eron tepasiga kelsa, vatani uchun zo‘r dasturi borligini yozdi. Maduro ishidan keyin yana ilhomlangan bo‘lsa, ajabmas. 

Shoh paytida Eron misli ko‘rilmagan tezlikda zamonaviylashgan, lekin boylik asosan Shohning oilasida jamlanardi. Pahlavi Jamg‘armasi banklar, mehmonxonalar, tsement, qurilish, qishloq xo‘jaligidagi yuzlab kompaniyalarni boshqargan, Shoh qarindoshlari davlat kontraktlari va monopoliyalarga osonlikcha ega bo‘lgan. Va albatta, neftdan kelgan yirik daromaddan ham oila asosiy manfaatdor edi. Shohning SAVAK (bizdagi SNB) xizmati muxoliflarni tutib qiynash yo o‘ldirishdan tashqari, jurnalistlarga hech kun bermagan – suhbatga chaqiruvlar, hibslar, ishdan haydalishlar, maqolani oldirib tashatishlar norma edi. 

Shunga qaramay, mabodo Islomiy rejim qulasa, nahotki eronliklar yana o‘sha o‘g‘rilarni qaytarsa, 90 milliondan oshiq eronlik orasidan nahotki bitta yangi lider topilmasa, degan savol tug‘iladi. Gap shundaki, falakning gardishi bilan, diktatorlarning bolasi yana davlat tepasiga kelishi unchalik g‘ayrioddiy hol emas. Yaqinda Perudagi shamanlar buni yana esimga soldi – ular 2026 yilda Keyko Fujimori prezident bo‘lishini bashorat qilishdi. U – korruptsiya va inson huquqlari jinoyatlari uchun qamalgan sobiq prezident Alberto Fujimorining qizi. U prezidentlik saylovida uch marta yutqazganiga qaramay, mana to‘rtinchi marta yana harakat qilmoqchi. 

Undanda yirik o‘g‘irliklar va jinoyatlarda ayblanib ag‘darilgan va yurtidan qochgan Ferdinand Markosning o‘g‘li Bongbong esa omadli bo‘lgan – u hozir Filippin prezidenti. Otasi uni 23 yoshida viloyat hokimi qilgandi. Butun oila so‘ng Amerikaga qochgan, va Bongbong Shveytsariyadagi hisobidan 200 million dollar yechvolishga uringanida puli muzlatilgan. Onasining millionlab dollarga teng poyafzal kollektsiyasi haligacha diktatorial kleptokratiyaning eng ajoyib namunalaridan biri deb qaraladi. Shunga qaramay, mana 115 millionlik (anchasi qashshoq) Filippin aholisi orasidan prezidentlikka arziydigan boshqa hech kim topilmagan. Avtokratlarning nasli hukumatga qaytishga urinishining boshqa misollari ham ko‘p. 

Perulik shaman bo‘lmasam-da, bashorati ojizimcha, kichik Islom Karimov ham bir kun qaytib prezidentlikka da'vo qiladi. O‘zbekistonliklar uning multimillioner oila a'zolarini hozir qanchalar ardoqlab siylayotgan bo‘lsa, uni ham quloch yoyib kutib oladi.

(Jurnalist Ibrat Safo)

Tag‘in o‘qing
8 september 2025
Turkiyaning Bo‘lu, Alaniya va Trabzon viloyatlarida xavfszilik kuchlari o‘tkazgan amaliëtda o‘nlab o‘zbek fohishalari qo‘lga olindi.  Ta'til mavsumi bois tanfurushlar ...
29 december 2015
Abdujamil Do‘stmuhammad Eltuz.com Yil so‘nggida sodir bo‘lgan voqealar va matbuotga sizdirilgan iddaolar shunday taxmin qilishga asos beradi. Keyingi kunlarda ...
30 june 2017
O‘zbekiston banklari joriy yilda ajratishni mo‘ljallagan kredit resurslarining tubi ko‘rinib qoldi. Shuning uchun mazkur moliya muassasalari prezidentning tadbirkorlikni rivojlantirishga ...
24 november 2020
Qishloq xo‘jaligi mutaxassisi, 70 yoshli Ismoil Ospanov «Eltuz» orqali o‘z turkum chiqishlarini davom ettirib, navbatdagi videosida O‘zbekistonda qish mavsumi, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...