Ko‘zqarash
28 september 2015

Manqurtlar kimlar?

Ba'zida o‘zaro bahslashayotanlar orasida bir-birini «manqurt (zombi)» likda ayblashlar uchrab turadi. Xo‘sh, aslida manqurtlar kimlar? Men hozir qo‘ldan kelgancha manqurtlarning sifatlab berishga harakat qilaman, kamchiliklari bo‘lsa o‘zlaring to‘ldirib qo‘yarsizlar.

Manqurtlar fikrlashdan mahrum qilingan holda tarbiyalangan odamlardir, umumlashtirib aytganda hayvonsifat jonzotlardir.

Manqurtlarda na muqaddas tuyg‘ular, na qadriyatlar bo‘lmaydi, umumlashtirib aytganda his-tuyg‘u, vijdon, iymon va boshqa insonga xos tuyg‘ular yot temirsifat odamlardir.

Bunday toifalar uchun asosiysi kuch-qudratdir. O‘zi kuchli deb hisoblagan insonning barcha buyruqlarini so‘zsiz bajaradi, sodiq itdek himoya qiladi. Agar kimdir xojasini yomon deb qo‘ysa oxirgi nafasigacha olishib o‘tadi.

Manqurtlar uchun bu dunyoda eng azobli narsa fikrlashdir, agar siz ularni fikrlashga majbur qilsangiz dardi qo‘zg‘ab o‘zini boshqara olmay qoladi va atrofdagilarni haqorat qilishga tushadi.

Haqiqatni o‘lgudek yomon ko‘radi, haqiqatni aytuvchilarga qarshi tish-tirnog‘i bilan kurashib o‘tadi.

Tarixdan ma'lumki ko‘plab kuch-qudrat egalari, boylik sohiblari, hukmdorlar o‘z huzurlarida manqurtlarni tarbiyalab kelgan va o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanib kelganlar. Qisqasi qaerda yovuzlik bor ekan o‘sha yerda manqurtlar bordir.

Boshida aytib o‘tganimizdek, manqurtlarda muqaddas tuyg‘ular yo‘q, faqat kuch-qudratga bo‘ysunuvchi odamlardir. Shu tomonidan olib qaralsa har qanday kuchli odam ham kun kelib kuchdan qolishi mumkin, bundaylar esa manqurtlarga yoqmaydi. Alaloqibat yovuzlar o‘zlari tarbiyalagan manqurtlar qo‘lida qurbon bo‘ladi. Manqurtlar o‘zlaridan kuchsizlarni yoqtirmaydilar, bu hayot qonuni.

Akmal Nabiev,
www.eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 february 2021
O‘zbekistonda 500 dan ziyod tovarning davlat xaridi taqiqlandi.  Taqiq ro‘yxatiga xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar,  masalan,  avtomobillar,  konditsionerlar,  muzlatgichlar,  televizorlar,  ...
29 december 2020
Qishloq xo‘jaligi mutaxassisi, 70 yoshli Ismoil Ospanov “Eltuz” orqali o‘z turkum chiqishlarini davom ettirib, navbatdagi videosini qishloq xo‘jaligidagi yer ...
24 july 2025
O‘zbekiston pedofiliya va jinsiy zo‘rovonlik, gender tengsizligi avj olgan davlatga aylangani kundan kunga ochiqroq namoyon bo‘lmoqda. O‘zbekistondan so‘nggi xabarlar, ...
20 august 2021
Hindikush tog‘ida gulxan ënmoqda,  Hirot tepasida olov jolasi.  Holing nima kechdi? Jabhang qaëqda?  Jayhun ortidagi yurtning bolasi?  Bu she'rni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...