Ko‘zqarash
20 january 2026

Kunlarimiz haqida

O‘zbekistonda faqat Xorazmdagina hafta kunlari o‘zbekcha aytiladi, boshqa viloyatlarda, hatto adabiy tilimizda ham hafta kunlarini forscha nom bilan atash qabul qilingan. Masalan, “dushanba” Xorazmda “birinchi kun”, “seshanba”- “ikkinchi kun” va h.k. sifatida aytiladi. “Yakshanba” esa, Xorazmda “bozor” deb ataladi. Masalan, boshqa viloyatdan kelgan bir mehmon: “dushanba” va yoki “chorshanba” (ayni o‘zbekcha ma'nosi “ikkinchi kun”, “to‘rtinchi kun”ni anglatadi), desa, oddiy xorazmlik dehqon xech narsani anglamasligi mumkin. Albatta, ziyolilar yoki adabiy tilni o‘rganganlar va yoki O‘zbekistonning boshqa viloyatlariga borib yurganlar bundan mustasno. 

Xafta nomlanishidagi yana bir muhim farq – hafta o‘rinlaridagi farkdir. Masalan, Xorazmdagi “Birinchi kun” boshqa viloyatlardagi va shuningdek, adabiy tilimizdagi “ikkinchi kun”ga, ya'niy, “Du Shanba”ga to‘gri keladi. Xafta nomlari o‘zbekcha aytila boshlansa, menimcha, tilimiz hech narsa yo‘qotmaydi, aksincha, o‘zligini topadi. Raqam va kun nomlarini forscha aytishda bir “she'riyat” ko‘radiganlar soni uncha ko‘p bo‘lmasa kerak, deb umid qilaman.

Maksud Bekjon

Tag‘in o‘qing
8 october 2018
O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi va uning ma'muriyati rahbari o‘rinbosari Komil Allamjonovning kutilmaganda lavozimidan ozod qilinishi ortidan bu shaxs to‘g‘risida ...
7 april 2021
Germaniyaning “Lyuftganza” aviashirkati uchog‘i Istanbuldagi Otaturk aeroportiga qo‘nish uchun pastladi. Qo‘yli “tur bolam”, degan ovozdan uyg‘ondi. Bir vaqtlar onasi ...
22 august 2017
Mug‘anniy (G‘anijon Holmatov) 1949 yil O‘sh shahrida tug‘ilgan. Toshkent Teatr va rassomchilik institutini tamomlagan. Shoir 2014 yilning 9 iyunida ...
9 may 2025
Bilmaydiganlar yoki unutib qo‘yganlar uchun.1. Ikkinchi jahon urushi 1939 yil 1 sentyabrda boshlangan. Ikkita sotsialistik davlat — Germaniya va ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...