Asosiy mavzular
30 march 2019

“O‘zbekenergo” Rossiya istagi bilan uchga bo‘lingani iddao qilindi

Prezident Mirziyoev 27 mart kuni imzolagan qarorga ko‘ra, “O‘zbekenergo” aktsiyadorlik jamiyati “Issiqlik elektr stantsiyalari” AJ, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Mintaqaviy elektr tarmoqlari” AJga bo‘lindi.

Sohaning bo‘linishi kutilayotgani haqida ilgariroq Podrobno.uz nashriga intervyu bergan shirkat raisi o‘rinbosari Feruz Qurbonov 1 martga qadar mamlakat rahbariga «O‘zbekenergo»ni restrukturizatsiya qilish haqida taklifni olib chiqishlari, oy oxirida bu loyiha tasdiqlanishi shartligini bildirgan edi.

«Ya'ni har bir kompaniya alohida xo‘jalik sub'ekti bo‘ladi va qanday qaror chiqarishni o‘zlari har qilishadi», deya ta'kidlagan edi u.

Hukumat qaroriga ko‘ra, yangi tashkil etilgan tuzilmalar yuridik shaxs sifatida 50 foiz aktsiyaga egalik qilishadi. Bu yangi paket xarid qilinishi hisoblanmaydi. Chunki bu «O‘zbekenergo»ning qayta tashkil etilishi doirasida amalga oshadi, deya yozdi, jumladan, Farg‘ona.ru nashri.

Ayni paytda, mamlakat energetika tuzilmasining «arralanishi»da O‘zbekistonda atom elektr stantsiyasini qurishni rejalagan Rossiyaning aralashuvi borligi iddao qilinmoqda.

«Chubaysning izi?» (Chubaysov sled?) sarlavhali maqolada «Uzmetronom» nashri ushbu jarayonning maslahatchilaridan biri o‘tgan yil oxirida mamlakatga jimgina kelib ketgan RAO YeES sobiq rahbari Anatoliy Chubays bo‘lishi ehtimoli haqida yozdi.

2018 yilning 19 oktyabrida Rossiya prezidenti tashrifi doirasida O‘zbekistonda Rossiya ishtirokida AES qurilishiga ramziy start berilgan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 august 2018
Rashid Qodirov davrida shakllangan prokurorlar hali ot ustida va ular uzoqqa boradigan ko‘rinadi. Ular uzoq yillardan buyon qo‘llab kelayotgan ...
5 august 2019
Haydovchilarni qayta tayyorlash va bu haqda sertifikat berish tizimini to‘laligicha monopoliya qilib olgan “Avtotest Report” MChJning kutilmaganda “o‘yindan chiqishi”ni ...
19 march 2019
Nazarboev maxsus texnika bilim yurtini tugatgan. Oliy partiya maktabini bitirganini aytmasa, oliy ma'lumoti yo‘q. Ammo butun kamchiliklariga qaramasdan, Qozog‘istonni ...
20 july 2025
Namanganda darahtlar qurimoqda, Termizda kanalizatsiya, Qarshida piyodalar bekati muammosi, tadbirkorlar noroziligi va elekrdagi nosozlikdan ko‘rilgan katta zarar. Salom qadrli ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...