Asosiy mavzular
9 may 2025

Ikkinchi jahon urushi bo‘yicha qisqa ma'lumot

Bilmaydiganlar yoki unutib qo‘yganlar uchun.
1. Ikkinchi jahon urushi 1939 yil 1 sentyabrda boshlangan. Ikkita sotsialistik davlat — Germaniya va SSSR Polshaga hujum qilgan va uni o‘z orasida bo‘lib olgan.
2. 1939 yil 3 sentyabrda Angliya Germaniyaga urush e'lon qilgan.
3. Polshadan so‘ng Germaniya Yevropa davlatlariga hujum qilgan, SSSR esa Finlyandiyaga bostirib kirgan.
4. 1941 yil 22 iyun kuni Sovet–German harbiy kampaniyasi boshlangan. Germaniya maxfiy protokollar va kelishuvlarga qaramasdan, o‘z ittifoqchisi — SSSRga hujum qilgan.
5. Sovet rahbariyatining nochorligi, Qizil Armiya askarlarining Sovetlar uchun urushishni xohlamasligi, texnik va taktik saviyaning pastligi 1941 yildagi fojiali oqibatlarga olib kelgan.
6. AQSh va Angliyadan SSSRga berilgan lend-liz orqali 18 ming tank, 18 ming samolyot va 400 mingdan ortiq avtomashina yetkazib berilgan. Bundan tashqari, AQSh strategik xomashyo va oziq-ovqat mahsulotlarini ham jo‘natgan. Faqat tushyonka o‘ziga 2 milliard bankalarcha keltirilgan.
7. Lend-lizga ko‘ra, urush vaqtida yo‘q qilingan, yo‘qotilgan yoki ishlatilgan xomashyo, texnika yoki uskunalar uchun SSSR to‘lov qilmasligi kerak edi. Hammasi kredit asosida rasmiylashtirilgan. Keyingi o‘n yilliklarda bu qarz bosqichma-bosqich deyarli to‘liq kechirilgan — ya'ni yozib tashlangan.
8. Fashizm 1943 yil iyulida, ittifoqchilar Italiyaga chiqishidan oldin o‘z-o‘zini tugatgan.
9. 1945 yil may oyida ittifoqchilar fashizmni emas, balki milliy-sotsializmni tugatgan.
10. Sovet qo‘shinlari bir necha kun davomida harbiy yoki siyosiy ahamiyatga ega bo‘lmagan bino — Reyxstagni shturm qilgan. 1942 yildan beri Reyxstagda hech qanday yig‘ilish yoki tadbir o‘tkazilmagan. Gitler esa Reyxstagdan 100 metr shimolidagi fyurerbunkerda bo‘lgan.
11. Germaniyaning taslim bo‘lishi 7 may kuni soat 02:41 da Frantsiyaning Reyms shahrida (Markaziy Yevropa vaqti bo‘yicha) imzolangan. U 8 may kuni soat 23:01 da kuchga kirgan. Ittifoqchi davlatlarda G‘alaba kuni — 8 may sifatida nishonlanadi.
12. Ikkinchi jahon urushi 1945 yil sentyabrida Yaponiyaning taslim bo‘lishi bilan yakunlangan.

Tag‘in o‘qing
27 october 2025
Dang‘ara IIB boshlig‘i lavozimga tayinlanganiga endigina bir oy bo‘lgan Bozorboev Jahongir Hayotjonovich kunlik jinoyat me'yorlarini belgilab bermoqda. Bu haqida ...
5 september 2017
5 sentyabrdan O‘zbekistonda konvertatsiya e'lon qilinib, AQSh dollari erkin savdoga chiqarildi. Eltuz nashri muxbiri Toshkentdagi bir qancha shoxobchalarda valyuta ...
10 june 2019
“Hoziroq bergan savolimga javob bering, bo‘lmasa boshingiz izolyatordan chiqmay qoladi. Tushuntiroldimmi, okam? – Qaysi savolingizga javob beray, o‘rtoq boshliq? – Muhammad ...
15 june 2021
«Eltuz» kanalida o‘zining “Nyu-Yorkdan nazar” videoblogini yuritayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov e'tiborni kutilayotgan navbatdagi prezident sayloviga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...