Ko‘zqarash
18 january 2026

Gadoning dushmani…

Ha, gadoning dushmani gado,

Lekin la'nat dushman gadoyga.

Qavmi bilan nafrat bobida

Qilaversa jirkanch bir poyga.

Gadolikni targ‘ib etganlar

O‘z qavmini o‘zi qopdilar.

Nima balo, ne ofat topsa,

Avval o‘zlaridan topdilar.

Nega har xil tuhmat yorlig‘in

Halol mehnat boylarga taqmoq?

Dushman bo‘lmas donoga dono,

Dushman bo‘lar ahmoqqa ahmoq.

Ummon kabi yashang guvillab,

Daryolardek oqib yashanglar.

Unutmanglar, boy boyga boqar,

Bir-biringga boqib yashanglar

Matnazar Abdulhakim

Tag‘in o‘qing
6 december 2018
2018 yilning 4 dekabr kuni Toshkent shahri sudida bo‘lib o‘tgan apellyatsiya mahkamasida ayblanuvchi Shahnoza Boyqunusova mahkamaga O‘zbekiston ichki ishlar ...
30 march 2019
Prezident Mirziyoev 27 mart kuni imzolagan qarorga ko‘ra, “O‘zbekenergo” aktsiyadorlik jamiyati “Issiqlik elektr stantsiyalari” AJ, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” ...
21 april 2021
Samarqandning Qorasuv massividan o‘tuvchi yo‘l chekkasiga “ekilgan” archa ko‘chatlarini mahalliy hokimlik prezident tashrifidan keyin egalariga qaytardi. “Eltuz”ga Samarqandda plastik ...
10 october 2023
Rossiya qamog‘idan jo‘natilgan videoda 25 yashar toshkentlik yigit Shahzod Yusupov Rossiya federal politsiyasi xodimlari unga tuhmat qilib, mashinasiga narkotik ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...