Asosiy mavzular
15 april 2017

Ëzuvchi Nodir Normatov Toshkentda dafn etildi

15 aprel kuni yozuvchi Nodir Normatovni taniqli rassomlar, ijodkorlar so‘nggi yo‘lga kuzatishdi. Marhum Toshkentdagi «Yalang‘och ota» qabristonida dafn qilindi.

Rassomlar haqidagi o‘nlab kitoblar muallifi, san'atshunos, fotorassom Nodir Normatov 14 aprel kechasi 68 ëshida Toshkentda olamdan o‘tdi.

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi Poshxurd qishlog‘ida tug‘ilgan ëzuvchining 1972 yilda nashr qilgan «Ko‘hitang hikoyalari» degan ilk asari kitobxonlarda qiziqish uyg‘otgan edi.

O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi hamda O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Badiiy Ijordkorlar uyushmasi a'zosi bo‘lgan Normatov o‘zbek rassomlari ijodini san'atdan uzoq bo‘lgan aholi orasida targ‘ibot qilish bilan samarali shug‘ulllanib keldi.

Sovet O‘zbekistoni san'ati jurnalida ishlash asnosida o‘nlab o‘zbek rassomlari haqida maqolalar ëzdi.

Normatov tarafidan 2009 yili chop qilingan «Ro‘zi Chorievning so‘nggi vasiyati» kitobi rassomlar dunësi bilan avom o‘rtasida ko‘prik bo‘lgan publitsistika o‘laroq baholangan edi.

Qo‘lida fotoapparati bilan O‘zbekistonni kezgan Normatov fotoko‘rgazmalar tashkil qilib mamlakat manzaralariga o‘z nigohi bilan odamlarni qarata olgani eslanadi.

2010-2012 yillarda uning «Qishloq tomon yo‘l», «Surxon ohanglari», «Vatan sensan, Vatan men», «Ezgulik timsollari» kabi qator shaxsiy ko‘rgazmalari namoyish etilgan.

Nodir Normatov 2010 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan.

Eltuz ijodiy jamoasi marhumning oilasi va yaqinlariga ta'ziya izxor qiladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 august 2025
Taniqli o‘zbek rassomi Rahim Ahmedov tirik bo‘lganida 100 yoshga kirgan bo‘lar edi. Rahim aka nafaqat ijodi balki turli qarashdagi ...
16 november 2017
Boshqa dinga kirganlikda ayblab, xotinini pichoqlagan sayramlik 34 yoshli Xayrullo Normetov 14 noyabr kuni hibsga olindi. Sud hukmi chiqquniga ...
2 march 2017
Avvaliga O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi saytida bosilgan quyidagi maqola juda dolzarb bo‘lgani sababli mamlakatdagi bir necha norasmiy internet gazetalarda, ...
7 april 2025
Shvetsiya hukumati Kievga (taxminan 1,6 milliard AQSh dollari) miqdoridagi eng yirik harbiy yordam paketini e'lon qildi. Bu haqda mamlakat ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...